Prezident e’tibori – yuksak sharaf

11.12.2017, 14:58

Prezident e’tibori – yuksak sharaf

Bugun mamlakatimizda fermerlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik har qachongidan yuqori. Bu, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida yanada yaqqol ifodasini topdi.

Ayni kunda respublikamizdagi jami 12 mingdan ziyod fermer xo‘jaligi rahbarlarini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Men ham Izboskan tumanidagi “Yakkatut Abdullajon” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligini 2007 yilda tashkil qilganman. Bugunga kelib, olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, fermerlik harakatining rivojlanishi natijasida fermer xo‘jaligimda 30 nafar yoshlar doimiy, 20 nafar mahalladoshlarim mavsumiy ish bilan ta’minlangan. 

Davlatimiz rahbari tomonidan agrar sohani diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali biz-soha vakillarining daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlar bizni yutuqlar, yangi marralar sari undayotgani aniq. Jumladan, yaqindagina Xorazm viloyatida partiyamiz “Yoshlar qanoti” tomonidan “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblar safidan o‘rin olganim ham davlatimizda fermerlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor samarasidir.

Prezidentimiz ham o‘z ma’ruzasida mehnatlarimiz e’tirofi barobarida oldimizga qator vazifalarni qo‘ydi. Endilikda birinchi vazifamiz yerdan unumli foydalanish va uni talon-taroj qilishning oldini olish borasida muhim samaraga erishishdir.  Xo‘jaligimizda mavjud 50 gektar yer maydonining hosildorligi past bo‘lgan maydonlarida karam, kartoshka, sabzi. piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekin turlarini ekib, ham yerning unumdorligini oshirishga harakat qildik, ham ichki bozorlarimizni oziq-ovqat  mahsulotlari bilan ta’minladik.

Yurtboshimizning har bir e’tiroflari, har bir topshiriqlari bizni qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissamizni qo‘shishga da’vat qiladi.

Abbosbek Hojimatov,

Andijon viloyatidagi “Yakkatut Abdullajon”

fermer xo‘jaligi rahbari

  • Ko'rildi
    889
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+