O‘zLiDeP vakili M. Fayzilov o‘zi tahsil olgan maktabga kitoblar sovg‘a qildi

18.04.2019, 17:30

O‘zLiDeP vakili M. Fayzilov o‘zi tahsil olgan maktabga kitoblar sovg‘a qildi

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi, “Maroqand meva- sabzavot” MChJ direktori Mexroj Fayzilov “O‘zLiDeP, yoshlar, kitob, ma’naviyat” nomli aksiya doirasida o‘zi tahsil olgan  49- maktabda o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda M. Fayzilov o‘quvchilik damlarini eslab, o‘zining hayotiy tajribalari haqida yig‘ilganlarga so‘zlab berdi.

- Bu dargohga bugun hayajon bilan qadam bosdim. Chunki bolalik damlarim esimga tushdi. Shu maktabni 27 yil avval a’lo baholarga tugatganman. Maktabda chet tili fanidan fransuz tilini o‘rganganmiz. Taqdir taqozosi bilan tadbirkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan Fransiyada bo‘lganimda, o‘quvchilik damlarimda shu tilni yanada mukammal o‘rganmaganimdan afsuslanganman. Hozir o‘qigan har bir kitobingiz, o‘rgangan bilimingiz kelajakda sizga ast qotadi. Maktab damlaringizdan unumli foydalanib, bor kuchingizni ilm olishga bag‘ishlang! Xorijiy tillarni puxta o‘rganing, - dedi M.Fayzilov.

Partiya vakili faol o‘quvchilar va maktab kutubxonasiga o‘zining eng yaxshi ko‘rgan kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. Ular orasida tarixiy romanlar (Oybekning “Navoiy”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, ”Temur tuzuklari”) dan tortib, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, O‘zbekiston xalq shoirlarining saylanma asarlari o‘rin olgan.

“Prezidentimiz tashabbuslari tufayli maktabimizni bitirib ketgan, bugun xalq xo‘jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan rahbar bilan uchrashayapmiz. Bu uchrashuvlar bizda katta ta’surot qoldirmoqda. Bugungi uchrashuvda Mexroj Fayzilovning ish faoliyati bilan tanishib, u kishiga nisbatan menda havas uyg‘ondi. Men ham kelajakda shu tadbirkor kabi yurtimiz ravnaqi uchun xizmat kilishni ko‘nglimga tugib qo‘ydim,” - deydi ushbu  maktabning 9-sinf o‘quvchisi Anvar Sanayev.

Baxtigul Qarshiyeva,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    837
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+