O‘zLiDeP ko‘magida zafarobodlik 21 nafar fuqaro ishli bo‘ldi, 11 nafari esa o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi

21.05.2019, 16:03

O‘zLiDeP ko‘magida zafarobodlik 21 nafar fuqaro ishli bo‘ldi, 11 nafari esa o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi

Barcha hududlarda bo‘lgani kabi O‘zLiDeP Jizzax viloyat, tuman(shahar) Kengashlarida tuzilgan ishchi guruh a’zolari ham uyma-uy yurib, aholi bilan bevosita muloqotlar tashkil qilgan edi. Ushbu muloqotlar davomida aniqlangan muammolarning aksariyati o‘z yechimini topmoqda.

Zafarobod tumani misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘tgan vaqt mobaynida partiya ishchi guruhi a’zolari 500 ta xonadon vakillari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi. Aniqlangan barcha muammolar bo‘yicha partiya deputatlik guruhi a’zolari qat’iy deputatlik nazoratini olib boryapti.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan 32 nafar fuqaroning ish bilan bandligini ta’minlash borasidagi murojaati partiya deputatlik guruhi a’zolari tomonidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar chiqarildi. Buning natijasida 21 nafar fuqaro tumanda olib borilayotgan “Obod qishloq” davlat dasturi bo‘yicha tashkil qilingan mavsumiy haq to‘lanadigan ishlarga jalb etildi. 11 nafar fuqaroga esa “Yoshlar – kelajagimiz” va “Har bir oila tadbirkor” Davlat dasturi asosida kredit olib berildi va oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishda yaqindan ko‘maklashildi.

Ta’kidlash joizki, partiya ishchi guruhi a’zolari o‘z yechimini topmayotgan qolgan muammolar bo‘yicha ham tizimli ishlar olib bormoqda.

Saida Umaraliyeva

O‘zLiDeP Jizzax

viloyat Kengashi

Matbuot kotibi

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    1003
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+