Surxondaryo viloyati











Ro‘ziev Alisher Abdumo‘minovich
O'zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi raisi v.b.
Ro‘ziyev Alisher Abdimo‘minovich 1968 yil 13 noyabrda to‘g‘ilgan.
1990 yilda Saratov pedagogika institutini, 1997 yilda Termiz davlat universitetini tamomlangan. Mutaxassisligi bo‘yicha filolog, iqtisodchi.
Mehnat faloiyatini 1990 yilda Surxondaryo viloyat Termiz tibbiyot bilim yurtida o‘qituvchi lovozimidan boshlangan.
1993-1996 yillarda Surxondaryo viloyati agrosanoat uyushmasi ishlar boshqaruvchisi, 1996-1998 yillarda Surxondaryo viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida shartnoma va kontraktatsiya bo‘lim boshlig‘i, 1998-1999 yillarda Oltinsoy tumani hokimligi nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi, 1999-2000 yillarda Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari-nazorat inspeksiyasi boshlig‘i, 2000-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2001-2004 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligining ijtimoiy masalalar bo‘yicha majmuasi kotibiyati mudiri, 2004-2005 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalar bo‘yicha majmuasi kotibiyati mudiri, 2005-2006 yillarda Surxondaryo viloyati hokimligining mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i,2006-2009 yillarda Surxondaryo viloyat Termiz shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2009-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Soliq akademiyasi tadqiqotchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2012 yil 12 iyuldan O`zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari -apparat rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
A.Ro‘ziyev 2016 yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” esdalik nishoni bilan.
2017 yil “O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
Manzil: Termiz shahri, Fayzulla Xo‘jaev ko‘chasi, 32a-uy.
Telefon: 0 376 - 223-34-89
Faks: 0 376 - 223-36-79
Elektron pochta: sd@uzlidep.uz