Partiya dasturi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining
IX S’ezdida (2019 yil 5 noyabr kuni) tasdiqlangan

 TADBIRKORLAR VA ISHBILARMONLAR HARAKATI – O‘ZBEKISTON LIBERAL-DEMOKRATIK  PARTIYASI DASTURI

“Bitta maqsad bizni birlashtiradi. U ham bo‘lsa, Vatan taraqqiyoti va xalqimiz farovonligidir”.

 “Betakror yurtimizga, olijanob xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – barchamizning eng sharafli va muqaddas burchimizdir”

Har bir mustaqil davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga ega bo‘lib, ularning haqiqiy yaratuvchisi va bunyodkori xalq hisoblanadi. Ushbu muqarrar haqiqatni O‘zbekistonning ko‘p asrlik  tarixi va mustaqil rivojlanishining so‘nggi davri, taraqqiyot, mustaqillik va davlat suverenitetini mustahkamlash, barqaror va jadal rivojlanayotgan, demokratik huquqiy davlatni, bozor iqtisodiyotini, yuksak ma’naviyatli, ma’rifatli, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, mamlakatimizning hozirgi va kelgusi avlodlari turmushining yuqori sifatini ta’minlash yo‘li yorqin tasdiqlaydi.

Mamlakatimizning eng yangi tarixi hamda jamiyat va davlat hayotining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarini liberallashtirish sohasida erishilgan ulkan yutuqlar shunday deb ta’kidlashga asos bo‘ladiki, O‘zbekiston xalqi mardlik va kuch-qudratga, bukilmas irodaga va qat’iyatga ega bo‘lib, ushbu olijanob maqsadga erishish yo‘lida har qanday qiyinchiliklar va sinovlarni yengib o‘tishga qodir. Barcha sohalardagi chuqur  islohotlar, jadal amalga oshirilayotgan liberal o‘zgarishlarning ustuvorliklari ularning asosida  siyosiy tizim, fuqarolik jamiyati, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi ta’minlanadigan, aholining turmush darajasi, siyosiy va huquqiy madaniyati o‘sadigan, davlat taraqqiyotining eng muhim tamoyili - «Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun» ekanligi mustahkam poydevorni hosil qiladi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O`zLiDeP) shuni ta’kidlaydiki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ustuvorliklari — real yangilanishlar dasturining faol amalga oshirilishi O‘zbekiston ongli ravishda qat’iy liberal islohotlar yo‘lidan borayotganidan, mamlakatning yangi qiyofasini shakllantirish g‘oyasiga sodiq ekanligidan guvohlik beradi.

Biz davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlarining Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish bo‘yicha xatti-harakatlarining amaliy birlashuvini qayd etmoqdamiz.  Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, chuqur ma’muriy islohotlarni amalga oshirish, sud-huquq tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish, sudlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish, millatlararo hamdo‘stlikni ta’minlash, puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli  va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish bo‘yicha tizimli va o‘zaro bog‘liq, bir birini taqozo etuvchi choralar amalga oshirilmoqda.

«Islohot islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun» tamoyilini hayotga joriy etish, aholi bandligi va real daromadlarini izchillik bilan oshirish, ijtimoiy soha, fuqarolar sog‘ligini saqlash tizimini  tubdan takomillashtirish, infrastrukturani takomillashtirish, fan va ta’lim sohasini rivojlantirish, oilani, davlat yoshlar siyosatini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Natijada bugungi kunga kelib O‘zbekiston dunyoning jadal rivojlanayotgan, gullab-yashnayotgan va barqaror mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda hukm surayotgan do‘stlik va hamjihatlik, uyg‘unlik va o‘zaro hurmat  muhiti, rivojlangan barg‘ikenglik va insonparvarlik madaniyati, millatlarararo va fuqarolararo do‘stlik — tinchlik va barqarorlik, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, xalqaro maydonda O‘zbekiston nufuzining o‘sishi, xalq orzu-umidlar va intilishlarini hayotga joriy etishning muhim omilidir.

O`zLiDeP shuni alohida ta’kdlaydiki, Harakatlar strategiyasi   mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning partiyaning VIII S’ezdida qabul qilingan Saylovoldi dasturiga asoslangan va ayni paytda, partiya uning qoidalari amalga oshirilishi uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga oladi, shu maqsadda o‘zining vakillik va ijro hokimiyati organlaridagi barcha imkoniyatlarini safarbar etadi. 2014-2019 yillarda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib chiqqan  va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ilgari surgan partiya sifatida Vazirlar Mahkamasining yaqin va olis istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturining amalga oshirilishi uchun ma’suliyatni to‘liq o‘z zimmamizga olamiz.

Hozirgi paytda bizning partiyamiz mamlakatning qudrati va salohiyatini mustahkamlash, tinch va bunyodkorona hayotni ta’minlashda ta’sirchan kuchga aylanmoqda, O‘zbekistonning gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘shmoqda. Biz bundan buyon ham o‘z dasturlarimiz, tashabbuslarimiz va amaliy ishlarimiz bilan odamlarning ehtiyojlari, xalq farovonligini yanada oshirish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilishga munosib hissa qo‘shmoqchimiz.

Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, barcha sohalarda  erishilgan marralarni hamda jamiyat va davlat rivojining ushbu bosqichi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning bajarilishini baholar ekan, O`zLiDeP o‘z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo‘yadi:  

Birinchidan. 2050 yilga kelib,  O‘zbekistonning dunyoning 50 ta rivojlangan, raqobatbardosh demokratik davlatlari qatoriga kirishini,  bunda uning jadal sur’atlar bilan va barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotli, “bilimlar iqtisodiyoti” va “axborot jamiyati”ning qudratli bazasi shakllangan  mamlakatga aylanishini ta’minlash.

O`zLiDeP o‘zining bor kuch va imkoniyatlarini xalqimizning farovon turmushini, gullab-yashnayotgan kelajagini ta’minlashga yo‘naltirilgan barqaror iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar va ekologik rivojlanish bo‘ycha o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga safarbar etadi.

Shunga ishonchimiz komilki, mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga faqat “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” tamoyilini izchil va so‘zsiz amalga oshirilishi orqali erishish mumkin bo‘ladi.

Ikkinchidan. Jamiyatning keng qatlamlari ongiga partiyaning siyosiy platformasini tashkil etuvchi liberal-demokratik g‘oyalari va qadriyatlarni yetkazish, uning saflarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan puxta o‘ylangan targ‘ibotni olib borish. Partiya g‘oyalariga sodiq bo‘lgan va saylovchilarning ishonchini qozongan nomzodlarni davlat hokimiyatining vakillik va ijro organlariga tayinlashiga faol ko‘maklashish.

O`zLiDeP – liberal-demokratik konsepsiya hamda jamiyat va davlat rivojlanishi ta’limotining tashabbuskori va tashuvchisidir. Partiya o‘zining liberalizm va demokratiyaning  umum tan olingan tamoyillariga sodiqligini tasdiqlaydi. Partiyamizning ochiq va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga asos bo‘ladigan, donishmand, bag‘rikeng xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar davomida o‘zining hayotiyligini ko‘rsatgan asosiy qadriyatlari – erkinlik, ma’suliyat, sabr-toqatlilik va imkoniyatlar tengligi, biz uchun o‘zgarmas bo‘lib qoladi. 

  Partiya nuqtai nazariga ko‘ra, mamlakatda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlarning bosh maqsadini inson, uning hayoti, or-nomusi, qadr-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlari tashkil etadi. Biz uchun shaxsning huquqlari va erkinliklari jamiyat va davlat manfaatlaridan ustun hisoblanadi. Bizning fikrimizcha, insonning individual huquqlari jamiyat va iqtisodiy tartibning huquqiy bazasi hisoblanadi va biz “Inson manfaatlari  hamma narsadan ustun” degan olijanob g‘oyani va tamoyilni izchillik bilan hayotga joriy etish, shaxsiy huquq va erkinliklar, shaxsning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlash tarafdorimiz.

Partiya nuqtai nazariga ko‘ra,  mulk – erkinlikning bosh sharti, eng muhim kafolati, insonning boshqa huquqlari manbai, fuqarolarning himoyalanishi asosidir. Siyosiy, ijtimoiy, madaniy erkinlikni iqtisodiy erkinliksiz tasavur etib bo‘lmaydi. Mol-mulk va mulkiy munosabatlar masalasi yangi ijtimoiy-siyosiy tizimni barpo etishda muhim o‘rin egallaydi. Davlat xususiy mulkdorning qonuniy huquqlarini himoyalashi, har kim o‘z mol-mulkini ko‘paytirish maqsadida ishlashi mumkin bo‘lgan sharoitlarni  yaratishi kerak. Bizning fikrimizcha, qayerdaki  jamiyat va davlat xususiy mulkni hurmat qilish tamoyillariga tayansa, o‘sha yerda – taraqqiyot, qayerdaki inkor etish ustunlik qilsa – orqaga ketish kuzatiladi.

Fuqarolik jamiyatining shakllanishi ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq, unda xususiy mulk yetakchi rol o‘ynaydi. Partiya tadbirkorlarning erkinligi, ularning ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning  iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishni yoqlaydi.

Partiyaning shunga ishonchi komilki, fuqarolik jamiyati, konstitutsiyaviy parlament demokratiyasi, erkin iqtisodiyot  ijtimoiy-siyosiy tizim uchun adolatli va barqaror asosni tashkil etadi. Biz uchun fuqarolik jamiyati bu erkin va qonunga itoatkor, qonun doirasida yashaydigan fuqarolardan tashkil topgan jamiyat bo‘lib, unda individual huquqlar kafolatlangan, hokimiyatning hukmronligi cheklangan va demokratik ma’suliyat bilan izohlangan bo‘ladi. Shunga ishonamizki, erkin bozor g‘oyalariga asoslangan iqtisodiyot mamlakatning yangilanishiga va modernizatsiyasiga ko‘mklashadi. Fikrimizcha, iqtisodiyot va xususiy sektor ustidan favqulodda va kuchli davlat nazorati teng ravishda siyosiy erkinlik uchun xavf tug‘diradi va davlatning har qanday harakatida demokratik ma’suliyat prinsiplariga hurmat saqlanishi kerak.

Uchinchidan.  Tadbirkorlar va ishbilarmonlar nomidan qudratli siyosiy kuchga birlashib, xalq hokimiyatining og‘zaki emas, amaliy kuchini ta’minlovchi mexanizmlarni mustahkamlash, parlament va jamoat nazoratining ta’sirchanligini ta’minlash.

 O`zLiDeP mulkdorlarning o‘rta sinfi, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillari, o‘zining tadbirkorligi va xususiy tashabbusni rivojlantirish evaziga xalq farovonligini oshirishga intiluvchi barcha fuqarolarning manfaatlarini ifodalab va himoya qilib, jiddiy siyosiy tajriba orttirdi. Partiya, eng avvalo, ushbu ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalaydi.

Bu –  odamlarning eng  ijtimiy  faol, iqtisodiy mustaqil toifasi bo‘lib, mamlakatimizning moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratish va ko‘paytirishda ulkan rol o‘ynaydi, shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining tayanchi va asosi, islohotlarga oid g‘oyalar tashuvchisi va amalga oshiruvchisi hisoblanadi. Bu – amaliy tashkilotchilik tajribasiga ega, o‘z qadamlarini oldindan mo‘ljallaydigan va ularning oqibatlari uchun ma’sul bo‘lgan odamlardir. Bu – avvalo, o‘z mehnati, irodasi va energiyasi bilan farovonlikka erishadigan, kelajagini yer bilan bog‘laydigan, o‘z taqdirini, farzandlari taqdirini Vatan taqdiridan ajratmaydigan, barqaror va kuchli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy muammolarning hal qilinishi, jamiyatda barqarorlik va hamjihatlikni mustahkamlash uchun ma’suliyatni his qiluvchi odamlardir.

O‘zbekistonning zamonaviy rivojlangan, demokratik davlatlari qatoriga kirishidan, xalq uchun munosib turmush sharoitlari yaratilishidan manfaatdor bo‘lgan ushbu keng ijtimoiy qatlam nomidan, partiya shuni ma’lum qiladiki, O‘zbekistondagi islohotlar muvaffaqiyati, mamlakatning taraqqiyot va farovonlik  sari harakatlanishi yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, Harakatar strategiyasi vazifalarni hal qilishga erishish uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor.

Biz demokratlashtirish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid yangi keng ko‘lamli vazifalar, innovatsion rivojlanishning hozirgi umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda davlat organlarining samaradorligi va ma’suliyatini oshirish tarafdorimiz.

 To‘rtinchidan. Ijtimoiy kafolatlar va shaxsiy javobgarlik g‘oyalari birikuviga asoslangan prinsipial jihatdan yangi ijtimoiy siyosatning yangi liberal modelini izchillik bilan hayotga joriy etish.

Bunday model eng kam ijtimoiy standartlar, aholining himoyasiz va nochor qatlamlarining manzilli ijtimoiy yordami joriy qilinishi, ijtimoiy dasturlar amalga oshirilishi, daromadlar, turmush darajasining saqlanishi, aholining ishga joylashuvi va bandligi, ijtimoiy soha tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlanishi, jamiyatda ijtimoiy nizolarning oldini olinishi, gendar siyosat va barqaror rivojlanish, yuvenal adliya ustuvorliklarining implementatsiya qilinishini ta’minlovchi samarali va ta’sirchan tizimning shakllanishini ko‘zda tutadi. 

Bunda davlat barcha uchun teng start imkoniyatlarini, inson rivojlanishi, barcha sohalarda iqtisodiy erkinlik va erkin raqobatni ta’minlash uchun qulay bo‘lgan hadli sharoitlarni yaratadi, “subsidarlik” tamoyiliga rioya qilinadi – fuqarolar ta’lim, tibbiyot, madaniyat, iqtisodiy imkoniyatlar kabi bazaviy ijtimoiy kafolatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  Ayni paytda iqtisodiy erkinlik va erkin raqobat jamiyatda ijtimoiy adolat va fuqarolik hamjihatligi prinsiplarining amalga oshirilishiga ko‘maklashadi. Xususiy mulk va bozorga erkin kirish imkoniyati har kimning ijtimoiy ma’suliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.

Beshinchidan. Jamiyatning  intelektual salohiyati  izchil va barqaror rivojlanishi, har bir fuqaro tomonidan o‘z qobiliyatlari va salohiyatini amalga oshirishi uchun keng sharoitlarni yaratish. 2050 yilga kelib, O‘zbekiston tomonidan inson rivojlanishining eng yuqori indeksiga ega davlatlar o‘rtasida (hayotning davomiyligi va darajasi, savodxonlik, ma’lumot va h.z. lar bo‘yicha)  munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlash.

Partiyaning fikricha, XXI asr – bu intellektual qadriyatlar ustunlik qiladigan asr bo‘lib, davlat taraqqiyoti faqat insonning intellektual salohiyatiga hamda fan va ta’limning so‘nggi yutuqlariga tayanishi mumkin. Shu nuqtai  nazardan jamiyatni intellektuallashtirish, fan va ta’lim, texnologiyalarning ildam rivojlanishi, mamlakatni modernizatsiyalash va zamonaviy jamiyat barpo etish, odamlarning munosib va sifatli turmush darajasini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan eng murakkab vazifalarni amalga oshirishga qodir yangi davr kadrlarini tayyorlash masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.

Biz “fuqarolarni butun umri davomida o‘qitish” modelini joriy etish, aholini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish masalasini qo‘yamiz.

Oltinchidan. Jamiyatda tinchlik va osoyishtalik, barqarorlik, bag‘rikenglik, millatlararo va fuqarolar totuvligini mustahkamlashga, davlatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining majburiy va zarur sharti sifatida  xavfsizlikka tahdidlarning oldini olishga ko‘maklashish.

