Boysunda “Milliy armiyamiz – yoshlar nigohida” shiori ostida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

04.03.2022, 12:00

Boysunda “Milliy armiyamiz – yoshlar nigohida” shiori ostida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Bugun mamlakatimizda Qurolli Kuchlarimizning jangavor shayligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini yangilash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda.

Binobarin, harbiy kuch-qudratimizni mustahkamlash, qurol-aslaha, harbiy texnikalar zahirasini yaratish va Armiyamiz kuch-qudratini yuksaltirish masalalari Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan besh yillik Taraqqiyot strategiyasida ham o‘z aksini topgan. Unda davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish, mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish belgilab qo‘yilgan.

Bu borada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zolari joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida Mudofaa vazirlikning vakillari bilan hamkorlikda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, komil, barkamol va sog‘lom avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun turli uchrashuvlar, musobaqalar tashkil qilib kelinmoqda.

Qonunchilik palatasi deputati Hazratqul Xo‘jamqulov Boysun tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida tuman yoshlari ishtirokida tashkil qilingan “Milliy armiyamiz – yoshlar nigohida” shiori ostidagi festivalda qatnashdi. Ushbu tadbir katta ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi. Yoshlar sportning turli yo‘nalishlari - tosh ko‘tarish, arqon tortish, milliy kurash, miltiq va kamondan o‘q otish, valleybol, futbol bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Maqsad tumandagi yoshlarni vatanpar, sog‘lom va barkamol avlod bo‘lib voyaga yetkazish, ularning turli yod g‘oyalar ta’siridan asrashdan iboratdir.

Musobaqa g‘oliblariga estalik sovg‘alari taqdim qilindi.

Festival doirasida ishsiz yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi, taktik o‘quv amaliy seminarlar, “yashil makon” umummilliy loyihasida ko‘chat ekish aksiyalari tashkil etildi.

  • Ko'rildi
    1008
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

dilshoda2022-03-31 15:32:51

kattakon raxmat


Fikringizni qoldiring

+