O‘zLiDeP shumanaylik tadbirkorlarga Prezidentimiz ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi

24.12.2018, 18:36

O‘zLiDeP shumanaylik tadbirkorlarga   Prezidentimiz ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi

O‘zLiDeP Shumanay tuman Kengashi Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etdi.

Unda partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlari, tuman hokimligi, mutasaddi tashkilot vakillari, partiya faollari hamda tadbirkor va fermerlar qatnashdi.

– Ma’ruzada barcha sohalar qatori tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan, – deydi O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi S.Turmanov. – Shunday ekan, ma’ruzada belgilangan vazifalardan kelib chiqib, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilgan holda, yosh tadbirkorlarning istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishimiz lozim. 

Tadbir davomida ishtirokchilar partiya Shumanay tuman Kengashi qoshida ochilgan Qoraqalpog‘iston “Intellekt” nodavlat va notijorat yoshlar tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    950
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+