Bizning ustuvorligimiz – erkin fuqarolik jamiyatining erkin fuqarosi ma’naviyatini doimiy ravishda takomillashtirish, o‘z huquqlarini biluvchi, har qanday boqimandalik ko‘rinishlariga qarshi bo‘lgan, o‘z kuchi va layoqatlariga ishonuvchi va ayni paytda jamoada yashashga qodir, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘zining mustaqil nuqtai nazariga ega bo‘lgan har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishdan iborat. Demokratiya, fuqarolik jamiyati, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga faqat inson ma’rifatli bo‘lsa, u nafaqat demokratiya ne’matlarning oddiy iste’molchisi, balki ularning faol yaratuvchisi va himoyachisi bo‘lgan holdagiga erishish mumkin.

Bizning fikrimzcha, hozirgi jadal o‘zgarib borayotgan davr, kengayib borayotgan globallashuv  insoniyat, ayniqsa, yoshlar oldida yangidan yangi ulkan imkoniyatlarni ochmoqda. Ayni paytda biz avval duch kelmagan yangi tahdidlar yuzaga kelmoqda. Buzg‘unchi kuchlar, hali ma’nan shakllanmagan, qat’iy hayotiy qarashlarga ega bo‘lmagan, ishonuvchan yigit va qizlarni o‘z ota-onasiga, yurtiga qarshi chiqishga undar ekan, amalda ularni halokatga yetaklaydi.

O`zLiDeP shuni ta’kidlaydiki, insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishining hozirgi bosiqchiga xos bo‘lgan o‘ta muhim xususiyat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal va shiddatli rivojlanishi, shuningdek ularning inson turmushining barcha sohalariga joriy qilinishi hisoblanadi. Asta-sekin yangi, axborot jamiyati shakllanmoqda. Axborot jamiyatining rivojlanishi davlatlarning barqaror iqtisodiy taraqqiyoti, fuqarolar turmushi sifatining oshishi, mamlakatlar va hududiy birlashmalarning izchil rivojlanishining ustuvorliklaridan va asosiy shartlaridan biri sifatida amal qiladi. Axborot tobora eng muhim strategik va iqtisodiy resursga, ommaviy iste’mol predmetiga aylanib bormoqda.

Ammo ushbu sohada yangi muammolar va tahdidlar yuzaga keldi. Ular tez sur’atda rivojlanib bormoqda va ular jahon axborot makoniniga jips  bog‘liqligi va bir-biriga qaramligi sharoitida ham alohida shaxsga, ham butun bir jamiyat va davlatlarga jiddiy zarar yetkazishga qodir. Tobora ko‘proq yoshlar “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siriga berilmoqda.

Bizning nuqtai nazarimiz – axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, davlat boshqaruvining elektron shaklini yaratish axborot xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni taqozo etadi. Biz jamiyatning, eng avvalo, yoshlar va xotin-qizlarning axborot sohasidagi turli muammo va tahdidlardan, jamiyatning ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarini yemirishga, o‘zbek xalqining avlodlari o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar buzilishiga qaratilgan  turli zararli ta’sirlardan samarali axborot-mafkuraviy himoyalanishini ta’minlash ishida faol ishtirok etamiz.

Yettinchidan. Erkin fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyalash, yigit va qizlarda Vatanga, o‘z xalqiga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, yoshlarning ijtimoiy faolligi, huquqiy madaniyatini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini, jismoniy tarbiya va sportni targ‘ib qilish ishlariga munosib hissa qo‘shish.

Hozirgi paytda mamlakat aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil etadi hamda XXI asrda O‘zbekiston va uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligini, aholi farovonligini ta’minlash hayotga jadal kirib kelayotgan mutlaqo yangi avlod – mamlakat mustaqilligi yillarida tarbiyalangan avlod salohiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Yoshlar adolatli ravishda o‘z zimmasiga Vatan kelajagi uchun ma’suliyatni olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunning hal qiluvchi kuchiga aylanmoqda. Biz yoshlarning ta’lim olishi, yangi bilimlarni, yangi ko‘nikmalarni egallashi, kundalik hayotda bilim va texnologiyalardan oqilona va samarali foydalanishi uchun, shuningdek yigit va qizlarning professional, ijodiy va xizmat pog‘onalaridan o‘sishi, o‘z bizneslarini tashkil etishi uchun barcha imkoniyatlarni, eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berishimiz zarur.

Partiya bundan buyon ham o‘z saflarida maqsadga intiluvchan, shijoatli, tashabbuskor yigit va qizlarni – yangi avlod vakillari, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi, izchil va jadal rivojlanayotgan, erkin va gullab-yashnayotgan demokratik davlatni barpo etish vazifalarini amalga oshirishga qodir yangi davr kadrlarini birlashtirishga yo‘naltirilgan  faol ishlarni olib boradi.

Sakkizinchidan. Parlament va xalq diplomatiyasi mexanizmlarini har tomonlama rivojlantirish orqali, mamlakat tashqi siyosatining bosh maqsadi va asosiy vazifasi – tinch, iqtisodiy gullab-yashnayotgan Markaziy Osiyoga erishish, mintaqani barqaror rivojlanish va yaqin qo‘shnichilik hududiga aylantirishni amalga oshirishga ko‘maklashish.

O`zLiDeP boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillariga asoslangan faol tashqi siyosatni amalga oshirish, yuzaga kelayotgan nizolar va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yo‘l bilan hal qilish, barcha xorijiy davlatlar va jahon hamjamiyati bilan konstruktiv muloqot va o‘zaro amaliy hamkorlik qilish, hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik tarafdoridir.

To‘qqizinchidan. Mamlakatning davlat va jamiyat rivojiga oid eng muhim tamoyili – “O‘zbekiston xalqiga tinchlik va xotirjamlik kerak” g‘oyasini izchillik bilan amalga oshirishga, mamlakat xavfsizligi va barqarorligi, xalq farovonligining eng muhim sharti sifatida mamlakat mudofaa layoqatini, Qurolli Kuchlarning salohiyatini har tomonlama mustahkamlashga            ko‘maklashish.

O‘zining dasturiy hujjatlarini ishlab chiqishda O`zLiDeP hozirgi dunyo murakkab va rang-barang, ziddiyatli va tezkor, xalqaro munosabatlarning butun tizimi o‘zgarishi, jahon iqtisodiyoti va siyosatida noaniqlik va beqarorlik omillarining kuchayishi bilan tavsiflanuvchi murakkab o‘tish davrini boshidan kechirayotganligidan kelib chiqadi hamda O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi yo‘lida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar va to‘siqlarga alohida e’tibor qaratadi.

Bu, avvalo, xalqaro munosabatlarda o‘zaro ishonch va hamkorlikka putur yetkazuvchi, qarama-qarshilikning kuchayishiga va nohalol raqobatga olib keluvchi geosiyosiy manfaatlarning to‘qnashuvidir. Bu – global iqtisodiy inqiroz, jahon bozorlaridagi beqarorlik, deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi energoresurslar narxlarining tushib ketishi, bir qator davlatlarda harbiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keluvchi tabiiy resurslar uchun kurash.

Bizning fikrimizcha, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va ayrim hududlarda vaziyatning keskinlashuvi migratsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keladi, jinoyatchilik, odam savdosi, terrorchilik, ekstremizm, narkotrafik  ko‘payishiga va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishga sabab bo‘ladi.

Biz sanab o‘tilgan xavfsizlikka tahdidlarga, shuningdek, poraxo‘rlik, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik kabi illatlarga qarshi kurashamiz, zero ular davlat hokimiyatini obro‘sizlantiradi, iqtisodiy o‘sishga va tadbirkorlik rivojiga to‘sqinlik qiladi.

Sanab o‘tilgan asosiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib, shuningdek yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va tahdidlarni e’tiborga olib, partiya o‘zining strategik va taktik vazifalarni belgilaydi. Biz Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi bo‘lgan mamlakatning 2050 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqamiz va bosqichma bosqich amalga oshiramiz.

 

PARTIYANING DAVLAT VA JAMIYAT QURILISHINI TAKOMILLASHTIRISH SOHASIDAGI VAZIFALARI

 

Biz - parlamentarizmni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash tarafdorimiz.

Partiyaning fikricha, davlat hokimiyatini qonunchilik, ijro va sud hokimyatiga bo‘linishi prinsipi, ularning mustaqilligini va real ekinligini  ta’minlash, ular o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va tizginlash bo‘yicha samarali mexanizmlarni shakllantirish demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatining asosiy sharti hisoblanadi.

Shunga qa’tiy ishonamizki, xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak. Davlat hokimiyati xalq manfaatlari yo‘lida ish olib borishi, uning siyosiy irodasini ifodalashi kerak, kuchli va samarali faoliyat yurituvchi parlament, rivojlangan ko‘p partiyaviy tizim, g‘oyalar kurashi haqiqiy xalq hokimiyatining garovi va ifodasi  hisoblanadi. Davlat faqat o‘z fuqarolariga xizmat ko‘rsatish vositasidir va uning har qanday harakati demokratik parlamentarizm va jamoatchilik nazorati tamoyilini hurmat qilishi lozim.

Parlamentarizmni rivojlantirish, xalq hokimiyatini mustahkamlash sohasida partiyaning asosiy tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi:

hokimiyat tarmoqlari bo‘lishga oid konstitutsiyaviy tamoyilning izchil amalga oshirilishi, ular o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va tizginlash bo‘yicha samarali tizimni yaratish, parlamentarizmni har tomonlama rivojlantirish va kuchaytirish, mamlakatning siyosiy tuzilmasida vakillik deputatlik organlarining roli va ahamiyatini oshirish, ko‘p partiyaviylik tizimini va partiyalararo raqobatni mustahkamlash;

markazda va joylarda qonunchilik va vakillik hokimiyatining rolini, vakolatlarini kuchaytirish, qonunlarning ijrosi va ijro hokimiyati, sud idoralari, huquq-tartibot va kuch ishlatuvchi tuzilmalar faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmini yaratish; 

qonunchilik faoliyati sifatini tubdan oshirish, qabul qilinayotgan qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirish, idoraviy hujjatlar sonini keskin qisqartirish, aholi va ijrochilarga qonunlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazish;

barcha darajadagi xalq deputatlari Kengashlari faoliyatini takomillashtirish, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining ular oldidagi hisobdorlik tizimini joriy etish, fraksiyalar va deputatlik guruhlarining vakillik hokimiyat organlaridagi rolini kuchaytirish, qonunni bajarmaslikning har bir fakti bo‘yicha aniq huquqiy ta’sir chorasini qabul qilish.

Partiya ustuvorliklari orasida – joylardagi davlat hokimiyai organlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalasi bor. Xususan, biz istiqbolda mahalliy hokimlarning bevosita xalq tomonidan saylanishi tarafdorimiz. Shuningdek, biz mahalliy budjetlarni shakllantirishda davlat hokimiyati organlari vakolatlarini kengaytirish, hududlarning barqaror kompleks rivojlantirishda ularning ma’suliyatini kuchaytirish, aholining real daromadlari, turmushi darajasi va sifatini oshirish tarafdorimiz.

Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish – islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va xalq farovonligini ta’minlash garovidir.

Shunga ishonchimiz komilki, davlat boshqaruvi tizimining samarali va sifatli amal qilishini ta’minlash, joylardagi davlat boshqaruvi organlari va ijro hokimiyati organlarining uyushgan holda harakatlanishini ta’minlash – bu innovatsion rivojlanish bo‘yicha zamonaviy tendensiyalarni va jahon standartlarini hisobga olgan holda Harakatlar strategiyasida qo‘yilgan jamiyatimiz va davlatimizni yanada rivojlantirish bo‘yicha maqsadli vazifalarga erishish garovidir.

Partiya  quyidagilarni ko‘zda tutuvchi, davlat boshqaruvi tizimini izchil isloh qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi:

vertikal boshqaruv tizimi va ijro hokimiyati organlari o‘zaro hamkorligining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, samaradorligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllarni, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarning joriy etish;

davlat boshqaruvining detsentralizatsiyasi, bir qator vakolatlar, funksiyalarni markaziy hokimiyat organlaridan mahalliy hokimiyat organlariga berish;

iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishini, uning tarmoqlariga ma’muriy ta’sirni bosqichma bosqich qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, ko‘p sonli tekshiruv, nazorat qiluvchi tuzilmalarni izchillik bilan qisqartirish, davlat tuzilmalarining xo‘jalik, iqtisodiy aloqalar sohasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashuvi imkoniyatini bartaraf etish. Partiya xalqaro liberal-demokratik harakatning “davlat aralashuvining kamligi – ko‘proq xususiy, fuqarolik tashabbusi” va “davlat – jamiyatni rivojlantirish va modernizatsiya qilish harakatlantiruvchisi” kabi tamoyillarga amal qiladi;

professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti  darajasini oshirish, ijro hokimiyati organlari tizimida poraxo‘rlikka qarshi kurash, rasmiyatchilik ko‘rinishlarini va boshqa salbiy holatlarni bartaraf etish;

mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan davlat-xususiy hamkorlikka oid zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid axborot berishning zamonaviy shakllarini joriy etish;

“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik sub’ekti uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish va h.z.

Fuqarolik jamiyati shakllantirilishi muvaffaqiyati – jamiyat boshqaruvi tizimini mustahkamlashda.

Partiyaning fikricha, faqat unda inson va fuqarolar birlashmasi fikri davlat tuzilmalari fikridan ustun bo‘ladigan, davlatga cheklangan rol ajratiladigan, ko‘proq fuqarolik tashabbuslari va erkinliklari amal qiladigan fuqarolik jamiyati sharoitida millatning haqiqiy gullab-yashnashiga erishish mumkin bo‘ladi. Bu esa shuni anglatadiki, boshqaruv funksiyalari asta-sekin xalqning o‘ziga, jamoat birlashmalariga, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga beriladi, ya’ni O‘zbekistondagi davlat va jamiyat qurilishining asosiy tamoyillaridan biri – “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari”  amal qila boshlaydi. 

Bunda davlatning bosh vazifasi strategiyani belgilash va uning amalga oshirilishini nazorat qilishdan iborat bo‘lib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan faqat eng muhim umummilliy funksiyalar: mudofaa, davlat xavfsizligi, tashqi siyosat, valyuta-moliya va soliq tizimlarini shakllantirish, qonunlarning qabul qilinishi amalga oshiriladi. Davlat, eng avvalo, tadbirkorlik erkinligi, bozor, raqobatning faol himoya qilinishi, har qanday shakldagi monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik, mulkdorlar, tadbirkor-novatorlar safini kengaytirish uchun ma’suldir. 

Partiyaning fikricha, O‘zbekistonning kelajagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari – fuqarolik jamiyati poydevori bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir, deb hisoblaydi. Ularning faoliyatini har tomonlama yaxshilash – to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiyaning asosiy yo‘lidir. Biz, ijtimoiy boshqaruvda mahalla faoliyatining ahamiyati va samardorligini oshirish, uni aholiga o‘ta yaqin xalq tuzilmasiga, xalqqa amaliy yordam va ko‘mak ko‘rsatuvchi fuqarolik jamiyatining eng yetuk, ta’sirchan institutiga aylantirish  tarafdorimiz.

Bizning ustuvorliklarimiz – quyidagilarda mahallalar nufuzi va ahamiyatini yanada oshirish: o‘zaro hurmat, mehr-muhabbat, jamiyatning hamjihatligi muhitini shakllantirish; yoshlarni ma’naviy rivojlangan va jismoniy sog‘lom shaxslar qilib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan asrash, aholining nochor qatlamlarini, katta avlod vakillarini  ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash; jamoat tartibi va xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarni erta oldini olish, fuqarolarda qonunga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish.

Shunga ishonchimiz komilki, fuqarolik jamiyatining asosiy maqsadi – ularning millati, e’tiqodi, irqi, qarashlari va nuqti nazaridan qat’iy nazar, mamlakatimizda istiqomat qiluvchi har bir insonning manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qila turib, qobiliyatlari va iqtidorini namoyon etish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Partiya har doim ushbu maqsadni amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashadi.

Partiyaning shunga ishonchi komilki, haqiqiy demokratiyaning oliy maqsadi – bu shaxslararo, millatlararo, davlatga oid va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishdan iborat, toki inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati do‘stlik va hamjihatlik muhitida yashaydi. Fuqarolik jamiyatini barpo etishda asosiy o‘rinni jamiyatning o‘zi egallashi kerak.

