O‘zLiDePning faol yoshlari “InnoWeek” haftaligida qatnashyapti

25.10.2018, 18:10

O‘zLiDePning faol yoshlari  “InnoWeek” haftaligida qatnashyapti

Poytaxtimizdagi xalqaro Ekspomarkazda InnoWeek innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Xalqaro innovatsion-investitsion forum va xalqaro innovatsion ko‘rgazmalar o‘z ishini davom ettirmoqda. 

Mazkur xalqaro ko‘rgazmaga O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Yosh innovatsiyachi” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari va g‘oliblari hamda “Yoshlar qanoti” faollari jalb qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbirning ilk kunlarida BMT Taraqqiyot dasturi, Angliya, Italiya, Isroil, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston korxonalari O‘zbekistondagi mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan anglashuv memorandumlarini imzolashdi. Mazkur bitimlar Innovatsiya laboratoriyalar, ikkilamchi energoresurslar, davlat axborot tizimlari, sog‘liqni saqlash, robototexnika, muqobil energiya kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan eng so‘nggi xorijiy innovatsion texnologiyalar va g‘oyalar bilan batafsil tanishdilar.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1085
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+