Konstitutsiya – adolat ko‘zgusi

30.11.2018, 17:29

Konstitutsiya – adolat ko‘zgusi

OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – adolat ko‘zgusi” mavzuida davra suhbati tashkil etdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi xodimlari, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

Tadbirda Konstitutsiyamiz nodavlat notijorat tashkilotlari va siyosiy partiyalarning erkin faoliyat yuritishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratib, saylov tizimining asosiy tamoyil va qoidalarini mustahkamlagani ta’kidlandi.

– Konstitutsiyamiz xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir, – deydi OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi To‘rabek Nazarov. – Bosh Qomusimiz hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Eng muhimi, mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarga  oid  davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish va uning samaradorligini oshirish, ta’lim tizimini isloh qilish borasida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mustahkam huquqiy kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirda Konstitutsiyaning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi, o‘ziga xos jihatlari haqida atroflicha fikr almashildi.

                                                                                 OʻzLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1688
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+