Partiya, fuqarolarga turli tuman, o‘z huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha ularning manfaatlariga javob beradigan shakllarini ta’minlaydigan nodavlat notijorat tashkilotlarining keng tarmoqli tizimini shakllantirishga, jamiyat hayotida va davlat boshqaruvida ongli va ma’suliyatli ishtirokini amalga oshirishga  ko‘maklashishni o‘zining eng muhim vazifalaridan biri deb hisoblaydi.

Biz veteranlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtiroki uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish sohasida NNT lar faoliyatini yanada takomillashtirish  tarafdorimiz. Bizning ustuvorligimiz – jamiyatda, oilalarda va mahallalarda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlashda, shuningdek O‘zbekiston yangilanishi va rivojlanishida  katta avlod, NNTlar rolini oshirishdan iborat. Biz yoshlarni xalqimizning asriy an’alari, jumladan, Vatanga muhabbat, katta avlod vakillariga hurmat, mehr-oqibat ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan jamoatchilik faoliyatiga oqsoqollar, katta yoshlilar va veteranlarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratamiz.

Biz davlat organlarining xalq, NNTlar bilan muloqotining samarali mexanizmlari joriy qilinishi, fuqarolar murojaatlari bilan bog‘liq ishlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish tarafdorimiz. Zero, bu sansalorlik va ma’suliyatsizlik holatlarining oldini olish, biron bir murojaat javobsiz qolmaydigan tizimni yaratish imkonini beradi. Biz, eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish, aholining turli qatlamlari huquq, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda qonunchilikni, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali huquqiy mexanizmlarini yaratish bo‘yicha choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz o‘rta sinf, mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini jonlantirish, ularning kuch va imkoniyatlarini hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid hayotiy muhim ahamiyatga ega muammolarini hal qilish, qishloqlarda turmush sharoitini va ularning qiyofasini yaxshilashga qaratilgan uzoq  muddatli dasturlar va loyihalarni amalga oshirishga  alohida e’tibor qaratamiz.

Axborot sohasini erkinlashtirish – jamiyatni haqiqiy demokratlashtirish garovi.

Partiyaning fikricha, demokratik jamiyatni matbuot erkinligi, o‘z irodasini ifodalash erkinligi, tanlash erkinligisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shunga ishonchimiz komilki, ommaviy axborot vositalarining amalda to‘rtinchi hokimiyatga aylanishi, milliy media-makonda fikrlar va qarashlar xilma xilligini ta’minlash, har bir OAVni muloqot uchun haqiqiy maydonga, fikrlarni erkin ifodalash minbariga aylantirish – mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish garovidir.

Partiyaning eng muhim ustuvorligi – OAV rolini yanada mustahkamlash, ular uchun qonunchilik, moddiy-texnik, o‘quv-uslubiy nuqtai nazardan yanada keng imkoniyatlarni yaratish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilishdan iborat. Biz bunda, O‘zbekiston rivojlanishining hozirgi bosqichida so‘z va axborot erkinligi, amalga oshirilayotgan islohotlarning oshkoraligi va shaffofligini ta’minlovchi demokratik islohotlarning amalga oshirilishini ko‘rmoqdamiz.

Ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining o‘zagiga aylanish kerak. Biz zamonaviy milliy jurnalistika maktabini shakllantirish, davr talabiga javob beradigan, yuqori ma’naviy va intellektual salohiyatga, o‘z so‘zi uchun ma’suliyat tuyg‘usiga, qat’iy fuqarolik pozitsiyasi va ma’naviy jasoratga ega  malakali kadrlarni tarbiyalash tarafdorimiz.

Biz uchun haqiqiy jurnalistlar – OAV sahifalarida rivojlanish yo‘lidagi to‘siqlarni, avvalo, rasmiyatchilik, befarqlik, g‘arazgo‘ylik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarni  bartaraf etish masalalarini dadil yoritadigan, ular uchun   bunday illatlarga murosasiz ijtimoiy fikrni shakllantirish burchga va hayotining ma’nosiga aylangan  insonlardir. Partiya, ular orqali ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning o‘tkir muammolarini ko‘tarish, odamlarni tashvishlantiruvchi barcha masalalarni jamoat muhokamasiga qo‘yish, hokimiyat va boshqaruv tuzilmalari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga tanqidiy  va xolis baho berish niyatida.

Bizning ustuvorligimiz – turdosh oliy o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarni takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy darajasi va malakasini oshirish, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat tuzilmalari, fuqarolik institutlari, ekspertlar hamjamiyati, xorijiy va xalqaro ijodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.

 Partiya, bozor murosabatlari va adolatli raqobatni rivojlantirish uchun axborot maydonida, mulkchilik shakli, tiraji, mavzuli yo‘nalishi, axborot organidan qat’iy nazar, uning barcha ishtirokchilariga rivojlanish uchun shart-sharoitlarni yaratish zarur, deb hisoblaydi. Partiya OAVlarning iqtisodiy mustaqilligi, erkinligini mustahkamlash, ularning faoliyatiga zamonaviy raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini izchil joriy etish, jurnalistlarning kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirishni ustuvor vazifa, deb hisoblaydi. Partiya media-bozorda yirik, raqobatbardosh, moliyaviy barqaror media-tuzilmalar, shuningdek nodavlat media-guruhlari paydo bo‘lishi yo‘lida chora-tadbirlar majmuasi qabul qilinishi tashabbusini ilgari suradi. Bu – jamiyatni haqiqiy demokratlashtirish garovidir.

Partiya, shuningdek jamiyatni, eng avvalo, yoshlarni samarali axborot-mafkuraviy himoya qilishda, jamiyatning ma’naviy va ahloqiy qadriyatlariga  zarar yetkazishi, o‘zbek xalqining avlodlari o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalarni buzish mumkin bo‘lgan har qanday aktlarga qarshi turishda  faol  ishtirok etadi.

 

II. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh VA SUD-HUQUQ TIZIMINI YaNADA ISLOH QILISh SOHASIDA PARTIYaNING VAZIFALARI

 

Partiya, liberal-demokratiyaning umum tan olingan qadriyatlariga sodiqligini ifodalab, shuni ta’kidlaydiki, inson huquqlari bo‘linmas va unversaldir, erkinlik va shaxsiy ma’suliyat madaniy fuqarolik jamiyatinig asosi hisoblanadi. Bunda huquq va majburiyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, har bir fuqaro jamiyatning boshqa a’zolari oldida ma’nan mas’ul  hisoblanadi.

Partiyaning diqqat markazida qonun ustuvorligi bo‘yicha konstitutsiyaviy tamoyilni amalga oshirish, uning barcha fuqarolar uchun majburiyligi, shu asosda inson manfaatlari, uning huquq va erkinliklarini eng muhim qadriyat sifatida tasdiqlash masalalari turgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Zero, bu  demokratik huquqiy davlatning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Partiya bundan buyon ham sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, sud,  huquq-tartibot va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining adolatli sudlovga ishonchini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash va jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini ishga soladi.

Bizning eng muhim ustuvorligimiz – sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, sud nufuzini oshirish, sud tizimni demokratlashtirish va takomillashtirishdan iborat. Mustaqil sud hokimiyati, ishni sudda ko‘rib chiqish va jazoning adolatliligi va insonparvaligini ta’minlash – inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishining garovi, huquqiy davlatni shakllantirish va jamiyatni demokratlashtirish, qonun ustuvorligiga erishishning eng muhim shartidir. Haqiqatdan mustaqil va ta’sirchan sud-huquq tizimisiz erkin fuqarolik jamiyatini barqaror rivojlantirishga erishib bo‘lmaydi.

Biz quyidagilarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan kuchli parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatamiz: sud hokimiyatining mustaqilligi va adolatli sudlovni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatga aralashganlik uchun javobgarlik muqarrarligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy me’yorlarga so‘zsiz amal qilish; adolatli sudlovdan foydalanish darajasini oshirish; nomzodlarni tanlash va lavozimga tayinlash, sudyalarni tayyorlash va malakasini oshirish;  iqtisodiy va ma’muriy sudlarning yangi tizimini shakllantirish; «Xabeas korpus» instituti qo‘llanilishi sohasini kengaytirish va h.z.

 Biz fuqarolar huquq va erkinliklari himoyalanishi kafolatlari, adolatli sudlov, uzil-kesil va barqaror sud qarorlarining qabul qilinishi, bir-birini takrorlovchi vakolatlar va instansiyalar qisqartirilishi tarafdorimiz. Biz uchun adolatli sudlov, jinoiy ishda ayblanayotgan shaxs biron bir siyosiy ta’sirdan xoli bo‘lgan tezkor va oshkora adolatli sudlov va xolis hukm chiqarilishi huquqiga ega bo‘lishini taqozo etadi.

O`zLiDeP jinoiy protsessga katta ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan ishlar bo‘yicha ularni sudgacha va sudda ko‘rib chiqishga doir soddalashtirilgan tartibni joriy qilish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlari qo‘llanilishini kengaytirish borasidagi xatti-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu ishni sudda ko‘rib chiqilishi tezkorligi va sifatini oshirish, sud ishlari bo‘yicha qaror qabul qilish muddatlarini asossiz cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik va jinoiy protsessda sudlarning rolini kuchaytirish, fuqarolik-huquqiy munosabatlar barqarorligini ta’minlash garovidir.

Shunga ishonchimiz komilki, sud faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini kuchaytirish, ularning faoliyatiga elektron hujjat aylanishini keng joriy qilish, sudyalarning o‘z faoliyati haqida xalq deputatlari Kengashlarida hisobot berishi amaliyotini kiritish, mahalla, korxona va tashkilotlarda sayyor sud yig‘ilishlari o‘tkazilishi amaliyotini kengaytirish – adolatli sudlovni ta’minlashning eng muhim shartidir. Bu sud,  huquq-tartibot va nazorat organlari faoliyatida fuqarolar huquq va erkinligini ishonchli himoyalashga, fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishiga, sansalorlik, rasmiyatchilik va murojaatlarni ko‘rib chiqishga loqayd munosabat holatlariga yo‘l qo‘yilishi uchun javobgarlikning muqarrarligiga, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha barcha zarur choralarning qabul qilinishiga yordamlashadi.

Partiya ma’muriy, jinoiy, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligi me’yorlarining yanada takomillashtirilishi va liberallashtirilishi, ayrim jinoiy harakatlarni kriminallikdan xoli qilish, jinoiy jazolarni  va ularning ijro tartibini insonparvarlashtirish, hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning eng muhim vazifalari sifatida jazo tizimining repressiv, jazolovchi funksiyalarini toraytirish va qisqartirish tarafdori. Jinoiy va fuqarolik sud jarayonida shaxs unga o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilish imkonini beradigan kafolatlangan huquqlar majmuasiga ega bo‘lishi kerak.

Huquqiy nizolarni tartibga solishning muqobil, suddan tashqari shakllarini rivojlantirish, ular bo‘yicha sudgacha tartibga solish majburiy hisoblanadigan ishlar toifasini kengaytirish – islohotlarning ushbu bosqichida huquqiy davlat qurishnig eng muhim vazifasi bo‘lib qolmoqda. Biz tadbirkorlar, fermerlar va ishbilarmon odamlarning huquq va manfaatlarini ishonchi ta’minlash maqsadida qonunchilik me’yorlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining yuridik ma’suliyati tizimini erkinlashtirish tarafdorimiz.

Partiya uchun eng muhim ustuvorlik – jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish va samaradorligini ta’minlash, diniy ekstremizm, terrorchilik va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurash, poraxo‘rlikka qarshi turish va poraxo‘rlikka qarshi yo‘naltirilgan choralarning samaradorligini oshirishning huquqiy va tashkiliy-amaliy choralarini kuchaytirishdan iborat. Partiyaning fikricha, sud-huquq islohotlari doirasida sud-huquq organlari uchun qonunchilik yo‘li bilan shunday vakolatlar hajmini belglab qo‘yish zarurki, toki bu fuqaroning huquqlari, manfaatlari va shaxsiy qadr-qimmatiga qat’iy rioya qilinishini, sodir etilgan jinoyat uchun jazo muqarrar bo‘lgani holda amalda aybsizlik prezumpsiyasining amalga oshirilishini  kafolatlasin.

O`zLiDeP jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquq-tartibot organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholini mamlakatda jinoyatchilik, giyohvandlik, ekstremizm hamda jamoaviy xavfsizlik va barqarorlikka boshqa tahdid va da’vatlarga qarshi kurashga faol jalb qilinishiga ko‘maklashadi.

Partiyaning muhim vazifalari qatorida fuqarolarning huquqiy bilimlari, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash, ushbu yo‘nalishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorligini tashkil qilish kabilarni sanab o‘tish mumkin.

Bizning ustuvorligimiz – sudlarning xolisligi, sud-huquq tizimida qonuniylikni mustahkamlash, sud protsessi tomonlarining tortishuvchanligi va teng huquqliligi, tamoyilarini har tomonlama amalga oshirish, advokatura institutini yanada rivojlantirish, jinoiy, fuqarolik, ma’muriy va xo‘jalik ishlarida advokatning rolini oshirish tashkil qiladi. Shuningdek, ustuvorliklarimiz orasida – yuridik yordam va xizmatlar ko‘rsatilishi tizimini takomillashtirish, davlat organlari yuridik xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish, notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish idoralari tizimini isloh qilish ko‘zda tutilgan.

O`zLiDeP huquq-tartibot va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini samarali rejalashtirish va natijalarini tahlil qilish, tizimli tartibbuzarliklarni  aniqlash va sabablarini bartararaf etish, sud, huquq-tartibot va nazorat organlari xizmatchilarini o‘qitish, tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish, ularning rotatsiyasi masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

Partiya ichki ishlar organlari tizimidagi tub islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz quyidagilar tarafdorimiz: ichki ishlar organlarini ularning  faoliyati, eng avvalo, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi, huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan professional xizmatga aylantirish; kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; ularning moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash va faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish; aholi bilan tizimli manzilli muloqot o‘rnatish.

Bizning fikrimizcha, huquq-tartibot va nazorat organlari xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo‘yicha idoraviy nazorat mexanizmlarining mustahkamlanishi, shuningdek ularning faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish sud-huquq tizimida qonuniyliyni ta’minlashning zarur sharti hisoblanadi.

Ishonchimiz komilki, sud-huquq tizimida, va umuman, jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashda prokuratura organlari alohida o‘rin egallaydi.  Partiya prokuratura organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan, shu jumladan, qonuniylik holatini tizimli tahlil qilish, huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning sabablarini va shart-sharoitlarini bartaraf etish, huquqbuzarliklar sodir etilish sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, tadbirkorlikni va  hududlarning kompleks rivojlanishini hartomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarning amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

III. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA ERKINLASHTIRISH BO‘YICHA PARTIYANING VAZIFALARI

 

Raqobatbardosh iqtisodiyot – qudratli davlat va gullab-yashanayotgan jamiyat.

Partiyaning nuqtai nazariga ko‘ra, iqtisodiy siyosatning bosh vazifasi – odamlar turmushi sifati va farovonligini, mamlakat va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdir. Makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, barcha darajalarda Davlat budjetining muvozantlanganligiga erishish, qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni shakllantirish,  mamlakat iqtisodiyotining yetakchi kuchi –  tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash orqali makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlarini saqlash biz uchun har doim strategik ahamiyatga ega bo‘ladi.

Biz shunday fikrga asoslanamizki, yuqori o‘sish sur’atlari – bu yagona maqsad emas. Eng muhim vazifalar sirasiga milliy iqtisodiyotning muvozantalanganligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish,  iqtisodiyot sektorlari va sohalari raqobatbardoshligini oshirish, ularni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini kengaytirish, investitsiyaviy faollikni kuchaytirish kiradi.

Partiya iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ma’muriy tartibotlarning oshkoraligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyotga, mablag‘larning bankdan tashqari aylanmasiga barham berishga qaratilgan soliq-budjet siyosati yuritilishi taraforidir.

