Kadrlar salohiyati bugungi kun talabiga javob bermaydi, deydi Bahodir Umurzaqov

22.11.2018, 15:08

Kadrlar salohiyati bugungi kun talabiga javob bermaydi, deydi Bahodir Umurzaqov

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Jizzax politexnika institutida “Innovatsion iqtisodiyot sharoitida mehnat resurslariga bo‘lgan talabni aniqlash” mavzuida seminar tashkil etdi.

Unda tegishli soha vakillari, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali professori, Mehnat tadqiqotlari markazi direktori Bahodir Umurzaqov, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

–Bugun asosiy e’tibor innovatsion iqtisodiyotga qaratilgan bir paytda ta’lim tizimiga yuzlanmoq muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi B.Umurzoqov. –Chunki hozir turli sohalarda faoliyat yuritayotgan va ish boshlamoqchi bo‘lgan aksariyat kadrlar salohiyati bugungi kun talabiga javob bermayapti. Natijada sog‘lom raqobatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar samarasi susaymoqda. Shu bois, O‘zbekistonda mehnat resurslari beradigan natijalarni ijobiy holatga keltirishda keskin burilishlar yasash joiz.

Tadbirda shuningdek, O‘zbekistonda demografik holat va mehnat bozordagi o‘zgarishlar hududlar kesimida ko‘rsatildi va mehnat migrantlarining global oqimlari ko‘rsatilgan hududlardagi iqtisodiy rivojlanish yuzasidan aniq tushunchalar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.

Saida UMARALIYEVA,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1085
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+