O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dunyodagi 93 ta davlatdan 2500 dan ortiq xorijiy mehmon qatnashgan Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqini tinglar ekanman, mamlakatimizda investitsiya va biznes muhitini tubdan yaxshilash, bu yo‘ldagi to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun qatʼiy qadamlar tashlanayotganligiga, yurtimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirilayotganligiga yana bir marta ishonch hosil qildim.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda iqtisodiyotimiz qariyb ikki barobar o‘sdi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha bu o‘sish 6 foizni tashkil qildi. Inflyatsiya 9 foizgacha pasaydi. Savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari muttasil oshmoqda. Valyuta bozori va oltin-valyuta zaxiralari barqarorligi saqlab qolinmoqda.
Oxirgi yillarda mamlakatimizda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilganligi, xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘lari ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilinganligi ham eʼtiborga sazovordir.
Ayniqsa, xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinganligi, natijada 250 ta yirik korxonaning davlat ulushini va salkam 1000 ta ko‘chmas mulk obyektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) uchun yangi dasturni ham ishga tushirish imkonini berdi.
Eʼtiborlisi, tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etilganligi, endilikda yuqori reytingga ega tadbirkorlik subyektlari uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi kelgusidagi vazifalar yana-da keng qamrovli ekanligidan dalolat beradi.
Energetika yo‘nalishidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasini ijtimoiy va boshqa infratuzilma sohalarida ham keng tatbiq etishni rejalashtirgan bo‘lib, xususan, Xitoy, Fransiya hamda Arabistondagi bir qator kompaniyalar bilan zamonaviy tibbiyot muassasalarini qurish loyihalari ishlab chiqilayotganligi ham soha xodimlari uchun ayni muddao bo‘ladi.
Davlatimiz rahbarining ushbu Forumdagi nutqida O‘zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirish asosiy maqsad ekanligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida bir qator aniq takliflar ilgari surildi.
Iqtisodiyotda chuqur transformatsiya jarayonlarini, qulay investitsiya va biznes muhiti hamda sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymatni yaratishni izchil davom ettirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishga anjuman ishtirokchilarining eʼtibori qaratildi. 5 ta yo‘nalishdan iborat asosiy vazifalar belgilab olindi. “Yashil” energetika, bank-moliya sohasi, foydali qazilmalar, mamlakatimizning IT transformatsiyasi, transport infrotuzilmasini rivojlantirishga oid yo‘nalishlarda har bir soha bo‘yicha bajarilgan va amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar mujassam bo‘lgan.
Muxtasar qilib aytganda, Prezidentimizning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi va unda ilgari surilgan ustuvor maqsad va vazifalar, nafaqat biz mahalliy tadbirkorlar, balki kichik, o‘rta biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan sohaning barcha xodimlari va tegishli mutasaddilar uchun bugungi va kelgusidagi dasturulamal bo‘lib qolishi va shunga ko‘ra biz ham o‘z amaliy ishlarimizni davlatimiz rahbari bayon etgan tavsiya va ko‘rsatmalar asosida olib borish imkoni berishi bilan ahamiyatlidir.
Dilmurod Ahadov,
Buxoro shahridagi "CARMEN PLUS" tibbiyot markazi rahbari,
xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputati, partiya faoli
O'xshash yangiliklar
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
-
Ipakchilik sohasida bozor mexanizmlari joriy etilishi pillachilik istiqboli uchun xizmat qiladi
18.05.2024, 13:24
-
Uyda o‘tirgan holda daromadli bo‘lishni istaysizmi?
17.05.2024, 12:28
-
Samarqand shahri Qorasuv massividagi 1680 o‘rinli maktabning qurilish ishlari nega to‘xtab qolgan?
17.05.2024, 12:16
Fikringizni qoldiring