Bizning ustuvorligimiz – soliqqa tortish bazasini kengaytirish orqali  iqtisodiyotga va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq yuklamasini kamaytirishni davom ettirish,  soliq solish tizimini soddalashtirish,  soliq ma’muriyatchiligi va nazoratining zamonaviy usullarii joriy qilish, bir xil soliq solish ob’ektlariga ega bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni birlashtirish, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilishdan iborat.

Biz zamonaviy AKT ni va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil usullarini soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga keng joriy qilish, soliq to‘lovchilar, tadbirkorlik sub’ektlariga   muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish, alohida individual tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalarini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ishonchimiz komilki, soliq siyosatining ustuvorligini aynan soliq tartibbuzarliklarining profilaktikasi tashkil etishi kerak.  Bunga quyidagilar orqali erishiladi: soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish; soliq monitoringi va nazoratini amalga oshirishning zamonaviy usullarini joriy qilish; soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama ko‘maklashish; halol soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirish, shu jumladan, ish o‘rinlari, mehnatga haq to‘lash fondini qonuniylashtirish va h.z. choralarni joriy etish. 

Biz faoliyat yuritmayotgan korxonalar faoliyatini tiklash, past rentabelli va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarning moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o‘zaro hisob surishish mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzdorligi o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, halol soliq to‘lovchilarga – vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga “soliq ta’tillarini” berishga yo‘naltirilgan soliq siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bizning ustuvorligimiz – Davlat budjetining muvozantliligiga erishish, tarmoqlar va hududlarning  muvozanatli rivojlanishi hisobidan ijtimoiy muammolarni hal qilinishini ta’minlovchi mahalliy budjetlarning daromad bazasini kengaytirishdan iborat. Bizningcha, tumanlar va shaharlarda mahalliy budjetlarning imkoniyatlarining kengaytirilishi ushbu hududlardagi aholining turmush sharoitini yaxshilashga va darajasini ko‘tarishga, umuman – barqarorlik va farovonlikka xizmat qilishi kerak. Bu hududlarning jadal va kompleks rivojlanishining zarur sharti hisoblanadi.

Biz moliyaviy bozorning barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan mo‘‘tadil qat’iy pul-kredit siyosatini yuritishbank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini, banklar kapitalizatsiyasini va depozit bazasi darajasini ta’minlash, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash tarafdorimiz. Biz uchun bank sektorida islohotlarni chuqurlashtirishdan ko‘zlangan eng muhim maqsad – aholining bank tizimiga ishonchini oshirish, jamg‘armalarni va ularning investitsiyalarga o‘tkazilishini rag‘batlantirishdir. Amaliyotga mamlakat tijorat banklarining investitsiyaviy imkoniyatlarini mustahkamlash bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni joriy etish, istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarni kreditlashni rag‘batlantirishni davom ettirish zarur.

Partiya o‘z e’tiborini banklar investitsion jarayonlarning asosiy bo‘g‘iniga, ularning rivojlanishidan manfatdor bo‘lgan  korxonalar va tadbirkorlik tuzilmalarining haqiqiy sheriklariga aylanishiga qaratadi. Biz tadbirkorlik sub’ektlari va aholining keng qatlamlari uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatini, yangi ro‘yxatdan o‘tgan xususiy tadbirkorlar va yuridik shaxsni tashkil etmaydigan oilaviy biznes sub’ektlari uchun kreditlar ajratilishining soddalashtirilgan mexanizmini joriy qilish ishlarini  qat’iy parlament va deputatlik nazorati ostiga olamiz.

Bizning fikrimizcha, banklar bilan bir qatorda bozor infratuzilmasining boshqa institutlari - konsalting, marketing, injiniring, lizing, sug‘urta xizmatlari va boshqa moliyaviy xizmatlar ularning yangi turlarini joriy etish va sifatini oshirish hisobidan, shuningdek, sarmoyani jalb qilish va korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining bo‘sh resurslarini joylashtirish bo‘yicha muqobil manba sifatida   fond bozorlari rivojlanishi kerak.

Biz mamlakatda faqat bozor mexanizmlari asosida faoliyat yuritadigan valyuta bozori shakllanishi, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyuta kursini belgilashda faqat bozor mexanizmlaridan foydalanish tarafdorimiz. Biz barcha banklarning xorijiy valyutani sotib olish va sotish bo‘yicha valyuta birjasi savdolarida erkin ishtirok etishi, shuningdek mijozlar tomonidan o‘z valyuta mablag‘larini  biron bir cheklovsiz tasarruf etishi tarafdorimiz. Biz valyuta resurslaridan foydalanishda bozor vositalarining rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, eksportni rivojlantirishda valyuta siyosatining  rag‘batlantiruvchi rolini oshirish, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash tarafdorimiz.

Bizningcha, valyuta siyosatini erkinlashtirish sharoitida mijozlarning xorijiy valyutaga va kredit portfeli, depozit bazasi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibidagi sifat o‘zgarishlariga bo‘lgan talabini qondirishda  bank tizimining barqarorligini ta’minlash,  ehtimoliy tavakkalchiliklarni nazorat qilishning  zaruriyati alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munsabat bilan O`zLiDeP  tijorat banklarining kapitallashuvi darajasini saqlashda davom ettirish, prudensial nazoratni kuchaytirish, valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha bo‘lajak salbiy oqibatlarni neytrallashtirish, o‘z ichiga bo‘lajak bank tavakkalchiliklaridan ogohlantirish bo‘yicha bank nazorati va monitoringiga oid  qator vositalarni joriy qilish,  ilg‘or xalqaro standartlarni hisobga olish asosida ularni baholanishi nazorat qilishga qaratilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shunga ishonchimiz komilki, valyuta siyosatining liberallashtirilishi o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

O`zLiDeP tashqi savdo faoliyat sohasini yanada takomillashtirish, yetakchi xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni kengaytirish, tashqi qarzlar bo‘yicha puxta o‘ylangan siyosatni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanishni yoqlaydi.

Biz  mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, zamonaviy eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini oshirish, mamlakatning raqobatbardosh mahsulotini tashqi bozorlarga chiqarish tizimini takomillashtirish, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan xorijiy hamkorlar o‘rtasida savdo sohasida uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Bizning ustuvorliklarimiz orasida – eksportni rag‘batlantirish, qulay moliyaviy-iqtisodiy va bojxona sharoitlarini yaratish, yangi transport yo‘laklarini shakllantirish orqali uning nomenklaturasi va geografik makonini kengaytirish kabi vazifalar bor.

Qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit – mamlakat va uning iqtisodiyotining jadal va barqaror rivojlanishini garovidir.

O`zLiDeP nuqtai nazariga ko‘ra, xususiy mulk huquqi va kafolatlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo‘lida to‘liq erkinlik berish, amalda “Odamlar qanchalik boy bo‘lsa – davlat shunchalik qudratli bo‘ladi” degan tamoyilni amalga oshirish – mamlakat iqtisodiy tizimini liberallashtirishning eng muhim yo‘nalishidir. Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini yanada kuchaytirish, biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish sohasida davlat siyosatining sifat jihatidan yangi darajasiga o‘tish – bu mamlakat rivojlanishining dinamik va barqaror rivojlanishga o‘tishi, iqtisodiyoti raqobatbardoshligini ta’minlashning zaruriy shartidir.

Mamlakatdagi keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar mantig‘i va izchilligi, ularning zamonaviy talablarga, bozor me’yorlariga mosligini baholash iqtisodiyotni boshqarish tizimini takomillashtirish va liberallashtirishni, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, mamlakat iqtisodiy qudratini oshirishda xususiy sektor rolini kuchaytirishni taqozo etadi. Shunga ishonchimiz komilki, xalq farovonligi, jamiyatimizda tinchilik va barqarorlik ko‘p darajada shunga bog‘liq bo‘ladi va biz O‘zbekistn Prezidenti tomonidan belgilangan quyidagi tamoyilga amal qilamiz: tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish davlat siyosatiga, prezident siyosatiga to‘sqinlik qilish, deb baholanadi. Partiya o‘zining kundalik va parlament faoliyatida xususiy mulkning daxlsizligiga oid konstitutsiyaviy tamoyilni himoyalaydi va uni himoyalashning ishonchli kafolatlari tizimi yaratilishini yoqlaydi.

Bizning eng muhim vazifamiz – davlat tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish, eng qulay ishbilarmonlik muhitni yaratish maqsadida davlat organlari faoliyatida takrorlash holatlariga yo‘l qo‘ymaslikdir. Biz zamonaviy xalqaro standartlar va korporativ boshqaruv  usullarini joriy etish, korxonalarni, eng avval, davlat ishtirokidagi korxnalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish tarafdorimiz. Davlat va xususiy tashabbus roli o‘rtasidagi maqbul nisbatni belgilash, xo‘jalik boshqaruvi tarmoq organlarini asta-sekin asosiy ilg‘or loyihalarni amalga oshirishga qodir  yangi turdagi korporatsiyalarga aylantirish zarur.

Biz davlat xaridlarining samardorligi va shaffofligini ta’minlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlarning davlat xaridlarini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash tarafdorimiz. Biz loyihaviy boshqaruv tizimini joriy etish, ularning shaffofligi va suist’molchiliklarning oldi olinishini ta’minlaydigan davlat xaridlarini amalga oshirish uchun yagona axborot makonini yaratish, shartnomaviy majburiyatlar ijrosi bo‘yicha monitoringning samarali mexanizmlarini joriy qilishga qaratilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va taomilini soddalashtirish, davlatning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining ustav fondlaridagi ishtirokini qisqartirish, davlat mulkining xususiylashtirilgan ob’ektlari negizida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish tarafdorimiz. Biz tadbirkorlik sub’ektlariga, xususiylashtirilgan korxonalar negizida amalga oshirilayotgan loyihalarga xususiylashtirishdan keyingi ta’sirchan yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratamiz.

Partiya tovar-moddiy boyliklarni ma’muriy taqsimlashdan to‘liq voz kechish, mamlakatda biznes yuritish bilan bog‘liq barcha taomillarni soddalashtirish, arzonlashtirish va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, davlat, huquq-tartibot organlari va nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik tuzilmalari faoliyatiga noqonuniy aralashuviga qat’iy barham berish zarurligini ta’kidlaydi.

Biz, yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning qurilishi va ishga tushirilishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishini ko‘zda tutuvchi yirik  investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarning, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarning barqaror jalb qilinishini ta’minlovchi faol investitsiyaviy siyosatni yuritish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyaviy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarining samaradorligi va shaffofligini oshirishni ko‘zda tutuvchi loyihaviy boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish tarafdorimiz. Biz, eng avvalo, xorijiy investitsiyali korxonalar uchun soliq qonunchiligini oldindan aniqligi va barqarorligini ta’minlashga, sanoatning yuqori texnologiyali va qayta ishlashga oid ko‘p mehnat talab etiladigan  sohalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini, xorijiy investitsiyali korxonalarga ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatini yengillashtirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Partiya investitsiyaviy muhitni takomillashtirish, iqtisodiyot tarmoqlariga va mamlakat hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Biz xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumatlar moliya institutlari, yetakchi xorijiy kompaniyalar va bank tuzilmalari  bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan, investitsiyaviy muhitni yaxshilash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va joriy etishni taklif qilamiz.

Bizning ustuvorligimiz – ma’danli-xom ashyo va qishloq xo‘jaligi resurslariga chuqur ishlov berish bo‘yicha raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi zamonaviy ishlab chiqarishlarni yaratishga xorijiy va mamlakatimiz investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatda amal qilayotgan erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining samaradorligini ta’minlash tashkil etadi. Shuningdek, ular hududlarning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks va  samarali foydalanishga, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi kerak.

Biz mamlakatda yetakchi va nufuzli xalqaro moliya institutlari tomonidan belgilanadigan  reytinglarda O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini jiddiy yaxshilashga qaratilgan kompleks dasturning ishlab chiqilishi tarafdorimiz. Biz davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat kompaniyalari va korxonalari  rahbarlari faoliyatini quyidagi biznes-ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholaymiz: byujdet mablag‘larini tasarruf etishning samaradorligi va maqsadliligi; biznesni qo‘llab-quvvatlash va qulay investitsiyaviy biznes-muhitni shakllantirish; xususiylashtirishning oshkoraligi va davlat mulki, xususiylashtirilgan ob’ektlardan foydalanish samaradorligi va h.z.

Kichik biznes va erkin tadbirkorlik – kuchli iqtisodiyot asosi.

Shunga ishonchimiz komilki, tadbirkorlar, ishbilarmon odamlar faoliyati yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqishda yetakchi o‘rin egallashi, fuqarolar farovonligini oshirishning  asosiy manbaiga aylanishi kerak. O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallashi mamlakat YaIM da kichik biznes ulushini izchillik bilan oshirish bo‘yicha strategik vazifa bilan bog‘liq.

Bizning ustuvorligimiz – ayniqsa, faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonida tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali tizimni yaratish, jadal rivojlanishga, ustuvor  rolini, shuningdek xususiy mulkning daxlsizligini  ta’minlashga, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga har tomonlama ko‘maklashish. Partiyaning bosh vazifasi iqtisodiyotning eng muhim tuzilmaviy sektori bo‘lgan, ichki bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldiruvchi xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatiga imtiyoz va preferensiyalar berish bo‘lib qolmoqda.

Partiya kichik biznes va fermerlar uchun yagona soliq to‘lovi bo‘yicha stavkani pasaytirish bo‘yicha siyosatni davom ettirish zarur, deb hisoblaydi, bu esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyorida  aylanma mablag‘larni to‘ldirish, investitsiyalarni kiritish uchun qo‘shimcha mablag‘lar qolishini, o‘z daromadlarining real darajasini yashiruvchi korxonalar sonini kamayishini ta’minlaydi.

Biz tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayoniga jalb qilish, ushbu sohada qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratamiz.

Partiya xususiy mulkning daxlsizligini himoyalash bo‘yicha huquqiy mexanizmlar va kafolatlarning mustahkamlanishi, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik sub’ekti huquqlari ustunligi tamoyilini, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktikasi va ularga yo‘l qo‘ymaslik samaradorligini oshirishini  ta’minlash  tarafdori. Partiya uchun aynan bir masala bo‘yicha qonunlar va idoraviy hujjatlarni qabul qilish tartibiga, ayni paytda avval qilingan hujjatlarni o‘zgartirishga cheklovlar kiritish ustuvor ahamiyatga ega, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga,  va uzoq istiqbolga biznes yuritishni taxminlashga qaratilgan holatlar bundan mustasno.

Biz davlat va biznes hamjamiyati tomonidan samarali muloqot va sog‘lom sheriklikning ta’sirchan mexanizmlarini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli davlat xizmatlarini  ko‘rsatish  bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralarning amaliy samaradorligini ta’minlash tarafdorimiz.

Bizning maqsadli vazifamiz – sanoat ishlab chiqarishida kichik bines ulushini ko‘paytirish, yirik sanoat korxonalari va kichik biznes o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan iborat. Biz mamlakatda tashkil qilinayotgan yirik ishlab chiqarishlar atrofida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat-ishlab chiqarish salohiyatini faol jalb etgan holdda qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Kasanachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga, ishlab chiqarish faoliyatiga ishlab chiqarish korxonalari va kasanachilik mehnat vakillari o‘rtasidagi koopersiyani kengaytirish hisobidan respublikaning band bo‘lmagan aholisini jalb qilishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Biz xususiy korxonalarni jamoaviy infratuzilmaviy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan davlat-xususiy sherikligiga oid me’yoriy-huquqiy bazani, shuningdek iqtisodiy klasterlar, davlat mulkini boshqarishga oid qonunchilikning rivojlantirilishii qo‘llab-quvvatlaymiz.

O`zLiDeP istiqbolda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot eksportini tezkor ilgari surish hisobidan jahon bozoridan munosib o‘rin egallash uchun barcha zarur milliy resurslarni ishga sola olishi mumkin bo‘lgan sanoat  guruhlari yaratilishini rag‘batlantirishni taklif  qiladi. Biz biznes guruhlar haqida alohida tijoriy tashkilotlar to‘g‘risidagi kabi qonunchilikni rivojlantirish, ularni shakllanishining boshlang‘ich davrida va uzoq istiqbolda qo‘llab-quvvatlash tarafdorimiz.

Shuningdek ustuvorliklarimiz orasida – tadbirkorlik, eng avvalo kichik biznes  sub’ektlarining xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyasi, mamlakat tashkilotlari mahsulotining tashqi bozorlarga chiqishi, xorijda milliy brendlarni  faol ilgari surish kabi vazifalar bor. Biz eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirishga, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiyalashga,  kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, ishbilarmon odamlar, ularning uyushmalari va birlashmalarining tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirokini kengaytirishga, eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash  bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish va yang tuzilmalarni yaratishga  qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash – uning raqobatbardoshliligini ta’minlash garovidir.

O`zLiDeP fikricha, sanoatning baqaror, jadal va muvozantali rivojlanishini ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mutlaqo yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni va zamonaviy texnologiyalarni  o‘zlashtirish – bu mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligini ta’minlashning eng muhim sharti va asosidir.

Ushbu vazifalar markaziga O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilangan maqsadni – 2030 yilgacha iqtisodiyotda sanoat ulushini 40 foizga yetkazish vazifasini qo‘yamiz. Ushbu maqsad mustahkam iqtisodiy asosga ega, va  tarkibiy o‘zgarishlar va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishni davom ettirish, yuqori texnologiyali mehnat talab ishlab chiqarishlar ulushini oshirishni ko‘zda tutuvchi samarali sanoat siyosatini yuritish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotining tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish  orqali erishiladi. Bizning fikrimizcha, iqtisodiyotda ma’danli va qishloq xo‘jaligi xom ashyosiga chuqur ishlov berish asosida tayyor eksportga yo‘naltirilgan mahsulotni ishlab chiqaruvchi, yakunlangan texnologik siklga ega ishlab chiqarishlar yetakchi o‘rinni egallashi kerak. Bunda ustuvorlik asosan o‘zining tabiiy va xom ashyo salohiyatiga asoslangan, ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni qo‘llovchi, raqobatbardosh mahsulotlarni tayyorlovchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga berilishi kerak. Ushbu masalalarning hal qilinishini partiya, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobat muhitini yaratish, va tovarlar va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma bosqich pasaytirish, xususiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash, hamda xususiy mulk tomonidan iqtisodiyotning real sektorida, sanoatda va uning asosiy sohalarida yetakchi rolga ega bo‘lish bilan bog‘laydi.

Bizning ustuvorligimiz – ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import o‘rnini bosish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va ichki bozorni zarur tovarlar va butlovchi qismlar bilan to‘ldirish, mamlakat ishlab chiqaruvchilari mahsulotlaridan ustuvor foydalanish, va bunda tovarlar va xizmatlarning ayrim turlari importini bosqichma bosqich qisqartirish asosida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirishdan iborat. Biz kimyoviy, to‘qimachilik, teri-poyabzal, farmatsevtika sanoatini, uglevodorod xom ashyosini qazib olish, rangli va qimmatbaho metallar, meva-sabzovot mahsulotlari va qurilish materiallarii ishlab chiqarishni  rivojlantirishga qaratilgan maxsus dasturlarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratamiz. Bu – yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportini ko‘paytirish, yangi sotish bozorlarini o‘zlashtirish garovidir.

Biz yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish, ayrim hududlarga ularning jamlanishini, va bunda muxandislik tarmoqlarini tortib kelish  va zarur infratuzilmani yaratish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, ilmiy-texnologik va innovatsin salohiyatni oshirishni ta’minlash, shu asosda ishlab chiqarish va aholi bandligi sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shu maqsadda yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalarining yaratilishi va faoliyat yuritayotganlarining samaradorligini oshirishni yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarish, hududlarda ishlab chiqarish, muxandislik-kommunikatsiyaviy, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmalar va logistika xizmatlarining jadal rivojlanishining muhim omili, deb hisoblaymiz.

Partiya yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirish zonalari, texnopolislar, texnoparklar tashkil qilinishini iqtisodiyotning innovatsion turiga o‘tish uchun asoslarni shakllantirish, fan va ishlab chiqarish interatsiyalashuvi,  ilmiy-texnologik va innovatsion tadbirkorlikning barqaror rivojlanishini ta’minlash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Ishonchimiz komilki, innovatsiyalar modernizatsiyaning bosh omili bo‘lib, XXI asrda iqtisodiy taraqqiyot ularning asosida ta’minlanadi. Bugungi kunda barchaga ma’lum bo‘lishi kerakki, faqat texnologiyalarga egalik qilgan  kishigina raqobat kurashida g‘olib chiqishi mumkin.  

Bunda yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirish zonalari, texnopolislar, texnoparklar doirasida nomoddiy aktivlarning kapitallashuvi, yaratilgan texnologiyalardan tijoriy foydalanish jadal rivojlanishi kerak, bu esa nafaqat tarkibiy islohotlarning chuqurlashuvi va iqtisodiyot  tarkibining yaxshilanishi orqali, ayni paytda olimlarning farovonligi o‘sishi orqali erishiladi. Bu esa intellektual mulkni himoyalashni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni, yangi texnologiyalar importini, ishlab chiqarish vositalarni ishlab chiqarish sohasida nou-xaularni, mamlakat va xorijiy texnologiyalar transferini, korxonalarda innovatsiyalarni joriy qilinishini chuqurlashtirishni talab etadi.

O`zLiDeP fikricha, O‘zbekistonning rivojlangan mamlakatlar safiga kiriishiga, shuningdek venchur korxonalar faoliyati uchun sharoitlarning yaratilishi ko‘maklashadi va ular innovatsion loyihalar uchun mablag‘larni jalb qilish bilan shug‘ullanadi. Venchur  biznes asosan ilmtalab ishlab chiqarishlarda tashkil qilingan kichik korxonalarga va yangi texnologiyalarga yo‘naltirilishi zarur. Ilmiy-innovatsion faoliyatning rivojlanishi va samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida partiya korxonalarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarning soliqqa oid rag‘batlantirilishi bo‘yicha choralarni amalga oshirishni taklif qiladi.

Biz texnologik yo‘nalishlardagi rivojlanishning muhimligini tan olamiz, ular o‘z ortidan ishlab chiqarishning yangi madaniyatini rivojlantirish, mahsulotning, ayniqsa, ilmtalab mahsulotlarning hududiy va jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish ahamiyatini tan olamiz. Biz iqtisodiyotning AKTdan foydalanishga asoslangan, yuqori texnologiyali tarmoqlarini shakllantirish va faol rivojlantirishga qaratilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz bu sohada axborot texnologiyalari mahsulotar ishlab chiqaruvchilariga va buyurtmachilariga qo‘shimcha imtiyozlar va prefrensiyalar berish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining yanada chuqurlashuvi, AKT mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, mamlakatimiz va xorijiy investitsiyalarni zamonaviy  AKT ni joriy etish va ulardan yanada samarali foydalanishni rag‘batlantirish tarafdorimiz. “Axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, shu jumladan iqtidorli yoshlarning  «start-ap» loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masaalariga alohida e’tibor qaratamiz.

Mamlakatning sanoati, iqtisodiyoti raqobatbardoshligini kuchaytirishga doir eng muhim vazifa – uning energiya sig‘imi va resurs sig‘imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejash texnologiyalarini keng joriy qilish, energiyaning tiklanuvchan manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat samaradorligini oshirish hisoblanadi. Biz ushbu sohadagi noyob tiklanmaydigan resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, muqobil energetik resurslarni izlab topish va joriy etishga qaratilgan uzoq muddatli dasturlarning ishlab chiqarilishi va amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Partiya ushbu yo‘nalishda o‘z harakatlarini quyidagi masalalarga qaratadi: muqobil energiya manbalari, gaz va elektr ta’minoti to‘g‘risidagi qonunchilikni rivojlantirish; ushbu sohaga innovatsion texnologiyalar, ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish;  ishlab chiqarishni kengaytirish va energiyani tejovchi uskuna va jihozlarni, shu jumladan, texnologiyalar transferi va muhandislik markazlarini yaratish orqali mahalliylashtirish.

 Bizning ustuvorliklarimiz – yoqilg‘i-energetika muvozanatini diversifikatsiya qilish, qayta tiklanuvchan va muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish, ikkilamchi energetik resurslarning energetik utilizatsiyasi, quyosh, shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha sinalgan texnologiyalar asosida generatsiyalanuvchi quvvatlarni, mikro va kichik gidroelektrostansiyalarni yaratishga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish. Biz zamonaviy energiya samarali va energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish asosida yangi quvvatlarni yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish, ularni texnik va texnologik qayta jihozlash orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energiya sig‘imini kamaytirish tarafdorimiz.

Shuningdek biz quyidagi masalalarga ham alohida e’tibor qaratamiz: muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni moddiy rag‘batlantirish; aholi o‘rtasida energoresurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, energiyani tejovchi texnologiyalar va muqobil energiya manbalaridan foydalanishni targ‘ib qilish.

O`zLiDeP farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani barqaror rivojlantirishning muhim omili deb qaraydi. Bizning ustuvorligimiz – ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, tarmoqlararo sanoat koorperatsiyasini kengaytirish, farmatsevtika sanoatining har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun qulay shart sharoitlarni ta’minlash. Biz quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratamiz: farmatsevtik erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini samarali tashkil etish; sanoat plantatsiyalarini yaratish va dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha maqsadli dasurlarni amalga oshirish; keyinchalik chuqur qayta ishlash va dorivor vositalar va biologik faol qo‘shimachlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish.

Partiya asosiy e’tiborni xizmatlar sohasini rivojlantirishga va iqtisodiyot tarkibida uning rolini kuchaytirishga qaratadi. Ushbu soha nafaqat, ayniqsa, qishloq joylarida ish o‘rinlarini ta’minlashga, balki aholi daromadlarini oshirishga qodir, muhimi, uning amalga oshirilishiga odamlarning turmushi darajasi va sifati bog‘liq bo‘ladi.   

Turizm – O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik tarmog‘i

O`zLiDeP ta’kidlaydiki, bugungi kunda O‘zbekistonda 7 mingdan ziyod noyob tarixiy yodgorliklar hamda muhtasham va betakror me’moriy yodgorliklar mavjud bo‘lib, u tarixiy, me’moriy va arxeologik yodgorliklari bo‘yicha dunyoning o‘nta yetakchi davlatlari safidan o‘rin olgan. Bu esa mamlakatning ulkan turistik salohiyatidan dalolat beradi. Biz O‘zbekistonni jozibador jahon turistik markaziga aylantirish, 2050 yilga kelib, mamlakatning turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan 30 ta yetakchi davlat qatoridan o‘rin egallashini ta’minlash, YaIMda, mahalliy budjetlar daromadida turizm hissasini jiddiy ravishda ko‘paytirish vazifasini qo‘yamiz.

Biz milliy turizm sohasida amalga oshirilayotgan, ushbu sohada davlat siyosatining sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tishini belgilovchi tub islohotlarni qo‘llab-quvatlaymiz. Biz turizm sanoatining jadal rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi roli va ulushini oshirish, hududlarning turistik salohiyatidan yanada to‘liq va samarali foydalanish, milliy turistik mahsulotni yaratish va uni jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha choralarning samaradorligi va ta’sirchanligini ta’minlash tarafdorimiz.

Ushbu sohadagi ustuvorliklarimiz:

turizmni rivojlantirish bo‘yicha maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish, turizm sohasida xalqaro va milliy tashkilotlar, yirik xorijiy brendlar va kompaniyalar  bilan hamkorlikni kengaytirish, turistik xizmatlar ko‘rsatilishi sifatiga oid ilg‘or jahon standartlarini joriy etish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish;

turizm sanoati sub’ektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, turizm rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha to‘siqlarni olib tashlash, ilg‘or xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda vizali va registratsiya jarayonlarini, pasport va bojxona nazoratini  soddalashtirish;

turistik infrastrukturani jadal rivojlantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, turistlar boradigan ob’ektlardan foydalanish imkoniyatini, transportda borish imkoniyatini yaratish, turistik xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida turistlar va sayyohatchilar hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlash, turizm sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni  tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha chora-tadbrlar kompleksini  amalga oshirish;

turistik infratuzilmani dinamik rivojlantirish, zamonavy axborot texnologiyalarini joriy etish turistik ob’ektlardan foydalanish imkoniyatin ta’minlash, transportda borish imkoniyatini yaratish, turistik xizmatlarni ko‘rsaishda turistlar va sayyohatchilar hayoti va sog‘ligi xavfsizligini ta’minlash, turistik soha uchun yuqori malakai kadrlarni tayyorlash va qayta tayyoralsh bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;

turizmning yangi salohiyatli turlarini – ziyorat turizmi, ekologik, ta’limiy,  etnografik, gastronomik, sport turi, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, sanoat, ishbilarmonlik, bolalar, yoshlar, oilaviy turizm va h.z.larni jadal rivojlantirish;

Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish – mamlakatning barqaror rivojlanishi garovi.

Tuzilmaviy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash va intensiv rivojlantirish, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarilishini kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini jiddiy ravishda oshirish, aholi ovqatlanishini yaxshilash, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish barqaror rivojlanish vazifalari bo‘lib, ular har doim O`zLiDeP diqqat markazida bo‘lgan.

Partiya davlatning agrar sohadagi  munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha strategik kursni, fermer va dehqon xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish bo‘yicha strategik kursni  doimo qo‘llab-quvvatlagan va uni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Partiyaning fikricha, qishloq xo‘jaligini isloh qilish muammolarini hal qilmay turib, umuman iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirib bo‘lmaydi.

Biz fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun huquqiy asoslarni va zarur shart-sharoitlarni takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda ularning yetakchi kuchga aylanishi  tarafdorimiz. Bizning ustuvorligimiz – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘lab-quvvatlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, va  oqibat natijada dehqonlarning o‘z daromadlarini oshirishda munosabatni tubdan o‘zgartirish.

Biz quyidagilarga yo‘naltirilgan aniq chora-tadbirlarni ko‘ramiz: fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqalar mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalash; qishloq aholisi o‘rtasida “Tomorqa xo‘jaligi – qo‘shimcha daromad manbai!” shiorini keng targ‘i etish; dehqonlarning bilim va tajribasini oshirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish. Bizning deputatlik korpusimiz femer yer maydonlaridan foydalanish, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlari mulkdorlari ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi masalalari ustidan qat’iy parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.

O`zLiDeP  zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish, mahsulotni saqlash va unga chuqur ishlv berish infratuzilmasini  takomillashtirish, paxta maydonlarin yanada qisqartirish va ayni paytda poliz, dukkakli ekinlar va ozuqa ekinlari maydonlarini kengaytirish, intensiv bog‘lar va tokzorlarni yaratish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda. Ayni paytda eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot ekinlari, oziq-ovqat va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirini ko‘paytirish, qishloqda mayda ishlab chiqarish korxonalari tarmog‘ini yaratish masalalari ham ustuvorliklarimiz sirasiga kiradi.

Partiya qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi, chorvachilik mahsuldorligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratadi. Biz quyidagilarga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz: yuqori daromadli oziq-ovqat ekinlari maydonlarini kengaytirish evaziga ekin maydonlari tuzilmasini takomillashtirish, uning rentabelligini ta’minlay olmaydigan hosildorligi past yerlarda paxta maydonlarini bosqichma bosqich qisqartirish; sabzavotlar,  mevalar, rezavorlar yetishtirish maydonlarini kengaytirish; fermerlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari, marketing hamda meva-sabzavot va sut-go‘sht mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va transportda tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi boshqa infratuzilmaviy tashkilotlar o‘rtasidagi kooperatsiyani rag‘batlantirish mexanizmlarini shakllantirish.

