Yoshlardan tashabbuslar chiqayapti, faqat ularni qo‘llab-quvvatlash kerak

14.09.2020, 16:58

Yoshlardan tashabbuslar chiqayapti, faqat ularni qo‘llab-quvvatlash kerak

Bugun mamlakatimizda yoshlarga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani va bu sa’y-harakatlar qog‘ozda emas, amalda namoyon bo‘layotgani har bir yigit-qiz qalbida aks-sado berayapti. Zero, yoshlarga qancha ko‘p imkoniyatlar yaratilsa, ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi ham shuncha ortaveradi.

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan videokonferensaloqa shaklida  o‘tkazilgan onlayn muloqotda  ham ana shu kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

3 million 200 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan, ularning 60,3 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etayotgan Qashqadaryo viloyati misolida oladigan bo‘lsak, ular orasida tashabbuskor yoshlar nihoyatda ko‘p. Birgina misol, partiyamizning “Yoshlar qanoti” tomonidan tadbirkorlikka qiziqqan va o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun “Ishbilarmon yoshlar”, “Yosh tadbirkorlar”, “Yosh fermer” loyihalari doirasida yosh tadbirkorlarimizning 275 ta istiqbolli loyihalari  moliyalashtirishga qabul qilinganining o‘zi fikrimizni tasdiqlab turibdi. Bu loyihalar qiymati 75 milliard 668 million so‘mlik bo‘lib, ishlab chiqarishga joriy etilgach, vohamizdagi 2 266 nafar yigit-qizning bandligi ta’minlanadi.

Bugungi muloqotda aytilganidek, birorta yosh yigit-qiz e’tibordan chetda qoldirmaymiz, ularning har biri bilan alohida ish olib borishda joylardagi partiya tuzilmalari “Yoshlar qanoti” bo‘limlari faoliyatini yanada kuchaytiramiz. Maqsadimiz, kelajagimiz egalari bo‘lmish yoshlarni mamlakat taraqqiyotiga xizmat qildirish ekan, bu vazifani sidqidildan ado etamiz. 

Ma’murjon ABDULLAYEV,

O'zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    412
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+