Besh tashabbus zamirida qanchalik ezgu maqsadlar mujassam ekanini uning mohiyatini to‘g‘ri tushunganlar teran his etadi

22.01.2020, 10:03

Besh tashabbus zamirida qanchalik ezgu maqsadlar mujassam ekanini uning mohiyatini to‘g‘ri tushunganlar teran his etadi

Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Bu besh tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. 

Nega deganda bu tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan. 

O‘zLiDeP viloyat Kengashi tomonidan Navoiy tibbiyot kollejida o‘tkazilgan ochiq muloqotda bu haqda alohida ta’kidlandi.   

 “Bu tashabbuslar zamirida qanchalik ezgu maqsadlar mujassam ekanini uning mohiyatini to‘g‘ri tushunganlar teran his etadi. Oila tarbiyasining mantiqiy davomi hisoblangan ana shu 5 tashabbusni to‘laqonli amalga oshirishni biz, barcha partiya vakillari, deputatlar  o‘z zimmasiga olishi zarur, – deydi Navoiy tibbiyot kolleji o‘qituvchisi Shahnoza Soliyeva. – Zotan, bugun o‘zini jamiyat taraqqiyoti uchun burchliman, degan inson uyg‘onmasa bo‘lmaydi! Uyg‘oqlik – jamiyat hayotiga befarq bo‘lmaslik, loqayd yashamaslik demakdir!”

Tadbirda shuningdek, Prezident tashabbusidan kelib chiqib, mamlakatimizda yosh avlodni ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish, ularning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish masalasi ham muhokama qilindi.                

J.ASLONOV,

O‘zLiDeP Navoiy viloyat

Kengashi yoshlar bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    99
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+