Biz qishloqda oziq-ovqat infratuzilmasini yaratish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, unga chuqur ishlov berish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot yetishtirish, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy agrotexnologiyalarni, seleksiya va urug‘chilik usullarini joriy etish, yer, suv va boshqa tabiiy resuraslardan foydalanishda rivojlangan davlatlar darajasiga erishish muhim ekanligini qayd etamiz. Biz ham qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, shu jumladan, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘illanuvchi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi choralarini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, fermerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, unga chuqur ishlov berish va transportda tashish bilan shug‘ulanuvchi infratuzilma tashkilotlari kooperatsiyasining eng muhim omilidir.

 Biz zamonviy qayta ishlash korxonalarini, sovutish omborlari, tayyor mahsulot ishlab chiqarvchi, yakunlangan texnologik siklli ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirish, qishloq xo‘jaligi xom ashyosiga chuqur qayta ishlov berilishini ta’minlovchi, shuningdek yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, o‘ram mahsulotlarni  ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirilishi qo‘llab-quvvatlaymiz.

Shuningdek bizning ustuvorliklarimiz orasida – sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, meliorativ va irrigatsion  ob’ektlar tarmog‘ini yaratish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy suvni va resurslarni tejovchi agrotexnologiyalarni joriy etish, yuqori samarali qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish kabi vazifalar ko‘zda tutilgan.

Shunga ishonchimiz komilki, bu kafolatli va barqaror hosildorlikni ta’minlash, butun agrosanoat kompleksini,  iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq  boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Eng muhimi – fermer va dehonlarning moddiy manfaaatdorligi kuchayishiga, qishloq joylarida turmush darajasining ortishiga, mamlakat iqtisodiy qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Iqtisodiy kuchli hududlar – qudratli O‘bekiston

Partiyaning fikricha, viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatlangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi – mamlakatning barqaror rivojlanishini, aholi farovonligini, odamlarning yuqori turmush darajasini ta’minlashning  eng muhim omili va zarur shartidir.

Ushbu sohadagi ustuvorliklarimiz quyidagilardan iborat: 

har bir hududning tabiiy,  ma’danli-xom ashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va unumli foydalanishni ta’minlash;

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududlar iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish ko‘lamlarini kengaytirish, ularning sanoat va eksport salohiyatini oshirish;

kichik shaharlar va shahar tipidagi poselkalarni faol rivojlantirish, ularda mayda sanoat zonalari, yangi sanoat ishlab chiqarishlari va servis markazlarini faol rivojlantirish, aloqa va axborotlashtirish, uskunalarni ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish kabi yangi zamonaviy xizmat turlarini faol rivojlantirish va b.;

hududlarning ishlab chiqarish, muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish va modernizatsiyalash, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish va aholi turmush darajasini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va h.z.

Biz har bir tuman va mahalla bo‘yicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaymiz. Bizning ustuvorligimiz – hududlarning barqaror rivojlanishiga erishish, aholini arzon zamonaviy va qulay uy-joy bilan ta’minlash, fuqarolarning ta’limiy-madaniy, ma’naviy rivojlanishiga ko‘maklashadigan qulay transport va ijtimoiy infratuzilmani yaratish,  lokal qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ko‘zda tutuvchi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.  Shunga ishonchimiz komilki, bularning barchasi shahar va qishloqlarni obodonlashtirish, odamlarning turmush sifati va darajasini tubdan yaxshilashning muhim omili hisoblanadi.

 

IV. PARTIYANING IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH SOHASIDA VAZIFALARI

 

To‘liq bandlik va barcha uchun munosib ish o‘rni.

O`zLiDeP fikricha, mehnat qilish, adolatli mehnat sharoitlarini t’minlash va ishsizlikdan himoyalanish, professional imkoniyatlarini namoyon etishga bo‘lgan  huquq insonning individual huquq va erkinliklarining ajralmas va muhim qismi – jamiyatning oliy qadriyati hisoblanadi.

Biz fuqarolarni munosib ish bilan ta’minlash, to‘liq va samarali, oqilona bandligi va bunga teng qiymatli mehnatni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat bozorining muvozanatlanganligi va infratuzilmasini ta’minlash, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim ustuvorligi sifatida ishsizlik darajasini qisqartirish masalalarini ko‘rib chiqamiz.

Biz uchun, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ishsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunda biz – ishga joylashish imkoniyatlarini yaratuvchi, bu sohada davlat organlari bilan bir qatorda fuqarolarning ma’suliyatini oshiruvchi, har bir insonning shaxsiy sharoitlarini hisobga oluvchi, o‘ziga mustaqil yordam bera olmaydiganlarni qo‘llab-quvvatlovchi faol va ta’sirchan siyosat yuritilishi va ushbu maqsadlarga jamiyat va xususiy sektor resurslari jalb qilinishi tarafdorimiz.

O`zLiDeP, mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanadigan, hududiy va tarmoq rivojlanish dasturlari, demografik omillar va iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar hisobga olingan holda mehnat resurslaridan oqilona foydalanish masalalari  bilan bog‘liq bo‘lgan  aholi bandligiga oid yillik dasturlarning amalga oshirilishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishi amaliyotini qo‘llab-quvvatlaydi. Biz joylardagi ijro hokimiyati organlari, va iqtisodiy kompleksning hududiy organlarining yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha maqsadli va tizimli ishlarni olib borish, tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishda asosiy omil sifatida ishsiz aholini, ayniqsa, professional kollejlar bitiruvchilarini ishga joylashtirishga ko‘maklashish borasidagi  faoliyati ustidan ta’sirchan parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatamiz.

Shunga ishonchimiz komilki, tadbirkorlik – aholi bandligining garovidir! Ushbu masalalarning hal qilinishini biz kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer va dehqon xo‘jaliklarining ish o‘rinlarini yaratish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, kollej bitiruvchilarini ishga oluvchi  kichik korxonalarga keng imtiyozlar berish va h.z.lar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz.

Biz ish o‘rinlarini yaratish generatori sifatida kichik biznes va fermerlikni qo‘llab-quvvaytlaymiz! Kichik sanoat zonalarini tashkil etish, ish o‘rinlarini zahira qilish, aholini, shu jumladan, xotin-qizlar, nogironlar va aholining ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa toifalarni, eng avvalo yoshlarni ishga joylashtirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqdamiz. Biz yoshlarni ishga olishni, tadbirkorlarning halolligi va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha harakatlarini rag‘batlantiruvchi, real ish haqining barqaror o‘sishiga ko‘maklashuvchi soliq siyosati amalga oshirilishi tarafdorimiz.

O`zLiDeP band bo‘lmagan aholini ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish va fuqarolar oilaviy budjetlari daromadlarini oshirishning eng samarali shakllaridan biri sifatida kasanachilik mehnatini yanada rivojlantirishning ulkan salohiyatini ta’kidlaydi. Biz zamonaviy mashinalar, uskunalar, xom ashyo va materiallarni xarid qilish uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini, ularga marketingni amalga oshirish va kasanachilik mahsulotini (ishlar va xizmatlar) ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida buyurtmachilarni izlashga ko‘maklashish, bozorda unga talab  katta bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishda ularning boshqa tadbirkorlik sub’ektlari bilan kooperatsiyasini  yanada kengaytirish tarafdorimiz.

Biz mehnatga layoqatli aholiga ularning mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq amalga oshirish, ishchi kuchi sifatini yaxshilash, ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarga kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini kengaytirish, bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda ular uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz. O‘zbekistonning xalqaro ishchi kuchi bozoriga madaniy kirib borishi, yollanma xodimlarning samarali mehnatdan manfaatdorligini oshirishga ko‘maklashish, ularning daromadlarini amalda ko‘paytiish maqsadida mehnatga haq to‘lashning rag‘batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish  partiyaning ustuvor vazifalari bo‘lib qoladi.

Shunga ishonchimiz komilki, ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirlishi, aholining real pul daromadlari va xarid layoqatlarining izchil kuchayishi, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalarni  inflyatsiya sur’atlaridan oshadigan miqdorda oshirish – bu jamiyata tinchlik va barqarorlikni saqlash, xalq farovonligi va mamlakat ravnaqini ta’minlashning zarur shartidir.

Salomatlik jamiyat qadriyati sifatida  va salomatlik mamlakat turmush tarzi qiyofasi sifatida (yoki Tibbiyot barcha uchun: foydalanish imkoniyati, sifat, professionallik).

Biz ish o‘rinlarini yaratish va ishga joylashish, sog‘liqni saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish, ta’lim, uy-joy, aholini ijtimoiy himoyalash masalalarini odamlar turmushi sifatini belgilovchi eng muhim omillar sifatida ko‘rib chiqamiz va ushbu ko‘rsatkichlarni doimo oshirib borish, odamlarning farovonligini oshirish ustida ish olib boramiz.

Ijtimoiy siyosat sohasidagi eng muhim ustuvorligimiz  - sog‘liqni saqlash tizimini, eng avvalo uning birlamchi bo‘g‘inini, tez yordam va shoshilinch tibbiy yordamni  yanada rivojlantirish,  zamonaviy tibbiyotning eng yangi yutuqlarini joriy qilish, oila salomatligini mustkamlash, xususiy kapitalni jalb etgan holda aholiga arzon, sifatli va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iborat.

Shunga ishonchimiz komilki, aholining, ayniqsa, yosh avlodning salomatligi mamlakatning bebaho boyligi hisoblanadi. Biz onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatii kengaytirish, onalar va go‘daklar o‘limini qisqartirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Partiya ta’kidlaydiki, biz Abu Ali Ibn Sino, Sharafutdin ibn Abdullax Iloqiy, Ismoil Jurjoniy, Mahmud ibn Umar Chag‘miniy, Najibuddin Samarqandiy kabi jahon madaniyati va tibbiyot faniga  ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning vorislarimiz. O‘zbekistonning zamonaviy shiforkorlari va olimlari jahon tibbiyot fani rivojiga katta hissa qo‘shmoqda.  Shu asosda biz mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini dunyodagi yetakchi pozitsiyalarga chiqarish, uning innovatsion va inson kapitalini oshirish, ko‘rsatilayotga tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, kasallanish ko‘rsatkichlarini pasaytirish va  aholi umri davomiyligini oshirish masalalarini qo‘ymoqdamiz. Xususan, biz mamlakatda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan va malakali kadrlar bilan butlangan zamonaviy, yuqori texnologik va samarli tibbiy yordam tizimini shakllantirish, tibbiy muassasalarning ilmiy, uslubiy va ta’limiy salohiyatini oshirish, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimida zamonaviy tibbiy uskunalar, diagnostika vositalar va usullaridan keng foydalanish  tarafdorimiz.

Partiya davlat-xususiy sherikchilik asosida tibbiyot sifatini tubdan yaxshilanishini qo‘llab-quvvatlaydi, xususiy tibbiyotni sifatli tibbiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, sog‘liqni saqlash tizimiga yanada samarali va zamonaviy texnologiyalar hamda innovatsiyalarni joriy etish garovi deb biladi. Biz sog‘liqni saqlash tizimini barqaror rivojlantirish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar va yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilishni kengaytirish, xususiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tibbiy turizmni va tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirishga  yo‘naltirilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.  

Biz, ayniqsa, “kasallikkacha” (poliklinika) darajasida profilaktika tibbiyotini rivojlantirish tarafdorimiz. Ishonchimiz komilki, har doim kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olgan ma’qul, shunda davolash yoki kasallik rivojlanishini to‘xtatish imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi. Biz “axborot berish, bilimni oshirish va profilaktika” modelini amalga oshirish tarafdorimiz. Biz mamlakatda qishloq vrachlik punktlari, tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini, profilaktika va patronaj tizimini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oilalarda sog‘lom turmush muhitini mustahkamlash, bolalarda, ayniqsa qizlarda jismoniy tarbiya va sportga havas uyg‘otish partiyaning ustuvor  vazifalari bo‘lib qolaveradi. Partiya “Farzandlari sog‘lom yurtning kelajashi buyukdir” degan tamoyilni hayotga joriy qilish bo‘yicha ish olib boradi. Biz oilalarda, avvalo qiz bolalarda tibbiy madaniyatni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksi qabul qilinishi, Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni ommalashtirish, ushbu sohada ijtimoiy reklama ulushini ko‘paytirish, aholining barcha qatlamlari uchun sog‘lomlashtirish, davolash va reabilitatsiya tibbiyoti imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish tarafdorimiz.

Biz 2030 yilgacha bo‘lgan davrda yuqumli bo‘lmagan  kasalliklar profilaktikasi va nazorati, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha uzoq muddatli davlat strategiyasini (dasturini) ishlab chiqish va amalga oshirishni taklif qilamiz. Biz O‘zbekiston fuqarolarini OIV-infeksiyasi va unga o‘xshash kasalliklar profilaktikasi, ularning oldini olish va tarqalishi, shuningdek sog‘lom turmush  tarzini shakllantirish, oilaviy va ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarning ahamiyati to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish, tavakkalchilikli harakatlanish va zararli odatlar modellarini qabul qilmaslikka oid aniq chora-tadbirlarni qabul qilamiz.

Bizning ustuvorligimiz – aholini arzon narxlardagi sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlash. Fikrimizcha, tibbiy amaliyotda keng qo‘llaniladigan, hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va o‘ta zarur, ijtimoiy ahamiyatga ega  dori vositalari va tibbiyot buyumlari ro‘yxati, oshkora tarzda va bevosita professionallar jamoasi ishtirokida shakllantirilishi, yangilanishi va kengaytirilishi zarur.  Biz ijtimoiy ahamiyatga ega  dori vositalari va tibbiyot buyumlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish  maqsadida ijtimoiy aptekalar tarmog‘ini, shu jumladan davlat-xususiy sherikchiligi asosida rivojlantirishga qaratilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.  

Insonning rivojlanishi va o‘z qobiliyatlarini namoyish etishiga  ko‘maklashuvchi ijtimoiy siyosat.

Partiyaning fikricha, O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning bosh maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi insondir. Biz uning har tomonlama rivojlanishi, shaxs manfaatlarini amalga oshirish bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni  shakllantirilishini yoqlaymiz. Biz boqimandalik kabi eskirgan qarashlar va zararli ijtimoiy xatti-harakatni o‘zgartirish tarafdorimiz. Biz liberal davlatning o‘z huquqlarini biluvchi, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanuvchi, o‘z kelajagini mustaqil barpo etuvchi erkin fuqarolarning shakllanishiga ko‘maklashuvchi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yoqlaymiz.

Partiya shunga aminki, har qanday jamiyatning madaniy darajasi uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra belgilanadi. Bizningcha, xotin-qizlar va erkaklar mamlakat rivojida ishtirok etishda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning munosib mehnati va turmushi, qobiliyat va salohiyatini namoyish etishi uchun shart-sharoit yaratish, onalik va bolalikni, oila institutini muhofaza qilish, jamiyatda xotin-qizlarning roli va maqomini oshirish O`zLiDeP ning eng muhim vazifalari bo‘lib qoladi.

Biz xotin-qizlarning intellektual va inson salohiyatini kuchaytirish, o‘zligini namoyon qilishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarning yaratilishi tarafdorimiz. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvida ularning rolini kuchaytirish, xotin-qizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bizning ustuvor vazifalarimiz bo‘lib qolaveradi.

Biz barqaror rivojlanishning o‘ta muhim omili sifatida xotin-qizlar tadbikorligini rivojlantirish, ularga oilaviy biznes va kasanachilikni, o‘z biznesini tashkil qilish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlarni ajratishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz jamiyatning ijtimoiy muammolarini yengillashtirish, ana’naviy tadbirkorlik bilan xayriya ishlarining tutash nuqtasida turgan ijtimoiy biznesga xotin-qizlarning har tomonlama jalb qilinishini qo‘llab-quvvatlaymiz: u xayriyadan  o‘z zimmasiga ijtimoiy yo‘nalishni, biznesdan – tadbirkorlik yondashuvini oladi. Biznincha, oila to‘g‘risida g‘amxo‘rlik bilan ishni qo‘shib olib borish – bu ayolga o‘z salohiyatini amalga oshirish imkonini berishi bilan birga oilaga moliyaviy mustaqillikka erishish, va oqibat natijada – mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga va jamiyat barqarorligini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishga yordam beradi.

