O‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan bulung‘urlik yoshlar “Samt Vikt” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

24.01.2018, 18:58

O‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan bulung‘urlik yoshlar “Samt Vikt” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdilar

O‘zLiDeP Bulung‘ur tuman Kengashi tomonidan “Samt Vikt” qo‘shma korxonasida “Guliston” va “Istiqlol” MFY yoshlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar “Samt Vikt” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Seminarda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish, yoshlarning huquq va erkinliklarini himoyalash, iste’dodli  yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani haqida so‘z bordi.

– Korxonamizda 7-8 turdagi qishloq-xo‘jalik mahsulotlari qadoqlaqlanib, hozircha ichki bozorga yetkazib berilmoqda, – deydi korxona ish yurituvchisi G.Damiyeva. – Endilikda korxona faoliyatini yanada kengaytirib, mahsulotlarni eksport qilish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish va yangi zamonaviy texnologiyalar olib kelishni maqsad qildik. Ayni paytda korxonada 30 nafar  yoshlar  doimiy ish bilan ta’minlangan. Maqsadimiz ham seminarda ishtirok etgan yoshlarni tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, korxonamizda ishlamoqchi bo‘lgan yoshlarni ish bilan ta’minlashdan iborat.   

Ishtirokchilarga korxona xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar va bu yerdagi ish jarayoni katta havas uyg‘otdi, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javob olishdi.

 O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

 matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1173
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+