O‘zLiDeP tadbirkorga keyingi yilda quriladigan namunali uy-joylardan birini olishga ko‘maklashadi

18.12.2018, 17:19

O‘zLiDeP tadbirkorga keyingi yilda quriladigan namunali uy-joylardan birini olishga ko‘maklashadi

Bundan uch oy avval O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Samarqand viloyat Kengashi xodimlaridan tuzilgan ishchi guruh Toyloq tumanida bo‘lib, aholi murojaatlarini o‘rgangan edi.

Muloqot chog‘ida hudud ahli tomonidan turli masalalarga oid o‘ndan ortiq murojaat kelib tushgan edi. Ana shunday uchrashuvlarning birida so‘z olgan toyloqlik Gulnora Azimboyeva uy-joyga ehtiyoji borligini aytib, shu masalada ko‘mak so‘ragan edi.

Oradan biroz vaqt o‘tib, O‘zLiDeP faollari sa’y-harakati bilan G.Azimboyevaga 2019 yil quriladigan namunali uy-joylardan biri beriladigan bo‘ldi.

–Ko‘p yillardan buyon tuquvchilik bilan shug‘ulanib kelaman, – deydi G.Azimboyeva. – Hozirga qadar ko‘plab shogirdlar tayyorlaganman.  Biroq bir muammoyim bor edi. Xalq noibi, O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi B.Bobonazarov hamda partiya tuman Kengashi apparat rahbari A.Mirzoyev tashabbusi bilan bu muammoyim ham hal etildi. Endi menga 2019 yil quriladigan namunali uylardan biri ajratiladi. Buning uchun partiya faollaridan minnatdorman. 

Baxtigul QARShIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1147
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+