Yoshlar o‘rtasida deputat kubogi uchun bahs olib borildi
28.03.2024, 17:11
Sport kishinining irodasini toblaydi. Tani sog‘ bo‘lish bilan birga, mashaqqatlarga chidamli bo‘lishga o‘rgatadi. Shu bois, bugun mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning qalbida sportga nisbatan ishtiyoq uyg‘otish maqsadida joylarda ko‘plab rahbarlik kuboglari va musobaqalar o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi deputatlari ham ushbu xayrli ishda ancha faollik ko‘rsatishmoqda.
Termiz shahridagi 8-umumtaʼlim maktabi sport zalida “Baynalminal” va “Turon” mahallalaridagi uyushmagan yoshlar uchun voleybol hamda futbol bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Bunda O‘zLiDeP Termiz shahar Kengashi Abdumalik Tangirov tashabbus ko‘rsatgan bo‘lsa, viloyat Kengashi deputati, katta tadbirkor Xayitali Allamuratov musobaqaga homiylik qildi.
Qizg‘in bahslarga boy kechgan musobaqada mahallalar yoshlari o‘zaro bellashishdi. Natijalarga ko‘ra, “Baynalminal” mahalla fuqarolari yig‘ini yoshlarining qo‘li baland keldi.
Musobaqa nihoyasida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar ulashildi.
Aytish kerakki, bu kabi musobaqalar uyushmagan yoshlarni jipslashtirib, o‘z mahallasi, qishlog‘i, boringki, vatani uchun naf keltiradigan insonlar bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Dehqonobodlik deputatlar bilan muloqot qilindi
25.04.2024, 11:50
-
Byudjet mablag‘lari hisobidan ortiqcha sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim
25.04.2024, 11:46
-
Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
25.04.2024, 09:15
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
Fikringizni qoldiring