Tadbirkorlikka oid qonunchilikni takomillashtirish, soliq tizimidagi yangiliklar, sohaga investitsiyalarni keng jalb etish kabi masalalar anjumanning ikkinchi qismida muhokama etilmoqda

13.02.2018, 12:40

Tadbirkorlikka oid qonunchilikni takomillashtirish, soliq tizimidagi yangiliklar, sohaga investitsiyalarni keng jalb etish kabi masalalar anjumanning ikkinchi qismida muhokama etilmoqda

Davlat Dasturida belgilangan vazifalar ijrosi, ayniqsa, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun oldimizga qo‘yilgan maqsadlar ko‘p jihatdan tadbirkorlar bilan bevosita ishlaydigan davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati bilan bevosita bog‘liq. Xususan, tadbirkorlikka oid qonunlarni takomillashtirish bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda, kelgusidagi vazifalarimiz nimalardan iborat, soliq sohasida qanday yengilliklar beriladi, tadbirkorlar va moliya muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarda yangiliklar kuzatiladimi, sohaga investitsiyalarni jalb etishda qanday yengilliklar berilishi mumkin, kabi savollar Anjumanning ikkinchi qismida qizg‘in muhokama etilmoqda.

Prezidyumga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi Shodmonov Adham Xursanbayevich,

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mirzayev Mubin Muxiddinovich,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Saifnazarov Saxib Ismailovich,

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sattorovlar taklif etildi.

O’zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1801
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+