Fermerlarga qonunchilikdagi yangiliklar xususida maʼlumotlar berildi
13.02.2024, 09:05
Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandigi va farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Aktam Xaitov Yangibozor, Xonqa va Bog‘ot tumanlarida bo‘lib, fermerlar bilan dala shiyponida seminar o‘tkazdi.
Seminarda tumanlarda “Bir hudud - bir mahsulot” tamoyili asosida dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish borasidagi ishlar, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish tajribalari namoyish etildi.
Bunda Yangibozor, Xonqa va Bog‘ot tumanlari misolida dehqon xo‘jaliklarini sifatli urug‘liklar bilan taʼminlash, eksportchi - agregatorlar hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama etildi.
Taʼkidlash joizki, Yer kodeksi hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchaga ko‘ra, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarga 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi. Muloqot davomida qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining shu yil 1 fevraldagi dehqon xo‘jaliklari kooperatsiyasini rivojlantirishga oid qarorining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.
Spiker o‘rinbosari muloqotlar jarayonida hokim yordamchilari, mahalla raislari va tuman mutasaddilari bilan mahallalardagi kambag‘allikni qisqartirishda mazkur agroklaster imkoniyatlaridan foydalanish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, shu orqali ishsiz fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishini taʼminlash va daromadlarini oshirish lozimligi borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Mahallalardagi hokim yordamchilari bilan birga hamkorlikni yana-da kuchaytirib tomorqachilikni yana-da rivojlantirish, tomorqa xizmati klasteri qoshida o‘quv markazini ochish, tomorqachilikka qiziquvchi yoshlarni jalb etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring