O‘zLiDePning Yashnoboddagi eng faol deputati va boshlang‘ich partiya tashkiloti aniqlandi (+VIDEO)

02.11.2018, 12:16

O‘zLiDePning Yashnoboddagi eng faol deputati va boshlang‘ich partiya tashkiloti aniqlandi (+VIDEO)

Yashnobodda OʻzLiDeP tashkil topganining 15 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi eng faol deputat” va “Eng namunali boshlang‘ich partiya tashkiloti” tanlovlarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda quyi bo‘g‘in yetakchilari ishtirok etdi. 

 – Partiya tashkil etilganining 15 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tayotgan mazkur tanlov faoliyatimizni yana bir bor sarhisob qilish imkonini berdi, – deydi “Sarbon-Neftegaz” qoshidagi BPT raisi Qahramon Murodov. – Ochig‘i, 124 boshlang‘ich tashkilot ichida  1-o‘rinni qo‘lga kiritganimizdan juda xursand bo‘ldik. Tanlovning viloyat bosqichida bizga bildirilgan yuksak ishonchni oqlashga harakat qilamiz.

“Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi eng faol deputat” tanlovda esa “Kafolat” sug‘urta kompaniyasi boshqaruvi raisi Saidolim Nasritdinov g‘olib, deb topildi.

OʻzLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    405
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+