Prezidentimiz Murojaatnomasi va Davlat dasturiga xorijda tahsil olayotgan yosh yurtdoshlarimizning munosabatlarini e’tiboringizga havola etamiz

25.01.2018, 18:56

Prezidentimiz Murojaatnomasi va Davlat dasturiga xorijda tahsil olayotgan yosh yurtdoshlarimizning munosabatlarini e’tiboringizga havola etamiz

2017 yil mamlakatimiz tarixida nihoyatda qizg‘in islohotlar, xalq bilan yaqin muloqotlar, eng muhimi, yangicha davlat boshqaruvi yili bo‘lib esda qoldi. Ana shu jarayonlarning mantiqiy yakuni esa, hech shubhasiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning milliy parlamentimiz – Oliy Majlisga taqdim etgan tarixiy Murojaatnomasidir. Mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk marta kuzatilgan mazkur muhim hodisa aks sadosi hatto bir yillik o‘zgarishlarga ishonib-ishonmay turgan xorijlik kuzatuvchilar, siyosatchilar va yetakchi korporatsiya vakillarini ham hayratlantirib yuborgani ayni haqiqatdir. 

Oradan roppa-rosa bir oy o‘tib, shu yil 22 yanvarda qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonning mazmun-mohiyati mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatda marrani yanada balandroq olayotganini, chorlovlar tobora ishonchga yo‘g‘rilib borayotganini namoyon etdi.

O‘zLiDePning “Yoshlar qanoti” bugun o‘qish yoki boshqa sabablar tufayli xorijda bo‘lgan yosh yurtdoshlarimizni ham ushbu jarayonlarga daxldorligini ta’minlashga intilmoqda. “Yoshlar qanoti” qoshida tashkil etilgan xorijdagi yosh vatandoshlarimiz bilan kontakt guruhi faollari tomonidan turli davlatlarda, dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 200dan ortiq o‘zbekistonlik yigit-qizlar bilan muntazam muloqot o‘rnatilgan. Muhimi, ularning safi kundan-kunga kengayib bormoqda. Kechagina davlatimiz rahbarining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmon e’lon qilinganidan so‘ng chet eldagi yosh yurtdoshlarimizning ayrimlari bilan bog‘lanib, ushbu tarixiy ahamiyatga molik hujjat hamda parlamentga Murojaatning mazmun-mohiyati xususidagi o‘y-fikrlari bilan qiziqdik. 

Biz bugun gazetamiz sahifalarida Vatandan olisda bo‘lsa-da, qalbida ona yurtga mehr-muhabbat, sog‘inch tuyg‘usi jo‘sh urayotgan, erta-indin o‘qishni tezroq tugatib, mamlakatimizda yangi, zamonaviy loyihalarni joriy etmoqni niyat qilgan salohiyatli yoshlarimizdan bir guruhining fikr-mulohazalarini e’lon qilishga jazm etdik.

Javoxir ABDUG‘ANIYEV, Abbosbek TURABIDDINOV

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” qoshida tashkil etilgan 

xorijdagi yosh vatandoshlarimiz bilan kontakt guruhi faollari

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1145
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+