“Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik, izzat-ikromdan bexad xursandman”

07.05.2019, 17:39

“Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik, izzat-ikromdan bexad xursandman”

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 74 yilligi hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiya Toshkent shahar Kengashi vakillari Shayxontohur tumani “Katta hovuz” mahallasida yashovchi Asqar Djo‘rayev xonadonida bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zLiDeP vakillari urush va mehnat faxriysini Xotira va qadrlash kuni bilan muborakbod etib, otaxonga partiyaning qimmatbaho sovg‘alarini tuhfa qildi.   

–Shu kunlarga yetkazganiga ming shukr! Men dunyodagi eng baxtli va boy odamlardan biriman. Chunki hozir 8 farzand, 20 nevara, 15 yevaraning ardog‘idaman. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik, izzat-ikromdan esa bexad xursand bo‘ldim.

Shu kuni partiya vakillari yana bir urush faxriysi “O‘zbekiston” mahallasi 10-uyda yashovchi Anna Abdushukurova xonadoniga ham tashrif buyurishdi.

Suhbat davomida onaxon urush yillarini xotirlab, sukutga ketdi, bildirmay ko‘ziga yosh oldi. Bugungi osuda kunlar, tinchlik-omonlikda o‘tayotgan hayoti uchun Yaratganga beadad shukronalar aytdi. 

Tashrif yakunida O‘zLiDeP vakillari tomonidan urush faxriylariga qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi.

M.O‘RINOV,

O‘zLiDeP Toshkent shahar

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    1117
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+