Turli jabhalarda faoliyat yuritayotgan, iqtisodiyotni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tarafdorimiz. Biz mamlakat rivojiga, xalq farovonligiga salmoqli hissa qo‘shayotgan faol tadbikor xotin-qizlar va fermerlar, olima ayollarni rag‘batlantirishga, ularning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga, faoliyatini va ilg‘or ish tajribasini ommalashtirishga  qaratilgan choralarni amalga oshiramiz.

Biz mamlakatimizda “Agar oila sog‘lom va baxtli bo‘lsa, butun jamiyat baqaror va farvon bo‘ladi” tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarish,  tarafdorimiz. Shunga ishonamizki, oila – bu shaxsni har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom va barkamol rivojlangan avlodni tarbiyalashning eng fundamental instituti, jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir.

Biz mamlakatimizda xalqimiz uchun muqaddas  bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, oialarda tinch, do‘stona va qulay muhitni shakllantirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maqsadli ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, mustahkam, sog‘lom oilani shakllantirishda mahalla, xotin-qizlar tashkilotlari rolini kuchaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz oila institutini mustahkamlash masalalarini eng avvalo, uning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash – oilaviy biznes va kasanachilikni rivojlantirish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqamiz. Shunga aminmizki, oila qanchalik mustahkam bo‘lsa – jamiyat shunchalik kuchli va davlat shunchalik qudratli bo‘ladi!

Biz mahallaning ta’lim muassasalari va oilalar bilan jamiyatda sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish va mustahkamlash, ijtimoiy, iqtisodiy va gumanitar rivojlanishning boshqa muhim masalalarini hal qilishda  yaqin hamkorligini ta’minlashni qo‘llab-quvvatlaymiz. Shuningdek biz ushbu vazifalarni amalga oshirishda, shuningdek xotin-qizlar mehnatini rag‘batlantirishda, buning uchun yangi imtiyozlar va imkoniyatlar tizimini yaratishda  fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, eng avvalo, xotin-qizlar qo‘mitalarining rolini ta’kidlaymiz.

Biz, bundan buyon ham mamlakat va xalq oldida katta xizmat ko‘rsatgan  katta avlod vakillariga zarur hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularning xotirjam va mazmunli hayoti uchun shart-sharoitlarni yaratish, bu orqali jamiyatda insonparvardik va mehr-shafqat muhitini mustahkamlash zarur, deb hisoblaymiz. Biz pensionerlarga, yolg‘iz qariyalarga va aholining boshqa himoyasiz toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish tarafdorimiz.

Biz katta avlodning jamiyatda, oilalarda va mahallada tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning asriy an’analariga hurmat ruhida tarbiyalash ishidagi ulkan va bebaho xizmatlarini tan olamiz. Qariyalarga, veteranlarga davlat yordamini ko‘rsatish tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni, ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida, yangilanish va rivojlanishning ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, yoshlarni tarbiyalash, jamiyatda bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash ishlarida to‘laqonli va faol ishtirok etishini  qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bizning ustuvor vazifamiz – aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining nochor qatlamlari ijtimoiy himoyasini va imkoniyati cheklangan odamlarga davlat yordamini kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishini yaxshilash, aholiga  ijtimoiy xizmatlar  ko‘rsatishda davlat-xususiy sherikchiligini rivojlantirishdan iborat. Biz nogironlar uchun, shu jumladan, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, ta’lim, fan, texnologiyalar sohasida imkoniyatlar tengligi prinsiplarini amalga oshirilishi,  shuningdek ushbu sohada ularning tashkilotlari bilan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish tarafdorimiz. Partiya ular o‘zlarini jamiyatning to‘loqonli a’zosi deb his qiladigan, jamiyat va davlat hayotiga uyg‘un tarzda jalb qilinadigan, o‘z biznesini tashkil qilish va o‘z qo‘llari va xatti-harakatlari bilan  kelajagini yarata olishi uchun  real sharoitlarni yaratishga intiladi.  

Partiya jamiyatning haddan ziyod ijtimoiy va iqtisodiy qutblanishga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘radi. Partiyaning eng muhim vazifalaridan biri - ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiyotning, avvalo kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermer va dehqon xo‘jaliklari barqaror o‘sishini ta’minlash orqali aholining real daromadlari va farovonligini oshirish  hisoblanadi.

O`zLiDeP eng kam ish haqi va pensiyalar darajasini oshirish, aholining eng himoyasiz qatlamlarini himoyalashga intiladi. Partiya maqsadli davlat dasturlari loyihalarini taklif etadi, shuningdek nodavlat mablag‘larini yo‘naltirish va ushbu muammoni hal qilishga keng jamoatchilikni  jalb etishga faol ko‘maklashadi. Biz pensiya va nafaqalarni yetkazish va o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha tizimni tubdan takomillashtirishga qaratilgan choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Teng imkoniyatlar, turmushning yuqori sifati va barcha uchun farovonlik.

Xalq uchun munosib turmush sharoitini yaratish, uning farovonligini biz aholini va eng avvalo yosh oilalar, eski uylarda istiqomat qiluvchilarni va turmush sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa fuqarolarni arzon zamonaviy qulay uy-joy bilan ta’minlash bilan uzviy bog‘liqlikda ko‘rib chiqamiz.

O`zLiDeP mamlakatda uy-joy mulkchiligi tuzilmasida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlar, bozor uy-joy siyosatiga o‘tilishi, uy-joy qurilishini moliyalash bo‘yicha mutlaqo yangi modeling joriy qilinishi, uni ipoteka kreditlanishiga oid institutlar va mexanizmlar, uy-joy sektorining jadal o‘sishini ta’minlovchi uy-joy siyosati vositalarining shakllanishi ahamiyatini ta’kidlaydi. Partiyaning  parlament faoliyatida va kundalik faoliyatida fuqarolaring uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash, ularga imtiyozli shartlarda ipoteka kreditini berish, shaharlar va qishloqlarda arzon va qulay uy-joylarni qurishni  ko‘zda tutuvchi Harakatlar strategiyasi qoidalarini o‘z vaqtida va so‘zsiz bajarilishi  mamlakatning barqaror va jadal rivojlanishining  eng muhim vazifalaridan biri deb qaraladi.

Bizning ustuvorligimiz – ko‘p kvartirali uy-joy fondining texnik holatini va undan foydalanishni tubdan yaxshilash, ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bolalar va sport maydonchalarini tashkil qilish, ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarni obodonlantirish ishlarini yaxshilashdir. Ustuvorliklarimiz orasidan shuningdek – uy joy qurilishida raqobat muhitin yaxshilash, davlat-xususiy sherikchiligi asosida binolar qurilgan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni rag‘batlantirish, turar-joy qurilishiga oid namunaviy qurilish loyihalari uchun ma’lumotlar bankini yaratish masalalari o‘rin olgan.

Bizningcha, yangi O‘zbekistonning yangi qiyofasini har tomonlama rivojlangan infratuzilmali zamonaviy shaharlar va shaharchalar tashkil etish kerak. O`zLiDeP  arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish, shaharlar va aholi  punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish holatini yaxshilash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining aholi punktlarida kompleks qurilishni amalga oshirish, shaharsozlik  hujjatlarini  va davlat qurilish kadarstrini  kerakli tarzda yuritish bo‘yicha chora tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz fuqarolarning fikr-mulohazalarini e’tiborga olgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qarorlarining mustaqil jamoat ekspertizasi va monitoringi o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bizningcha, O‘zbekistonning zamonaviy qiyofasini rivojlangan yo‘l-transport va muxandislik-kommunikatsiyasiz, ijtimoiy infratuzilmasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz aholiga transport xizmatini ko‘rsatilishi, yo‘lovchilar tashishning xavfsizligi va qulayligini oshirish, zararli chiqindilarning atmosferaga chiqarilishini qisqartirish, avtovokzal va atvostansiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish, yo‘l infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilishni tubdan yaxshilashga oid choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Alohida e’tibor avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish, ularni moliyalash tizimini takomillashtirish, loyihalash va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirishga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Biz texnologiyalarni rivojlantirish va zamonaviy “ekologik” va “aqlli” uylar qurilishi tarafdorimiz!  Biz qonunchilini takomillashtirish,

aholining uy-joyga oid  turli ehtiyojlarini qondirish, xavfsiz, xilma xil va estetik jozibali muhitni yaratish, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslar ehtiyojlarini hisobga olish  imkonini beruvchi uy-joy qurilishi va loyihaviy yechimlarda  yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni rag‘batlantirish  tarafdorimiz.  

O`zLiDeP shuni ta’kidlaydiki, aholini arzon va qulay uy-joy bilan ta’minlash choralarining amalga oshirilishi lokomativga aylanadi va qurilish va butun mamlakat iqtisodiyoti bilan bog‘liq ko‘plab tarmoqlarning muvozanatli va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Uy-joy qurilishi kommunal va ijtimoiy sektorlarni, infratuzilma, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishda, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, eng muhim ijtimoiy muammoni – aholi bandigini hal qilishda  lokomativ rolini bajaruvchi yo‘nalishga aylanadi. Biz ilg‘or texnologiyalar, energiya samaradorlik va energiyani tejash bo‘yicha xalqaro standartlarga javob beradigan  raqobatbardosh mahsulotlar turlari, yangi qurilish va bezak materiallarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha choralarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha eng muhim vazifalardan biri sifatida aholining kommunal-maishiy xizmatlar, toza ichimlik  suvi, elektr energiyasi bilan ta’minlanishi darajasini tubdan oshirish, zamonaviy tejamkor  va samarali texnologiyalarni izchil joriy etish, odamlar turmushi uchun ekologik xavfsiz va qulay muhitni shakllantirishni qayd etamiz.  Biz quyidagilarga yo‘naltirilgan chora tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz:

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha tashkilotlarning  tutash texnologik zanjirini shakllantirish asosida uy-joy fondidan foydalanish tizimini takomillashtirish, ko‘p kvartirali uylarning saqlanishi talablariga rioya qilinishi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati  ustidan texnik nazoratning samarali tizimini yaratish  va moliviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash;

suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi ob’ektlaridan samarali foydalanish, ichimlik suvi resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha davlat nazoratining yagona tizimini yaratish;

yangi energiya yaratuvchi quvvatlarni barpo etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, past voltli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash, aholini boshqa yoqilg‘i energetik resurslar bilan ta’minlash va tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish. Shuningdek ustuvorliklarimiz orasida – istemolchilarga issiqlik energiyasini yetkazib berish sifatini oshirish va uzluksizligini ta’minlash, issiqlik ta’minoti tizimlari asosiy fondlarini yangilash va zamonaviylashtirish, zamonaviy, tejamkor va energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, energiya samarali maxalliy qozonxonalarni qurish, shuningdek, xususiy kvartira ichidagi issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazdan chetlashgan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish;

ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning  fuqarolar sog‘iligiga zararli ta’sirining oldini olish, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, chiqindilarn yig‘ish, saqlash, transportda tashish, utillashtirish, qayta ishlash, ko‘mish va sotish tizimini yanada takomillashtirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash. «Toza xudud» davlat unitar korxonalarining samarali faoliyatini tashkil qilish, chiqindilar muomalasi sohasida to‘liq siklni qamrab olish uchun tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rag‘batlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.  

Partiya ushbu masalarni kommunal va ishlab chiqarish infratuzilmasini yanada rivojlantirish, ulardan foydalanish imkoniyati va ishonchliligini ta’minlash, aholining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. Bizning fikrimizcha, bozorda narxlarning tartibga solinishi emas,  teng huquqli raqobat  tovarlar va xizmatlar sifatini va maqbul narxlarini ta’minlashning asosiy shartidir. Biz uy-joy kommunal xo‘jalik va infratuzilma sohasini xususiy kapital uchun jozibali raqobat bozoriga aylantirish, tabiiy, suv-energetik resurslardan iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishni jadallashtirishning eng muhim sharti deb hisoblaymiz.  

Inson kapitalini rivojlantirish, jamiyatni intellektuallashtirish –  mamlakatimiz  raqobatbardoshligining kafolatidir.

O‘zini xalqaro   liberal-demokratik  harakatning bir qismi deb hisoblaydigan partiya, har bir shaxsning  ta’lim olishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, xotin-qizlarning maktab ta’limi  yoki undan so‘ng erkaklardan kam bilim  olishlarini to‘xtatishlarini  ta’minlash uchun  harakat qiladi.

Partiya insonga sarmoya kiritish davlatning  ijtimoiy siyosatidagi strategik ustuvor vazifa bo‘lishi, lozim deb hisoblaydi va islohotlarning barcha bosqichlarida   erishilgan natijalarni  mamlakatning intellektual, inson  kapitali o‘sishi bilan o‘lchaydi. Biz jamiyatni  intellektuallashtirish  hamda liberal-demokratlarning ta’limni  kamchilik uchun imtiyozdan – ko‘p sonli fuqarolar uchun  hayotiy jarayonga  aylantirish qat’iy  pozitsiyasini hayotga tadbiq etish tarafdorimiz. Biz o‘z oldimizga  “fuqarolarning butun hayotlari davomida  ta’lim olishlari” andazasini hayotga joriy etilishini ta’minlash,  aholining  oliy ta’lim  bilan qamrab olish ko‘rsatkichini 2050 yilga kelib  kamida 50 foizgacha yetishiga erishish, bu maqsadlar uchun xususiy sektor resurslarini  har tomonlama ishga solish, barcha  ta’lim tizimlarida   raqobat  muhiti, davlat-xususiy  sheriklik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash  vazifasini qo‘yamiz.  

Partiya ta’lim va ilm-fan, texnologiyalarni  rivojlantirishga erishish zarur, deb hisoblaydi,  fuqarolarning, eng  avvalo  yoshlar va xotin-qizlarning  bilim olishga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va ularning  mehnatini yengillashtirish uchun sharoitlar yaratish, fuqarolik institutlarining yangi bilimlarni o‘zlashtirishlari, intellektual salohiyatlarini oshirishlari uchun ularning faoliyatini faollashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Biz uzluksiz ta’lim tizimini  yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlaridan  foydalanishni oshirish, mehnat bozori  talablariga muvofiq  yuksak malakali kadrlarni  tayyorlash  bo‘yicha chora-tadbirlarni  qo‘llab-quvvatlaymiz. Partiya muhim maqsadlar – O‘zbekistonda  yangi, ozod va farovon hayotni barpo etish, mamlakatni yanada rivojlantirishga erishish yo‘lida o‘qituvchilar mehnatini  munosib rag‘batlantirish bundan buyon ham  davlat va jamiyat  e’tibori markazida  bo‘lishi kerak, degan g‘oyaga sodiqdir.

Biz ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini  mustahkamlash, o‘qituvchilar, professor-o‘qituvchilar tarkibi malakasini oshirish, xorijdagi yetakchi  ta’lim markazlari bilan  ilmiy-pedagogik  hamkorlikni  kuchaytirish, o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga  zamonaviy ta’lim va axborot texnologiyalari, o‘qitishning yangi uslublarini  joriy etish bo‘yicha bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz. Biz ta’lim muassasalarini  qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy  o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, o‘quv –metodik qo‘llanmalar bilan  jihozlash  bo‘yicha maqsadli  chora-tadbirlarni  qo‘llab-quvvatlaymiz.

Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy erkin  jamiyatni barpo etish bilan bog‘liq muhim vazifalarni hal eta oladigan kadrlarning yangi avlodini tayyorlash bundan  keyin ham  partiya faoliyatining  muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi. Biz mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish bo‘yicha ustuvor  vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmunini, xalqaro standartlar darajasida  malakali  mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash ishlarini zamonaviy bilimlar bilan qurollangan barkamol rivojlangan inson ehtiyojlari bilan bog‘liq holda tubdan qayta ko‘rib chiqilishi tarafdorimiz.

