Qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun yana bir sharafli kun

13.12.2017, 16:59

Qishloq xo‘jaligi xodimlari uchun yana bir sharafli kun

– Mamlakatimizda fermerlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik har qachongidan ham yuqori. Keng qamrovli islohotlar natijasida fermer xo‘jaliklarimizning faoliyati tubdan takomillashtirilmoqda. Yurtboshimiz tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni”nining ta’sis etilgani soha vakillarining erishayotgan yutuqlariga munosib rag‘bat bo‘ldi.     

Fermer xo‘jaligimiz 2004 yilda tashkil topgan bo‘lib, xozirgi kunda ishchi-xodimlarning 22 nafari doimiy, 45 nafari mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Joriy yilda 34.4 gektar paxta maydonimizdan 35-40 sentnerdan hosil oldik. G‘alladan bo‘shagan 19.9 gektar maydonga esa takroriy sabzovot, poliz ekinlari ekib yuqori daromad olishga erishdik. Fermer xo‘jaligimizda chorvachilik, baliqchilik sohalarini yanada rivojlantirish maqsadida tajribali mutaxassislar, olimlar va izlanuvchilar bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz.

Yurtboshimizning bizga ko‘rsatayotgan e’tiboridan juda mamnunmiz. Bu rag‘bat kuchimizga-kuch, g‘ayratimizga-g‘ayrat qo‘shdi.

Ro‘ziboy Masharipov,

Bog‘ot tumanidagi “Ahmad Ro‘zmat”

ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari

***

Kuni kecha Yurtboshimiz tashabbusi bilan har yil dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni deb e’lon qilindi. Prezidentimizning bayram tadbirida so‘zlagan nutqida dehqonlarning fidokorona mehnatiga bergan yuksak bahosidan qalbimiz quvonchga to‘ldi.

Men ham yosh fermerman. 36,8  gektar ekin maydonim bor. Shundan  18,8 gektarida paxta, 18 gektarida g‘alla yetishtiramiz. Yil bo‘yi qilgan mehnatlarimiz zoya ketmadi. Davlatga paxta va g‘alla topshirish shartnoma  rejalarini ortig‘i bilan bajardik. Lekin bugun faqat paxta yoki g‘allaning o‘zi bilan kifoyalanib qolmaslikni davrning o‘zi taqozo qilmoqda. Ana shu talab va ehtiyojni hisobga olgan holda baliqchilik va parrandachilikni ham yo‘lga qo‘ydik. Ayni kunlarda chorvachilikni ham boshlash arafasidamiz.  Bu bilan aholini arzon narxdagi baliq va parranda mahsulotlari, go‘sht, sut bilan bilan ta’minlashga baholi qudrat hissa qo‘shmoqdamiz.

Prezidentimiz ma’ruzasi barchamizda islohotlarga daxldorlik hissini uyg‘otdi, mehnatimiz samarasiga bo‘lgan ishonchimizni orttirdi. Ana ishonch bizni  yanada ruhlantirib, astoydil mehnat qilishga undaydi.

        Ulug‘bek   ISROILOV,

Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘g‘ay tolasi fermer xo‘jaligi rahbari, O’zLiDEPning “Yosh fermer- 2017” ko‘rik

tanlov ishtirokchisi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1000
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+