Sirdaryolik 10 nafardan ziyod talaba O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi
16.11.2018, 16:07
O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Guliston davlat universitetida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida “Yuqori malakali kadrlar – taraqqiyot garovi” mavzusida tadbir tashkil etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – siyosiy jihatdan yetuk, partiyaviy ishlarni tashkil etishda davr talablariga javob bera oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmaga ega, faol va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
– Tadbir davomida mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratdik, – deydi O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi xodimi Dilshod To‘raqulov. – Zotan, yangicha fikrlaydigan, har jihatdan yetuk, tashabbuskor, el-yurt kelajagiga befarq bo‘lmagan yoshlarni partiyamiz safiga qo‘shilishi chinakamiga yangicha ruh, yangicha nafas olib kiradi. Shu bois, joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda ayni shu masalaga jiddiy ahamiyat beryapmiz.
Tadbir yakunida Guliston davlat universitetining 10 nafardan ziyod talabasi O‘zLiDeP kadrlar zaxirasiga olindi.
O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat
Kengashi matbuot xizmati
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring