Maqsadimiz raqobatbardosh va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga munosib hissa qo‘shish

14.08.2020, 15:08

Maqsadimiz raqobatbardosh va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishga munosib hissa qo‘shish

Kuni-kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonlaridan hududlarda sanoatni rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida soha rivoji yo‘lida bir qator ustivor vazifalar belgilab berildi.

Tarmoq va hududlarning o‘zaro hamkorligiga mas’ul ishchi guruh tuzib, hududlarga chiqqan holda, korxonalarning muammolarini hal qilish va qo‘shimcha zaxiralarni safarbar etish orqali sanoat ishlab chiqarish hajmini oshirish zarurligi ta’kidlandi. 

Pandemiya davrida mahsulotlarni namoyish qilish imkoniyati cheklangani bois Elektron kooperatsiya portalidan keng foydalanish muhimligi ta’kidlanib, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan barcha tovarlarni ushbu kooperatsiya portaliga joylashtirish, uning maqomi va savdo hajmlarini keskin ko‘tarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz boshchiliklarida “Sanoat klasterlari”ni tashkil etish va ularni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, biz kabi to‘qimachilik klasterlarini yanada ruhlantirib, yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirish, raqobatbordosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish xajmini oshirishga undaydi.

Bu borada 2019 yil sentyabr oyida Minbuloq va Pop tumanlarida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash maqsadida tashkil etilgan “Art Soft Holding” MChJ agrosanoat klasteri tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘qimachilik sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Bugungi kunida holding kompaniyasi tarkibida “Art Soft Textile” 

“Art Soft Chamanzor”,”Art Soft Promzona”, “Art Soft Nanay”, “Art Soft Bo`ston”, “Art Soft Spinning”, “PapFen” kabi 7 dan ortiq korxonalar faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yildi. Mazkur korxonalar tomonidan joriy yilning o‘tgan 7 oyi davomida 133,5 mlrd. so‘mlik to‘quv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarildi. Shundan 11,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi mahsulotlar MDX davlatlariga eksport qilindi. 

Eng asosiysi, holding kompaniyasi tarkibidagi korxonalarda 

3250 nafardan ortiq aholi ish bilan ta’minlandi. Ularning qariyb 75% foizini yoshlar va xotin-qizlar tashkil etadi. 

Maqsadimiz o‘zimizda yetishtirilayotgan xom-ashyolarni qayta ishlagan holda raqobatbardosh va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali, mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga hamda aholimiz turmush farovonligini yanada yaxshilashga munosib hissamizni qo‘shish.

Olimxon Babaxanov

“Art Soft Holding” kompaniyasi Kuzatuv 

kengashi raisi, Mahalliy Kengash deputati

  • Ko'rildi
    862
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+