Kasbida aholi daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar o‘rganildi
25.04.2024, 09:15
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzosi Shahnoza Xolmaxamatova, partiyaning Qashqadaryo viloyati Kengashi deputatlari Kasbi tumanidagi mahallalarda bo‘lib, aholining tomorqalaridan samarali foydalayotganliklari borasidagi holatlar bilan yaqindan tanishdi va muloqotlar qildi.
“Xo‘jaqarliq” MFY hududidagi Malohat Eshmurodova, Hamza Abdiraxmonov va “Mustaqillik” mahallasidagi Abdig‘ani Boboqulovlarlar xonadonida bo‘lganida, tomorqa serdaromad manbaga aylanayotganligi, birgina sholg‘om hosilidan 6 sotix yer maydonidan yiliga 10-15 millionlab daromad olishayotganligini taʼkidlab o‘tishdi.
Xo‘jaqarliq va Mustaqillik mahallalarida faoliyat ko‘rsatayotgan mahalla yettiligi hamda faollari bilan uchrashib, qonunchilikdagi o‘zgarishlar va aholining qiziqtirayotgan masalalari hamda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilishi dolzarb bo‘lgan vazifalar yuzasidan gaplashib olindi.
Kasbi tumani Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda qonunchilikdagi yangiliklar va o‘zgarishlar, “Yashil energiya, “Yashil makon” tamoyillari xususida so‘z yuritilib, ularning takliflari yozib olindi.
Aholi bilan mahallalarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tadbirkorlik uchun sharoitlar muhayyo ekanligi, munosib turmush kechirishini taʼminlash va darajasini yaxshilashda qonuchilikda qabul qilinayotgan hujjatlar muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlab o‘tildi.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring