Vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlik nazorati muhim

09.01.2018, 16:51

Vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlik nazorati muhim

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini o‘rganish va uni partiya elektorati, aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat va jamiyat qurilishi tizimi takomillashtirishning ustuvor vazifalari, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar mavzuida ma’ruzalar  tingladilar.

Ta’kidlandiki, ushbu Murojaatnomada mamlakatimizning porloq istiqbol yo‘li belgilab berildi. Yurtboshimiz joriy yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nom berishi, avvalo, faol tadbirkorlikning biznes faoliyati innovatsion, ya’ni zamonaviy yondoshuvlar, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullari asosida tashkil etiladigan iqtisodiy yo‘nalish ekanligi, buyuk kelajagimizni yangi innovatsion g‘oyalar, yondashuvlar orqali qurishimiz zarurligini alohida e’tirof etdilar. Zero, innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishda har bir mamlakat ilm-fanni rivojlantirishi, o‘sib kelayotgan yoshlarga puxta bilim berishga e’tibor qaratishi, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, haq-huquqlarini himoyalab, ularga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratib berishi shart.

Odamlarning hayotiy ehtiyoji va manfaatini ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgan ozod yurtimizda endilikda tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlarni ikki yilga to‘xtatilishi, investitsiyalarga keng yo‘l berish, soliq qonunchiligi va bojxona tekshiruvlarini yengillashtirib, barcha ishbilarmonlarning xorijga chiqishlari va faoliyat olib borishlari uchun teng sharoitlar yaratilishi, yangi loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligi va farovonligini yanada oshirishda yaqindan yordam beradi.

Bu vazifalarni bajarishda samarali deputatlik nazorati nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Seminarda so‘z olgan mahalliy Kengash deputatlari  mazkur faoliyatni yanada jonlantirish, hududlarni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta’minlashda munosib ishtirok etish dolzarb vazifalardan biri ekanligini alohida ta’kidlashdi. 

Tadbir yakunida Murojaatnoma asosida O’zLiDeP tizimida amalga oshirilishi belgilangan kompleks chora-tadbirlar dasturida ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor vazifalarni bajarish borasida amaliy takliflar  ishlab chiqilib, uni partiya elektorati va keng aholi qatlamlari orasida keng targ‘ib qilish borasida partiya faollari va deputatlar oldida turgan dolzarb ishlar belgilab olindi. 

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    907
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+