Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

16.12.2017, 11:31

Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan Termiz Davlat  Universitetida “Konstitutsiya-faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.  Unda partiya faollari, universitet o‘qituvchilari,  mutasaddi tashkilot vakillari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar Bosh qomusimizning xalqimiz buguni va ertangi kunining huquqiy kafolatlarini belgilab bergani, ayni paytda xalqimizning ko‘p asrlik ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy merosi, umuminsoniy qadriyatlar va xalqaro andozalarni o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatli ekani va muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi so‘zlagan nutqining mazmun mohiyati haqida gapirib o‘tishdi.  

– Konstitutsiyamiz demokratik huquqiy davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatni shakllantirish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim asos bo‘lmoqda, – dedi universitet o‘qituvchisi, professor Zamira Nurova. – Zero, Konstitutsiya ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarimiz va butun xalqimiz manfaatini himoya qiluvchi bosh omil bo‘lib xizmat qilmoqda. 

O‘zaro muloqot ruhida o‘tgan tadbir davomida partiyaning “Ayollar qanoti” tomonidan “Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish guruhi”ni  tashkil etish bo‘yicha taklif-mulohazalar muhokama etildi.

 Murod ESHNAZAROV.

     O‘zLiDeP Surxondaryo viloyat

Kengashi matbuot xizmati xodimi

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1889
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+