E’tiborga munosib javob qaytarishga tayyormiz

11.12.2017, 16:05

E’tiborga munosib javob qaytarishga tayyormiz

Muhtaram Prezidentimiz Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 25 yillik tantanasida mamlakatimizning o‘tgan vaqt mobaynida erishgan yutuqlarini e’tirof etar ekan, xali qilinishi zarur bo‘lganishlarimiz ham ko‘pligini ta’kidladilar. Xususan, ularning xalkimizning hukukiy savodxonligini oshirish, sud-hukuk tizimini islox kilinishi, yurtimizdagi yoshlarga, ayniksa, tadbirkorlarga karatilayotgan e’tiborlaridan juda xursand bo‘ldim.

Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan “Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli” hamda “Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida” degan normalarni amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti ta’sis etilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili faoliyati takomillashtirilishi, uning jazoni ijro etish muassasalarida nazoratni amalga oshirishga oid vakolatlari kengaytirilishi, adashib jinoyat yo‘liga kirgan yoki sodir etgan qilmishidan chin dildan pushaymon bo‘lgan insonlarga yana bir bor imkon berish, ularni jamiyatga, oilasi bag‘riga qaytarish muhim ijtimoiy masalalardan biri hisoblanishi xakidagi fikrlari  nafakat meni, balki butun O‘zbekiston xalqini to‘lqinlantirib yubordi.

Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi avvalambor yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan,  Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bevosita bog‘liq.

Shu maqsadda yana bir muhim hujjat – “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmon qabul qilinishi xam biz uchun kuvonarlidir.  Xulosa kilib aytganda, mazkur tarixiy nutq to‘g‘risida juda ko‘p gapirish mumkin. U yerda gapirilgan gaplar butun O‘zbekiston ahlining hoxish irodasi bilan chambarchas bog‘liqdir.

Umidjon Rustamov,

Xalk deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashi deputati.

  • Ko'rildi
    827
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+