O‘zLiDeP ishchi guruhi tashrifidan so‘ng Hazoraspda 2 ta MTM qurilmoqda

17.05.2019, 17:24

O‘zLiDeP ishchi guruhi tashrifidan so‘ng Hazoraspda 2 ta MTM qurilmoqda

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi vakillari hamda mahalliy kengash deputatlaridan iborat ishchi guruh joriy yilning 1-choragi davomida tuman va  shahardagi 124 ta MFYda bo‘lib, 7140 xonadon vakillari bilan muloqot qildi, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rgandi.

Mahallama-mahalla, uyma-uy yurish jarayonida fuqarolardan 1693 ta muammo ko‘tarildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tegishli tashkilotlarga 249 so‘rov yuborildi.

Partiya Xorazm viloyat Kengashi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi mudiri Qudrat Bekmetovning aytishicha,  olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida aksariyat muammolar ijobiy hal etilgan. Yechimi uzoq vaqt talab qiladigan muammolarni hal etish masalasi mas’ul tashkilotlar tomonidan “yo‘l xaritasi”ga kiritilgan.

“Masalan, Hazorasp tumani “Aloqali ko‘l” mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan hududda MTM qurish bo‘yicha kelib tushgan murojaat yuzasidan xalq vakili Gulnora Matmuratova tomonidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Sh.Mamatovga deputatlik so‘rovi yuborildi. Oradan biroz vaqt o‘tib, “Aloqali ko‘l” mahallasida faoliyat yuritmay turgan 22-sonli maktab yonidagi 280 o‘rinli MTM uchun 6,3 mlrd so‘m mablag‘, 35-son maktab yonidagi 140 o‘rinli  MTM uchun 3,15 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi. Hozirda mazkur muassasalarda qurilish ishlari olib borilmoqda”, – deydi  Q.Bekmetov.

O‘rganishlar davomida Urganch shahar “Mevazor” ko‘chasi 1-yo‘lak 40-uyda yashovchi M.Erkinjonova tikuvchilik sexi ochish uchun ATB “Agrobank” shahar bo‘limiga hujjat topshirgani, lekin hozirga qadar fuqaroga kredit ajratilmagani aniqlandi. Bu masala yuzasidan xalq noibi M.Jumaniyazova tomonidan Urganch shahriga biriktirilgan ATB “Agro bank” Xorazm filialiga deputatlik so‘rovi chiqarilgandan so‘ng muammo hal bo‘ldi.

“To‘g‘risi, “otanga bor, onanga bor” degan gap so‘zlardan charchagan edim. Hatto tadbirkorlik faoliyatini boshlash fikridan qaytmoqchi ham bo‘ldim. Lekin O‘zLiDeP faollarining uyimizga tashrifidan so‘ng, fikrimdan qaytdim. Chunki partiya vakillari menga “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 200 mln. so‘m miqdorida kredit olishga va tadbirkorlik faoliyatimni boshlashimga ko‘maklashdi. Murojaatimiz ijobiy hal etilganidan behad xursandman”, – deydi M.Erkinjanova.

O‘zLiDeP vakillari va mahalliy kengash deputatlarining joylardagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Nilufar DJABBAROVA,

O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    816
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+