O’zLiDeP deputatlari moliya va bandlikka ko‘maklashish markazining hisobotini tingladi

O’zLiDeP deputatlari moliya va bandlikka ko‘maklashish markazining hisobotini tingladi

Kuni kecha Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda partiyaning Nukus shahar Kengashi xodimlari, deputatlik guruhi a’zolari, mutasaddi tashkilot vakillari, BPT faollari, “Yosh liberallar klubi” a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda deputatlik guruhi faoliyatini jonlantirish, xalq bilan deputat aloqasini yanada mustahkamlash, ularning aholi bilan muloqot qilishi masalalari muhokama etildi. 

Yig‘ilishda Nukus shahar moliya bo‘limi boshliq o‘rinbosari A.Saparov  mahalliy budjetning  2017 yil 9 oy yakuni bo‘yicha va Nukus shahri aholisi bandligini ta’minlash dasturining bajarilishi bo‘yicha bandlikka ko‘maklashish markazi mas’ul xodimi hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2017 yilning 9 oyi davomida ruyxatga olingan kichik biznes sub’ektlarining soni 3868 tani tashkil etadi. Joriy yil hisobida 31 ta korxona modernizatsiya va qayta kengaytirish hisobidan 93 ta korxona yangidan ishga tushirilib, davlat budjetiga 5 mlrd 624 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha daromad tushirildi. 

Shaharning tashqi savdo aylanmasida, kichik biznesning ulushi 2,3 foizni tashkil etib, ularga ajratilgan kreditlar 20874,2 mln so‘mni tashkil etadi. Qisqa muddatli kreditlarga 2504,9 mln so‘m, uzoq muddatli kreditlarga 18369,3 mln so‘m ajratilgan.

Yangi korxonalarning ishga tushirilishi munosabati bilan Nukus shahrida joriy yil hisobida 6968 ta yangi ish o‘rni tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lib, hozirgacha 5872 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlik guruhi vakillari va “Yosh liberallar klubi” faollari muhokama etilgan masalalar bo‘yicha o‘zlarining fikr-mulohozalarini bildirib o‘tishdi. 

O’zLiDeP Nukus shahar

 Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1593
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+