Oliy ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda

23.01.2018, 16:28

Oliy ta’lim tizimi takomillashtirilmoqda

Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish bugungi kunning asosiy masalalaridan biridir. Bu borada oliy ta’lim muassasalariga bo‘ladigan test sinovlarining ochiq va oshkoraligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonni amalga oshirishda Prezidentimizning “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonida ko‘plab vazifalar belgilangan.

Bu borada oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi, test sinovlarini o‘tkazishning shaffof mexanizmlarini joriy etish belgilangan. Birgina oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha test sinovi natijalari test o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilinishi oliy ta’lim tizimidagi turli firibgarlik  va korrupsiyani oldini olishda muhim qadam bo‘ladi.

Yana bir jihatga alohida e’tiboringizni qaratmoqchimiz. 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi.

Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan bu islohotlar farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashda muhim qadamdir, ularning qobiliyati va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat hamda fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirishning bosh omilidir.

M.ASRANQULOVA,

O`zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

huzuridagi siyosiy ta’lim markazi rahbari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    2967
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+