Partiya rahbariyati

XAITOV AKTAM AXMADOVICH

XAITOV AKTAM AXMADOVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi

Xaitov Aktam Axmadovich 1974 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

1994 yil Samarqand iqtisodiyot va servis (kooperativ) institutini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi.

1994-1997 yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis (kooperativ) institutida, 1997-2000 yillarda Samarqand viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhida, 2000-2002 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasida, 2002-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasida faoliyat yuritgan.

2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar yig‘ma axborot-tahlil departamenti mudiri, 2006-2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri, 2014-2016 yillarda “Biokimyo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari, 2016-2017 yillarda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori, 2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlab kelgan.

2019 yildan buyon O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

2018 yil 3 avgustda bo‘lib o‘tgan O'zLiDeP Siyosiy Kengashining X majlisida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylangan.

2020 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan. 

YAKUBOV BAXTIYOR SULTONNAZIROVICH

YAKUBOV BAXTIYOR SULTONNAZIROVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Yakubov Baxtiyor Sultonnazirovich 1969 yilda tug‘ilgan.

1993 yilda Toshkent davlat universitetini, 2006 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, siyosiy fanlar doktori.

1993-1998 yillarda Toshkent davlat universitetida, 1998-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, 1999-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida, 2003-2005 yillarda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida faoliyat yuritgan.

2004 va 2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan.

2004-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mudofaa va xavfsizlik masalaari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, 2010-2015 yillarda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimida ishlagan, 2005 yildan jamoatchilik asosida partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari vazifasini amalga oshirgan.

2015 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar va kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

B.Yakubov 2006 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

 

SHOUMAROV DILSHOD SHAVKATOVICH

SHOUMAROV DILSHOD SHAVKATOVICH

О‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Shoumarov Dilshod Shavkatovich 1964 yilning 31 iyulida  Toshkent shahrida tug‘ilgan.

1981-1986 yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) sharqshunoslik fakultetida, 1998-2000 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi —  sharqshunos, xalqaro biznes magistri.

Mehnat faoliyatini 1986 yilda ToshDUning xalqaro bo‘limi katta inspektori lavozimidan boshlagan.

1987-1991 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida muhandis-tarjimon, 1991-2008 yillarda “KOMEKO” xalqaro tashkiloti, “Aziya-Metall-Treyding” QK, “Akan-Plastik” QK, “Proteks-Inshoat” korxonasi, “Qurilish mollari bozori” MChJda rahbar lavozimlarida ishlagan.

2008 yildan hozirgi vaqtga qadar “DIMAX METALL SERVIS” MChJ Ta’sischilar kengashi raisi, 2013 yildan buyon “Dimax” sanoat-savdo ko‘rgazma biznes markazi raisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. 

2015 yilda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylangan.

2014 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining mafkuraviy va targ‘ibot-tashviqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

XODJAYEVA MAVLUDAXON ISLAMOVNA

XODJAYEVA MAVLUDAXON ISLAMOVNA

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Xodjayeva Mavludaxon Islamovna 1962 yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan.

1985 yilda O‘rta Osiyo tibbiyot pediatriya institutini shifokor-pediatr mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

1985-1989 yillarda Qo‘qon shahar bolalar shifoxonasida, 1989-2000 yillarda Qo‘qon shahar Go‘daklar uyida dastlab shifokor-pediatr, so‘ngra bosh shifokor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2000-2004 yillarda M.Xodjayeva Qo‘qon shahar hokimining oila, onalik va bolalikni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, shuningdek, 2004-2014 yillar davomida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan. M.Xodjayeva 2015 yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida ish boshlab, 2018 yilda munosib ravishda qo‘mitaning raisi lavozimiga tavsiya etildi va saylandi.

2018 yildan buyon O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida jamoatchilik asosida ishlab kelmoqda.

2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

ASLONOV ABDULLO UBAYDULLOYEVICH

ASLONOV ABDULLO UBAYDULLOYEVICH

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi yoshlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari

Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich  1984 yil Samarqand tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 2011 yil Samarqand davlat chet tillari instituti bakalavriatini, 2014 yil magistraturasini tugatgan. 2003-2009 yillarda Angliyaning uchta nufuzli bilim yurtlarida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2010 yili “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand viloyati Kengashida to‘garak rahbari lavozimidan boshlagan.

2012-2018 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand, Navoiy viloyatlari hamda Markaziy Kengashi apparatida rahbar lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2018-2020 yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi raisi bo‘lgan.

2020-2022 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi lavozimlarida ishlagan. 

2022-2023 yillarda Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Oilali. 2 nafar farzandi bor.

G’iyosov Sardorbek Munibillayevich

G’iyosov Sardorbek Munibillayevich

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari

1990 yil Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumoti oliy. 2012 yil Namangan davlat universiteti Tarix fakulteti bakalavriatini, 2019 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Davlat boshqaruvi” yo‘nalishi magistraturasini tugatgan.

Mehnat faoliyatini 2012 yili Namangan viloyati Mingbuloq tumani 13-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati tarix fani o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.

2014-2019 yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Namangan viloyati Mingbuloq tuman Kengashi raisi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2020 yildan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining a’zosi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Oilali. 2 nafar farzandi bor.