To‘rtko‘llik Remajon opa bir donasi 40 kilogrammlik lavlagi yetishtirganiga ishonasizmi?

08.04.2019, 18:45

To‘rtko‘llik Remajon opa bir donasi 40 kilogrammlik lavlagi yetishtirganiga ishonasizmi?

O‘zLiDeP vakillari o‘z tomorqa yerlaridan samarali foydalanib kelayotgan omilkorlar bilan muloqot qilish maqsadida To‘rtko‘l tumanidagi “Sho‘raxon” ovul fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Muloqot davomida partiya vakillari ushbu mahallada istiqomat qilayotgan Remajon opa Chulmanova xonadonida qiziq bir xodisaning guvohi bo‘lishdi. Ushbu xonadon sohiblari tomorqadan samarali foydalanishda boshqa qo‘shnilarga nisbatan ancha tajriba to‘plagan.

Remajon opa bundan 5-6 yillar oldin Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida istiqomat qilayotgan qarindoshidan lavlagi urug‘ini olib qolib, uni o‘z tomorqasida tajriba sifatida ekib ko‘radi.

- Lavlagining bu turi har bir donasi 15-40 kilogrammgacha hosil berishini umuman kutmagan edik, - deydi Remajon opa. – Lavlagining ushbu navi asosan chorvamollari uchun ozuqa yem hisoblanadi. Hosilni kuz faslida yig‘ib olib, uni yer tagiga bir xil holatda bahor fasligacha saqlab kelinadi. Yildan yilga hosilimiz miqdori oshib boryapti. O‘tgan yili 40 tonnagacha hosil olgandik. Lavlagining bir kilogrammi o‘rtacha 600 so‘mni tashkil qilishni hisob olsak, bir yillik sof daromadimiz 30 mln so‘mni tashkil qiladi.

Bu yil esa undan ham ko‘proq hosil olib, oilaviy daromadimizni yanada oshirib borishni maqsad qilganmiz. Sababi, bizning mahsulotimizga boshqa viloyatlardan qiziqishi ortib boryapti. Ushbu dehqonchilik namunasini boshqa viloyatlar dehqonlariga ham tajriba asosida ekishni tavsiya qilyapmiz.

Partiya vakillari dehqon opaning ishlariga tasanno aytib, partiyaning elektorati hisoblangan tadbirkor va fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qilinayotgan amaliy ishlariga to‘xtalib o‘tishdi. Partiyaning g‘oya va maqsadlariga qiziqish uyg‘ongan Remajon opa o‘z xohishi bilan partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdi.

Partiya vakillari Remajon opaning tomorqasiga hududdagi boshqa aholi vakillarini ham jalb qilib, mahorat darsi tashkil qilishni rejalashtirib olishdi. 

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston

Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    811
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Сағындық Айтымбетов 2019-04-19 18:56:28

Хозирги кунда бунака лавлагига ухшаган усимликларнинг яний ноёб хосил берувчи усимликларнинг уруғларини интернеттан харким заказ қилиб экиб тажриба килиб куришлари мумкун


Муҳайё Рустам қизи2019-04-09 10:26:27

Ишонамиз, албатта. Бизнинг вилоятда ҳам битта товуқнинг пулига бир қоп ун сотиб олган опа бор. Бармоғидан барака томади бундай инсонларнинг.


Зухра Хайдарова2019-04-08 19:00:39

Койилман опага. Илохим умри узок булсмн


Fikringizni qoldiring

+