Buyuk shaxs siymosini xotirlab

27.01.2018, 17:32

Buyuk shaxs siymosini  xotirlab

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish va tavalludining 80 yilligi munosabati bilan joylarda tadbirlar va turli xil musobaqalar  o‘tkazilmoqda. O‘zLiDeP  Kosonsoy tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi tibbiyot kollejida o‘tkazilgan shaxmat va shashka turneri ham ayni shu maqsadda tashkil etildi. Musobaqa avvalida Islom Karimovning  yurtimizni gullab yashnashi va xalqimizning tinch-totuv farovon turmush kechirishida, shuningdek, mamlakatimizning jahon miqyosida katta obro‘-e’tibor qozonishida ulkan hissa qo‘shganganligi e’tirof etildi.

- Mamlakatimiz hurriyatga erishganligi, avvalo O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bog‘liq, deydi, - O‘zLiDeP Kosonsoy tuman Kengashi apparat rahbari Ikromjon Angurov. - Yoshlarga buyuk siyosiy arbobning bosib o‘tgan sharafli yo‘llari, amalga oshirgan ulkan ishlari namuna qilib ko‘rsatishimiz lozim. Xususan, Islom Karimov tomonidan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarini tashkil etilganligi buning yorqin misolidir.

Musobaqa qizg‘in, ko‘tarinki ruhda o‘tib, yakunida turnir g‘oliblari Mansurova Durdona, Oxunova O‘g‘iloy, Olimova Umida, Sotiboldiyeva Nasiba, Xakimova Guljahon, Muhammadraximov Jasur, Abdurashidov Javoxirlarga  partiyaning diplom, faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Musoxon Yusupjonov

O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1287
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+