Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari

13.02.2018, 17:53

Prezident g‘oyalari bilan kelajak sari

Joriy yilning 13 fevral kuni shu shior ostida Toshkent shahrida O‘zbekiston faol tadbirkorlari anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan bir qator idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda  videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizning barcha hududlaridan 2 mingga yaqin tadbirkor va fermerlar, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirliklar va idoralar vakillari ishtirok etishdi.

Anjumanda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalar tadbirkorlar tomonidan atroflicha o‘rganildi, galdagi birgalikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda yurtimiz ravnaqi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu Davlat dasturining qabul qilinishi, amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli islohotlar yagona olijanob maqsad – izchil va barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon, demokratik tamoyillarga asoslangan davlatni, adolatli jamiyatni barpo etish, inson manfaati hamda uning orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilganligi ta’kidlandi.

Anjuman ishtirokchilari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochish, ularning oldidagi to‘siqlarni bartaraf etish mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning doimiy e’tiborida bo‘lib kelayotgani, Davlat dasturi doirasida esa bu e’tibor o‘zining mantiqiy davomini topgani alohida e’tirof etdilar. Tadbirkorlik, yaratuvchanlik bugun xalqimiz turmush tarziga aylanayotgani, xayotimiz shioriga aylanib ulgurgan «Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi», «Tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga to‘sqinlik qilish, deb baholanishi» kabi tamoyillar mana shu siyosatning aniq o‘zida aks ettirganligi ta’kidlandi.

Albatta, ushbu e’tibor zamirida tadbirkorilik sohasi vakillariga bildirilayotgan katta ishonch turgani, o‘z navbatida tadbirkorlar mana shu mas’uliyat yukini to‘g‘ri anglab, mamlakatimiz Prezidenti, xalqimiz tomonidan bildirilayotgan shunday ishonchni oqlash yo‘lida bor kuch-g‘ayrati bilan harakat qilishlari lozimligi aytildi.

Anjuman qatnashchilari yurtimizda amalga oshirilayotgan, islohotlar o‘zining muhim pallasiga kirgan hozirgi davrda tadbirkorlar va ishbilarmonlar ushbu islohotlarning faol ishtirokchisi, lokomativiga aylanishi zarurligini alohida ta’kidladilar. Xususan,

Mamlakat iqtisodiyoti uchun hal qiluvchi asosga ega bo‘lgan innovatsion, ilg‘or texnologiya va boshqaruv usullarini ishlab chiqarishga kiritish, sanoatda va qishloq xo‘jaligida yangi sohalarni keng joriy etish, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport xajmini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sohasiga tadbirkorikni keng olib kirish borasida hali ishga solinmagan juda katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Mamlakatimizni rivojlantirish dasturiga aylangan Harakatlar strategiyasi hamda muhokama qilinayotgan Davlat dasturida o‘z ifodasini topgan ushbu ishlarda faol ishtirok etish, tashabbuskorlik ko‘rsatish, shu orqali Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yakdil qo‘llab-quvvatlash mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha faol tadbirkorlarning asosiy maqsadiga aylanishi lozimlgi ta’kidlandi.

Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekistn faol tadbirkorlar anjumani ishtirokchilarining mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlarga Murojaati qabul qilindi Murojaatda

- jamiyatimizda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, yurtimizning barcha xududlarida yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirib borish;  

- O‘zbekistonimizning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishi, ilg‘or g‘oyalar, «nau-xau» va «aqlli» texnologiyalarga asoslangan tadbirkorlikni rivojlantirishda faol bo‘lish;

- tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni «o‘zbek brendi» ostida olib chiqish, iqtisodiyotimizga tashqi investitsiyalarni jalb etish;

- aholini ish bilan ta’minlash buning uchun yangi ish o‘rinlari yaratishdek ezgu vazifalarni amalga oshirishga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishini ta’minlash;

- yoshlarimiz – kelajak bunyodkorlarining intellektual salohiyatini oshirish, ularning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqishi va baland marralar sari olg‘a intilishiga keng imkoniyatlar yaratib berish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod tadbirkorlarini shakllantirishga hissa qo‘shish

- tadbirkorlar hamjamiyati nopok tadbirkorlarga nisbatan murosasiz bo‘lishi va ularga nisbatan birinchi navbatda, davlat emas, balki tadbirkorlarning o‘zlari munosabat bildiradigan va ushbu muhit sofligini ta’minlaydigan muhit shakllantirish yo‘lida harakat qilish borasida bir qator vazifalar belgilab olindi. 

Tadbir so‘ngida O‘zLiDeP shafeligida mana shunday O‘zbekiston tadbirkorlari anjumanini yilda bir marta o‘tkazib, unda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida tadbirkorlarning ishtiroki bilan bog‘liq asosiy yo‘nalishlarni belgilab borish, hududlardagi tadbirkorlik va investitsion muhitni tizimli asosda tahlil qilib borishni yo‘lga qo‘yish, qulay biznes muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan har qanday holatlarning oldini olish borasida Oliy Majlisga va Hukumatga takliflar kiritib borish, partiya va uning tuzilmalari imkoniyatlaridan keng foydalangan holda milliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida yaqin munosabatlarni yo‘lga qo‘yish borasida aniq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1598
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+