Xorazm viloyati











Safarbayev Shavkat Xasanboyevich
O'zLiDeP Xorazm viloyati Kengash raisi
Safarbayev Shavkat Xasanbayevich 1962 yil 13 iyunda Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug‘ilgan.
1986 yil Toshkent Politexnika institutini, 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - muhandis, iqtisodchi.
1986 yilda Xonqa don mahsulotlari kombinati nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika ustasi, 1989-1991 yillarda Shovot don mahsulotlari kombinati ustasi, Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika muhandisi, 1991-2002 yillarda un tegirmoni boshlig‘i, bosh muhandis lavozimlarida ishlagan.
2002-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan.
2003-2006 yillarda - “Shovot don mahsulotlari” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Issiq non” korxonasi direktori, 2006-2008 yillarda Xorazm viloyat hokimligi mutaxassisi, 2008-2009 yillarda Xorazm viloyati “Chorva va ozuqa” Bosh birlashmasi raisi, 2009-2016 yillarda Xorazm viloyati “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasi bo‘lim boshlig‘i, davlat unitar korxonasi direktori lavozimlarida ishlagan.
2016 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i va O`zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Manzil: Urganch shahri, A.Bahodirxon ko‘chasi, 183-uy.
Telefon: 0 362 - 228 - 82 - 45
Faks: 0 362 - 228 - 82 - 41
Elektron pochta: xz@uzlidep.uz