Farg‘onada 75 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va 2 nafar ayolga davolanish uchun yo‘llanma berildi

20.12.2017, 12:08

 Farg‘onada 75 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va 2 nafar ayolga davolanish uchun yo‘llanma berildi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi Quvasoy shahrining “Arsif” qishlog‘i vrachlik punktida tibbiy ko‘rik tashkil etildi, natijada 60 dan ortiq ayol, 15 nafardan ziyod yoshlar oilaviy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tdilar.

Tibbiy ko‘rik natijasida ikki nafar ayolga shahar shifoxonasida davolanishi uchun yo‘llanma berildi. Tibbiy ko‘rikda Quvasoy shahar shifokorlari kardiolog I.Akimova, ginekolog X.Raxmatova, urolog-uzis A.Usmonov, nevrapotolog U.Usmonovlar faol ishtirok etdi.  

Maqsad ayollarda ko‘p uchraydigan “Ko‘krak bezi saratoni” kasalligi, turli ginekologik kasalliklarni olidini olish, sog‘lom turmush tarzini aholi o‘rtasida targ‘ib etish, tibbiy madaniyatni rivojlantirish ko‘zda tutildi.  

Bunday tadbirlar Marg‘ilon, Qo‘qon shahrida hamda Toshloq, Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod va Uchqo‘prik tumanlarining chekka qishloqlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda ishtirok etgan aholi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, mutahassis shifokorlar tomonidan atroflicha javob olishdi.

 O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

 Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1328
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+