O‘zLiDeP faollari ishtirokida yangi tahrirdagi qonun loyihalari muhokama qilinmoqda

17.01.2018, 18:49

O‘zLiDeP faollari ishtirokida yangi tahrirdagi  qonun loyihalari muhokama qilinmoqda

Shu kunlarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida partiya faollari – tadbirkorlar va fermerlar ishtirokchida bir qator qonun loyihalari muhokamasiga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Jizzax viloyatida mahalliy kengash deputatlari, elektorat va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida tashkil etilgan navbatdagi amaliy muloqotda  “Mediatsiya to‘g‘risida”gi, “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi hamda “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari loyihalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida qonun loyihasi yuzasidan elektorat vakillari, sohaning tajribali mutaxassis va ekspertlari tomonidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi tarmoq va hudud darajasida to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlaydi, mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarishga ish beruvchi bilan birga xodimning ham mas’uliyatini oshiradi.

Shuningdek, muhokamalar jarayonida “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi borasida ham ishtirokchilar tomonidan aniq takliflar va fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, mazkur qonun loyihasida Mediatorlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tadi, deb belgilab qo‘yilgan. Ammo unga bo‘ysinish yoki buysinmaslik to‘g‘risida aniq so‘z mavjud emas. Shunga muvofiq, Mediatsiya o‘tkazuvchi mediatorlar qaysi organga bo‘ysunishi va bo‘ysinuvchi organiga hisobot topshirish bo‘yicha alohida modda qo‘shish lozimligi borasida taklif bildirildi.

Shu bilan bir qatorda “Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasiga ham qator takliflar bildirildi. Xususan, ekin maydoni zararlanmasdan oldin profilaktika o‘tkazish, fermer xo‘jaligi va o‘simliklarni himoya qilish boshqarmasi bilan majburiy shartnoma tuzdirish, zararlangan yer maydoniga boshqa ekinni ekish kabi qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Ushbu qonun loyihasining 17-moddasida: “qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish vositalarining inson sog‘lig‘iga salbiy ta’sirining qay darajada xavfliligini baholash va gigiyena normativlari, sanitariya normalari hamda qoidalarini ishlab chiqish” deb keltirilgan bo‘lib, unda atrof-muhit (shu jumladan, xayvonlar, qushlar, baliqlar va hokazo) muhofazasi haqida aytib o‘tilmagan. Keng muhokamalardan so‘ng banddagi inson sog‘lig‘iga jumlasini inson va atrof muhitga  deya o‘zgartirish taklifi berildi.

Mazkur qonun loyihalari partiyaning barcha hududiy kengashlarida keng muhokamalar qilinmoqda, aniq takliflar bildirilmoqda.

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1332
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+