O‘zLiDeP Toshloq tuman Kengashining ustuvor vazifalari belgilandi

05.02.2018, 09:31

O‘zLiDeP Toshloq tuman Kengashining ustuvor vazifalari belgilandi

O‘zLiDeP Toshloq tumani Kengashining 2017 yildagi faoliyati yakunlari xamda 2018 yilga mo‘ljallangan amaliy xarakatlar kompleks maqsadli dasturi va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Toshloq tumani Kengashi a’zolari, tuman Kengashi raisining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruxi a’zolari va boshlang‘ich partiya tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

O‘tgan 2017 yil davomida Toshloq tumani Kengashi tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi” joriy etildi hamda kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal qilishga erishilgan.

Murojaatlar asosida aholi tomonidan bandlik, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi muammolari, gaz va elektr energiyasi tanqisligi, bank-kredit masalalari, ijtimoiy muhofaza sohalariga taalluqli bo‘lgan bir qator murojaatlar bildirilgan. Har bir murojaat bo‘yicha partiya mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xal qilinishiga erishilgan.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, tuman Kengashi tomonidan o‘tgan 2017 yil davomida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish borasida bir qator amaliy ishlar qilingan. Xususan, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish va bandligini ta’minlash borasida O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bilan birgalikda 40 nafarga yaqin fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlangan.

Tanqidiy tarzda o‘tgan yig‘ilish yakunida Toshloq tuman Kengashi tomonidan 2018 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati

Kengashi matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1472
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+