Samarqandlik maslakdoshlarimiz soni 350 nafarga ko‘paydi

09.11.2018, 16:02

Samarqandlik maslakdoshlarimiz  soni 350 nafarga ko‘paydi

Samarqand tumanidagi Ravonak qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida O‘zLiDeP tashkil topganining 15 yilligi munosabati bilan amaliy muloqot  bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda partiya viloyat va tuman Kengashlari xodimlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari,  tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda yoshlar ishtirok etdi.  

Tadbirda so‘z olganlar “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturlari doirasida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarish hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir so‘nggida partiya safiga kirish istagini bildirgan 350 nafardan ortiq yoshlar O‘zLiDeP safiga qabul qilindi.  

Q.ShOYIMOV,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi bo‘lim mudiri

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    445
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Yazdon Toshonov O'zLiDeP Kattaqurg'on tuman Kengashi raisining birinchi o'rinbosari ,apparat rahbari.2018-11-12 12:52:30

Ёш фаол аъзоларимиз партиямиз келажагидир.


Холмурод Сориев, Халқ депутатлари Нуробод туман Кенгашидаги O'zLiDeP депутатлик гуруҳи раҳбари2018-11-10 22:49:25

Партиямиз сафларининг ёшлар ҳисобига ортиши бу келгусида партиянинг бутун масъулияти ишончли қўлларга топширилади дегани. Бу борада фаол иш олиб бораётган Самарқанд туманидаги партиядошларимиз ишларига омад тилаймиз!


Мустафаев Бахтиёр Эркинович Самарқанд шаҳри2018-11-10 11:04:59

ЎзЛиДеП Самарқанд вилоят Кенгашининг барча ходимларини, партия аъзоларини, шунингдек, Республикамизда фаолият олиб бораётган партиядошларни ЎзЛиДеП ташкил этилганлигининг 15 йиллиги муносабати билан самимий табриклайман. Ишларингизга ривож, партиямиз сафи янада кенгайишига тилакдошман. Омон бўлинглар.


Рахманова Гульнара УзЛиДеП Тахтакупир тумани 2018-11-10 09:50:16

Партиядошларимиз сафи кун кундан кенгайиб бориши -бу хакикатдан хам ишбилармонлар харакати Узбекистон Либерал демократик партиясиинг харакатда эканлигидан дарак!


Fikringizni qoldiring

+