Konstitutsiya – demokratik an’analar va milliy qadriyatlar uyg‘unligining huquqiy asosi

11.12.2018, 12:35

Konstitutsiya – demokratik an’analar va milliy qadriyatlar uyg‘unligining huquqiy asosi

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “GM Uzbekistan” AJ Xorazm filiali qoshidagi BPTda Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlab tadbir tashkil etdi.

Tadbirda so‘z olganlar  Asosiy qonunimiz huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, milliy qonunchiligimizni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlashdi. 

–Konstitutsiyamizning 37-moddasida belgilangan majburiy mehnatni ta’qiqlash to‘g‘risidagi qoidaga qat’iy amal qilish maqsadida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi, – deydi O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi Shavkat Safarbayev. – Xususan, ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazorati o‘rnatildi. Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha parlament komissiyasi tuzildi. Deputat va senatorlardan iborat ishchi guruhlar tomonidan  bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘plab targ‘ibot  ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida mazkur quyi bo‘g‘inda “O`zLiDeP kutubxonasi” loyihasi doirasida “O`zLiDeP kutubxonasi” tashkil etilib, kutubxonani turli yo‘nalish va mavzulardagi kitoblar bilan boyitishga kelishib olindi.  

Azamat ANNAXASANOV,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

yetakchi konsultanti

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+