Toshloq tumanida partiya ko‘magida yosh tadbirkorlar safi kengayadi

20.01.2018, 16:49

Toshloq tumanida partiya ko‘magida yosh tadbirkorlar safi kengayadi

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish hamda bu borada keng jamoatchilik, avvalo, yoshlar vakillarining taklif va mulohazalarini e’tiborga olish, talaba va o‘quvchi yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida yoshlar ishtirokini ta’minlash, deputatlik faoliyati bilan yaqindan tanishishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida “O‘zLiDePda yoshlar kuni” loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Loyiha doirasida viloyatdagi ta’lim muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, jamoat tashkilotlarida turli davra suhbatlari, ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“O‘zLiDePda yoshlar kuni” loyihasi doirasidagi navbatdagi ochiq muloqot Toshloq tumani Zarkent agrosanoat kollejida bo‘lib o‘tdi. Unda kasb-hunar kollejining bitiruvchi yoshlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida siyosiy partiyalar faoliyatiga qiziqadigan yoshlarga partiya faoliyati, ularning maqsad va vazifalari xaqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, bugungi kunda aholi, ayniqsa yoshlar orasidagi dolzarb bo‘lgan muammolar hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishida uchrayotgan to‘siqlar va ularni qonuniy bartaraf etish qoidalari borasida muhokamalar olib borildi.

Bugun O‘zLiDeP tomonidan o‘tkazilgan ochiq muloqotda partiya faoliyatiga doir ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldim, - deydi Zarkent agrosanoat kasb-hunar kolleji 3-bosqich talabasi H.Mamajonov. - Kasb-hunar kollejini bitirgandan so‘ng partiya ko‘magida mevalarni qayta ishlashga mo‘ljallangan kichik oilaviy korxona ochib, tengdoshlarimni ish bilan ta’minlamoqchiman.

Muloqot yakunida kollej bitiruvchilarining takliflariga binoan tumandagi ishlab chiqarish korxonalariga ish faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tashriflar amalga oshirishga kelishib olindi.

A.O‘rmonova

O‘zLiDeP Toshloq tumani Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1464
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Boltaboyev Ilhomjon2018-04-26 15:17:16

Shunga o`xshash tizimli tadbirlar va ochiq muloqotlar sonini yanada ko`paytirishimiz kerak. "Tadbirkor +" loyihasi doirasida deputatlar qolaversa, muvafaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan yoshlar uchrashuvlarini o`tkazishni taklif etardim. Sababi, yoshlar ayniqsa, kollej bitiruvchilari o`rtasida o`z shaxsiy biznesini boshlashga qiziqishlar yetarlidir.


Fikringizni qoldiring

+