Samarqand viloyati










Fayzilov Mexroj Musinjonovich
Kengash raisi
Fayzilov Mexroj Musinjonovich 1975 yilda tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.
1997-1998 yillarda Samarqand shahar “Sarob” mas’uliyati cheklangan jamiyatida muhandis-konstruktori vazifasida mehnat faoliyatini boshlagan.
1998-1999 yillarda Samarqand shahar “Elektr tarmoqlari” korxonasi texnigi, 1999-1999 yillarda “Baltimor-Chelek” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi texnologi, 1999-2001 yillarda “Baltimor-Chelek” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi smena boshlig‘i, 2001-2002 yillarda “Baltimor-Chelek” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish bo‘yicha boshlig‘i, bosh direktori vazifasini bajaruvchisi, 2002-2002 yillarda “Baltimor-Chelek” O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi bosh direktori, 2002-2003 yillarda Samarqand tumani “Kishmish” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati ishlab chiqarish bo‘yicha direktori o‘rinbosari, 2003-2008 yillarda Samarqand tumani “Agromir” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari, 2008-2016 yillarda Samarqand tumani mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Agromir» O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasi bosh direktori, 2011-2016 yillarda Samarqand tumani mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi agrofirma “Agromir-Samarkand” qo‘shma korxonasi bosh direktori, 2016-2017 yillarda “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi meva sabzavot saqlash va qayta ishlashni tashkil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017 yildan hozirgi vaqtgacha Jomboy tumanidagi “Maroqand meva sabzavot” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori vazifasida ishlab kelmoqda
2018 yildan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyati Kengashi raisi
Manzil: Samarqand shahri, Shoxruh ko‘chasi, 82-uy.
Telefon: 0 366 - 233-53-34
Faks: 0 366 - 233-77-05
Elektron pochta: sm@uzlidep.uz