Sanoat korxonalariga imtiyozlarni yanada ko‘paytirish kerak, deyishmoqda O‘zLiDeP deputatlari

21.12.2017, 18:33

Sanoat korxonalariga imtiyozlarni yanada ko‘paytirish kerak, deyishmoqda O‘zLiDeP deputatlari

Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari hamda tuman hokimligi vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 maydagi “Jizzax viloyatida ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatida yangi yondashuv va metodlarni sinab ko‘rishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 5 iyundagi “Jizzax viloyatida  ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash va ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini taminlash maqsadi ko‘zda tutildi.

– Tadbirkorlik faoliyatini boshlagan sanoat korxonalariga bir qator imtiyozlar yaratilgan, – deydi Do‘stlik tuman hokimining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari B. Daniyarov. – Hozirda bir nechta sanoat korxonalari ochilib, yangi ish o‘rinlari tashkil etildi, va bo‘sh yotgan ob’ektlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoniga jalb qilindi, yoki o‘lardan yagona soliq to‘lovi va umumbelgilangan soliqqa tortish to‘g‘risida ogohlantirildi.

Mazkur masala xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan nazorat-tahlil tartibida o‘rganilib Do‘stlik tuman Kengashining navbatdagi Sessiyasi muhokamasiga kiritilishiga kelishib olindi.


O‘zLiDeP  Jizzax viloyati Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1515
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+