Qutlug‘ sanaga bag‘ishlab

20.10.2017, 17:22

Qutlug‘ sanaga bag‘ishlab

Respublika Manaviyat va marifat markazi Buxoro viloyat bo‘limida O‘zLiDeP Buxoro viloyat va shahar Kengashlari, partiyaning Buxoro xalqaro ayeroportidagi quyi bo‘g‘ini hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Ona tilim – jonu dilim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, tilimizning ichki imkoniyatlaridan keng foydalanish har bir xalq milliy o‘zligi va g‘ururining ajralmas qismidir. Shu ma’noda, o‘ziga xos lisoniy-ma’naviy fazilatlarga, chuqur tarixiy ildizlarga ega milliy tilimiz biz uchun chinakam g‘urur timsolidir. Shu bois o‘tgan yillar davomida ona tilimizga munosabat ham tamoman o‘zgardi. O‘zbek tili respublikamizda o‘tkaziladigan oliy darajadagi davlat anjumanlari, rasmiy hujjatlar, qonunlar, qolaversa, ish yuritishning asosiy tiliga aylandi.

“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunda xalqimizning irodasi va bag‘rikengligi kabi fazilatlari ham o‘z aksini topganini kuzatish mumkin. Qonunda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mamlakatimizda yashayotgan millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmasligi, hamma o‘z tilida gapirish huquqiga egaligi belgilangan. Bumamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari tiliga ko‘rsatilgan ehtirom namunasidir.

Anvar ERGASHEV,

Buxoro xalqaro ayeroporti BPT yetakchisi 

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1692
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+