Faxr-iftixor tuyg‘usi bilan

13.12.2017, 13:14

Faxr-iftixor tuyg‘usi  bilan

Rizq-ro‘zimiz bunyodkori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi xodimlari mehnatini ulug‘lash, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish davlat siyosati darajasidagi asosiy vazifalardan biri  ekanligi o‘z-o‘zidan ayon. Ayniqsa, keyingi paytda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etishga alohida e’tibor berilayotgani, mamlakatimizda bugungi kunda 75 mingga yaqin ana shunday xo‘jaliklar faoliyat olib borayotgani, bu boradagi  ko‘rsatkich o‘tgan yildagidan 45 foizga oshgani e’tiborga molik. G‘alla, paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi va chorvachilik maxsulotlari yetishtirishda yildan yilga yuqori natijalarga erishilayotgani Prezidentimiz ma’ruzasida  lohida e’tirof etildiki, bu bilan soha xodimlari har qancha faxrlanishsa, arziydi. Bu o‘rinli e’tirof o‘z navbatida agrar sohaning barcha fidoyilari, shu jumladan, biz-yosh fermerlar zimmasiga ham alohida mas’uliyat yuklaydi va hech mubolag‘asiz Yurtboshimiz ishonchini o‘z kundalik mehnatimiz  bilan oqlashga undaydi.    

Biz tashkil etgan – ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligimizda ham bugungi kunda  paxtachilik, g‘allachilik ,chorvachilik, shu jumladan,  parrandachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilayapti. 50 bosh qo‘y-echki va boshqa chorva mollarini zooveterinariya qoidalari asosida parvarishlab, go‘sht va sut yetishtirishga salmoqli hissa qo‘shish asosiy maqsadimizga aylangan.   

Prezidentimizning ma’ruzasi barcha hamkasblarim qatori meni ham yoshlik g‘ayrat-shijoati bilan mehnat qilishga, ezgu maqsadlarimni izchil  amalga oshirishga da’vat etadi.

Nozigul JO‘RAYEVA,

Kogon tumanidagi  “Oqqosh Bo‘ron zamini”

 fermer xo‘jaligi rahbari, O’zLiDeP a’zosi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    3059
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+