Biz butun ta’lim tizimida  raqobat muhitini  shakllantirish tarafdorimiz. O`zLiDeP xususiy  maktabgacha ta’lim  muassasalari va  maktablari tarmog‘ini  oliy ma’lumotli  va  barkamol rivojlangan  avlodni tarbiyalashning eng muhim omili sifatida  rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz xususiy sektorning maktabgacha ta’lim tarmog‘inini kengaytirish va ularda bolalarni har tomonlama intellektual, estetik va jismonan rivojlantirish, foydalanish imkoniyatini,  bolalarning  maktabgacha ta’lim bilan  qamrab olinishi darajasini, pedagoglar va mutaxassislar  malakasini oshirish sohasidagi katta salohiyatiga ishonamiz.

 Biz bolalarni sport bilan shug‘ullanishga ommaviy jalb qilish, ularni  musiqa va san’at olamiga oshno  qilish maqsadida yangi  bolalar sporti ob’ektlari va bolalar musiqa va san’at maktablarini barpo etish, mavjudlarini  rekonstruksiya qilish sohasida  davlat-xususiy  sherikchiligini rivojlantirish  tarafdorimiz.

Biz shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim sifatini  tubdan  oshirish,  xorijiy tillar, informatika,  qator muhim va talab yuqori bo‘lgan  fanlar, jumladan matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarni  o‘rganishni  chuqurlashtirish sohasida  xususiy sektorning imkonyatlariga  ishonamiz. Biz o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limidagi o‘quv jarayoni,  ta’lim muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini tubdan oshirish tarafdorimiz. Biz umumta’lim maktablarining  eng   qobiliyatli  bitiruvchilarni   akademik litseylarda to‘plash, yoshlarning o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarga bo‘lgan talablarini  qondirish maqsadida  shart-sharoitlarni  yanada  kengaytirish  masalalariga alohida e’tibor qaratamiz.

Biz xususiy kasb-hunar  ta’limini  yanada rivojlantirish tarafdorimiz, bu  mehnat  resurslarining mobilligiga, bu maqsadda xususiy sektor, nodavlat notijorat tashkilotlari va davlat  sherikchiligini kengaytirish, qo‘shimcha kasbiy ta’lim,  kadrlarni qayta tayyorlash, barcha yoshdagi fuqarolarning malakasini oshirish (“yoshi kattalar” uchun ta’lim) sohasida  davlat-xususiy  sherikchiligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Partiya iste’dodli talabalarni  rag‘batlantirish, oliy  ta’lim  muassasalariga salmoqli institutsional va  moliyaviy  avtonomiyani taqdim etish, ta’lim va ilm-fanni  mustaham integratsiyalash,  xalqaro  hamkorlikni yaxshilash, o‘qituvchilarni moddiy va ma’naviy  rag‘batlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z qobiliyatlarini ro‘yotga chiqarishlari uchun  shart-sharoitlar yaratish orqali ta’lim sifatini yaxshilashni barqaror rivojlanishning  muhim omillaridan deb hisoblaydi. Biz oliy o‘quv yurtlari faoliyati sifati va samaradorligini ta’limning xalqaro standartlarini joriy etish va o‘qitish sifatini baholash, asta-sekin oliy o‘quv yurtlariga qabul kvotasini oshirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Biz  demokratik “ma’rifatli jamiyat” qurish tarafdorimiz, ta’lim ma’rifatni – ozodlik va mustaqillikka yetaklovchi yo‘l deb, zo‘ravonlik va jaholatga qarshi mustahkam qalqon deb bilamiz. Shunga aminmizki, uning yordamida madaniy, siyosiy va boshqa  turdagi toqatsizliklarga  qarshi  kurashish mumkin bo‘lgan asosiy vosita – bu  demokratik  qadriyatlarga, ma’rifatga asoslangan  bepul ta’limdir. Ta’lim tinchlikni ushlab turishda  liberal siyosatning eng muhim  vositasi bo‘lgan va shundayligicha qoladi. Biz “Jaholat va  zo‘ravonlikka qarshi ma’rifat” tamoyilini hayotga tadbiq etish taarafdorimiz.

Biz davlat-xususiy sherikchiligi, mamlakat biznes-hamjamiyatlari  va tadqiqotchilik va akademik markazlari ilmiy-tadqiqotchilik va innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsion yutuqlarni amaliyotga joriy etish, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot instiutlari huzurida ilmiy-eksperimental maxsus laboratoriyalar, yuksak  texnologiyali markazlar, texnoparklar  tashkil etish borasida ulkan salohiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Biz mamlakatimiz  iqtsodiyoti va tarmoqlarini xalqaro bozorda yuksak malakali  va raqobatbardosh bo‘lgan mutaxassislar, pedagogik va ilmiy kadrlar  bilan   ta’minlash, istiqbolli yosh va ilmiy kadrlarning xorijda malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini  takomillashtirish, ularning  moddiy texnik-bazasini mustahkamlash va  innovatsion  faoliyatni rivojlantirish uchun qulay  shart-sharoitlar yaratilishini qo‘llab-quvvatlaymiz.

 Biz  quyidgi masalalarga  ustuvor ahamiyat qaratamiz:  ilmiy-tadqiqot muassasalari  faoliyatini takomillashtirish; oliy ta’lim muassasalarida  akademik ilm-fan va ta’lim jarayonini  integratsiyalash; yosh olimlarni  ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish uchun  qulay sharoitlar yaratish; ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash, texnologiyalarni sifat jihatidan o‘zgartirish, ishlanmalarni tijoratlashtirish, marketinglashtirish, patentlashtirish va litsenziyalash va h.z.

Biz pedagoglarimiz, olimlarimiz, tadqiqotchilarimizning salohiyatiga ishonamiz.  Erishilgan yutuqlarimizga tayangan  hamda  istiqbolli vazifalarni hisobga  olgan holda, ta’lim va ilm-fanni yanada rivojlantirishda  jamiyatning, davlat va biznes hamjamiyatning  kuch va imkoniyatlarini  safarbar etish bo‘yicha  ishlarni davom ettirishni rejalashtirganmiz. Biz bu – yuksak malakali kadrlar tayyorlash garovi,  kuch va salohiyatni mustahkamlovchi O‘zbekiston va uning xalqining  farovonligini ta’minlovchi omil ekaniga ishonamiz.

Har tomonlama barkamol,  erkin, kuchli va o‘z kuchiga ishongan yoshlar. Yoshlar – kelajak bunyodkorlaridir.

Har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, mustahkam o‘z qarashlariga ega yoshlarni  tarbiyalash,  demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va  fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida  ularning ijtimoiy  faolligini oshirish masalalari O`zLiDePning eng muhim vazifalari bo‘lgan va shundayligicha qoladi. Partiya  mamlaktimiz har bir fuqarosining  onggi va qalbida chuqur o‘rin egallagan “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli, dono va albatta  baxtli bo‘lishlar kerak” degan hayotiy da’vatga sodiqliklaricha qoladi.

Biz yoshlar davlat siyosatini yanada takomillashtirish, uni bugungi kun talablariga muvofiq yanada yuksak darajaga ko‘tarish tarafdorimiz. Biz yoshlarimiz  jismonan sog‘lom, baxtli bo‘lishi,  mustaqil fikr, yuksak intellekt va  ma’naviy  salohiyatga ega bo‘lishi,  hech bir sohada   boshqa mamlakatlardagi  o‘z tengdoshlaridan kam bo‘lmasliklari, o‘z kelajaklariga ishonishlari uchun  barcha kuch va imkoniyatlarimizni  safarbar qilamiz.

Biz yoshlar davlat siyosatini  amalga oshirish,  yoshlar tashklotlari  faoliyatini takomillashtirishda davlat hokimiyati   va boshqaruvi organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, xususiy sektor bilan  o‘zaro hamkorligini ta’minlash bo‘yicha  chora-tadbirlarni  qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlikda yoshlar davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadigan  vakolatli organlar faoliyati ustidan  samarali jamoat  nazoratini o‘rnatamiz.  

Biz yoshlar uchun  ijtimoiy optimizm va ijtimoiy-iqtisodiy istiqbollarni yaratish, o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasalari  bitiruvchilarini ishga joylashtirishga izchil ravishda  harakat qilamiz.  Biz  yosh avlodni  qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy va  intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida  sog‘lom turmush  tarzini  shaklantirish,  ularni  jismoniy tarbiya va sportga keng  jalb qilish bo‘yicha izchil  ishlarni amalga oshirish  tarafdorimiz. Biz  shuningdek,yoshlarni ijtimoiy himoya qilish,  yosh oilalar uchun  munosib yashash va ijtimoiy-maishiy  sharoitlar yaratish, yoshlar uchun  uylarni  qurish bo‘yicha  chora-tadbirlarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish tarafdorimiz.   

Har bir bola uchun butun mahalla mas’ul” degan tamoyilni  amalga oshirish  kun tartibimizdagi asosiy masala bo‘lib qoladi. Biz yoshlarimizni  milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun  barcha  kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.  Bu vazifalarni  amalga oshirishda birinchi navbatda, ulkan  hayotiy tajriba va bilimga,  ma’naviy salohiyatga ega  faxriylar va  ayollardan iborat mahalla faollariga tayanamiz.

Partiya yoshlarni  tadbirkorlik va fermerlikka  har tomonlama jalb qilish, maktablar,  kasb-hunar  kollejlari va litseylar bitiruvchilari bandligini ta’minlash,  yosh avlodning zamonaviy kasblarni egallashiga  ko‘maklashish, har bir hududning o‘ziga xosligini hisobga  olgan holda,  yoshlarni kasbga yo‘naltirish masalalarini  samarali hal etish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi. Biz yoshlarning  o‘z biznesini tashkil etishlari  yosh tadbirkorlar  klasterlarini yaratish    uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni  qo‘llab-quvvatlaymiz.  

Biz quyidagi masalalarga ustuvor  ahamiyat qaratamiz: respublikamiz yosh olimlari  va talabalarining  ilmiy tadqiqotlarni  o‘tkazishning  zamonaviy  ilg‘or uslublar va  texnologiyalarni o‘zlashtirishi; yoshlarning innovatsion  faoliyatini  rivojlantirish,  ularning ilmiy va texnik g‘oyalarini sanoat namunalari, uskunalar va texnologik jarayonlar va yechimlarga tatbiq etish; yoshlarni  atrof-muhitga  eng kam zararli ta’sir ko‘rsatadigan, yuqori  darajada  energiya tejamkor bo‘lgan, eksport va import o‘rnini bosish vazifalarini hal etadigan zamonaviy yuqori texnologiyali  ishlab chiqarishlarni yaratishga jalb qilish. Biz ushbu maqsadlarda mamlakatimiz oliy o‘quv muassasalari  huzurida yoshlar innovatsiya markazlarini shakllantirish va rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.   

Biz yoshlarning huquq va  manfaatlarini  himoya qilish, ularning  iste’dodi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish,  ular orasidan  haqiqiy  yetakchilarni  tarbiyalash,  yoshlar o‘rtasida  mutoala madaniyatini  yuksaltirishga  qaratilgan  kompleks chora-tadbirlarni  amalga oshirish,  Vatanga  muhabbat va uning taqdiriga  daxldorlik tuyg‘ularini  qaror toptirish  tarafdorimiz.

Yoshlarning  siyosiy, huquqiy madaniyatini  yuksaltirish, ularda  faol fuqarolik pozitsiyasini,  siyosiy jarayonlarga ongli munosabatini, ma’naviy-ma’rifiy sohada turli tashqi va ichki tahdidlarga qarshi mustahkam g‘oyaviy immunitetini  shakllantirish, bolalarning axborot xavfsizligini  ta’minlash  partiyaning muhim  vazifasi bo‘lib qoladi. Biz liberal-demokratiyaning  qadriyatlarini yoshlar onggiga yetkazadigan, ularda  milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan  hurmatni shakllantiradigan gumanizm ruhidagi  tarbiyani  yaratish tarafdorimiz.  

Biz  kelajak intellektual va  ma’nan  barkamol, o‘z kuch va imkoniyatlariga  ishongan, kuchli fuqarolik pozitsiyasiga ega, sog‘lom  yoshlarniki ekaniga  ishonamiz. Biz  ularga va mamlakatimiz kelajagi  buyukligiga ishonamiz.

 

V. PARTIYANING XAFSIZLIK, TINChLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASH  SOHASIDAGI VAZIFALARI

 

Kuchli  armiya – xavfsizlik va  barqarorlik, xalqimizning farovon  hayoti  kafolatidir.

Partiya fundamental vazifa – mamlakatimizda  xavfsizlikni  ta’minlash,  jamiyatimizda  tinchlik, barqarorlik, millatlararo  va fuqarolararo  totuvlikni saqlashni  hal etmay turib demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy  o‘zgarishlar, xalqni ma’naviy  rivojlantirishni tasavvur etib bo‘mlaydi, deb hisoblaydi. Shu bois, mamlakatimiz  konstitutsion  tuzumi suverenitet, hududiy yaxlitligini himoya qilish, yurtimiz mudofaa qudratini  har tomonlama mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasining  Qurolli Kuchlari  salohiyatini  yuksaltirish hamisha biz uchun  ustuvor   bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

Ayni damda  “O‘zbekiston xalqiga tinchlik va  osoyishtalik kerak” degan tamoyil partiyaning  xavfsizlikni ta’minlash  sohasidagi faoliyati asosini  tashkil etadi.   Jamiyatimiz va davlatimiz rivojlanishining ushbu bosqichida  mintaqa va  dunyoda yuzaga kelgan murakkab sharoitni hisobga  olib, erishilgan natijalar va  istiqbollarni  chuqur va  tanqidiy  tahlil qilish asosida  mamlakatimizda  milliy armiyamizni   yanada rivojlantirish va  takomillashtirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

O`zLiDeP ning ustuvor yo‘nalishi – milliy xavfsizlik singari muhim sohani qonunchilik jihatdan tartibga solish samaradorligini oshirishdir. Biz xususan, Milliy xavfsizlik bo‘yicha yangi  Konsepsiyani  ishlab chiqish va  qabul qilinishida faol ishtirok etamiz. Unda O‘zbekiston tashqi  siyosatining egiluvchanlik va ochiqlik  tamoyillari, yaqin  qo‘shni  davlatlar bilan konstruktiv munosabatlarni rivojlantirishning  ustuvorligi ko‘zda tutiladi   

Biz Vatanimizning  suvereniteti va mustaqilligini,  xalqimizning madaniy-sivilizatsiya  o‘ziga xosligini yanada  asrab-avaylash va mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni  qo‘llab-quvvatlaymiz. Ayni damda mamlakatimizning  har qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligi, O‘zbekiston hududida xorijiy bazalar va ob’ektlarni joylashtirish hamda xorijdagi tinchlikparvar operatsiyalarda  harbiylarning ishtirok  etishiga yo‘l qo‘ymaslik partiyaning qat’iy pozitsiyalaridan bo‘lib qoladi.

Bundan tashqari dunyoda va mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi,   yuz berayotgan tahdidlar va chaqiriqlarga  to‘g‘ri javob  qaytarish zaruriyati, shuningdek, davlatimizning ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olib,  O‘zbekiston Respublikasining yangi Mudofaa Doktrinasini qayta ishlash va qabul qilinishini  qo‘llab-quvvatlaymiz. Bunday izchil yondashuv milliy xavsizlikni ta’minlash sohasida yagona, muvofiqlashtirilgan va izchil strategiyani  ishlab chiqish, mavjud resurslar va vositalarni  ikkinchi darajali  ehtiyojlarga tarqalishi va bo‘linishiga yo‘l qo‘ymagan holda, ustuvor vazifalarni hal etilishiga yo‘naltirish imkonini beradi.

Biz Qurolli Kuchlarni tashkiliy tuzish tizimini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz, bunda harbiy qurilish  bo‘yicha to‘plangan tajribani hisobga olgan holda qo‘shinlardan foydalanish xususiyatlari, shuningdek operatsion yo‘nalishlar xususiyatlari hisobga olinadi. Mamlakatimizning “havo qalqoni” – Havoga qarshi mudofaa va Harbiy-havo kuchlari qo‘shinlarining  salohiyatini mustahkamlash,  ularning tashkiliy  tuzilmasi va boshqaruv  tizimini  takomillashtirish,  zamonaviy texnika va  qurollar bilan  ta’minlash masalalari  e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Biz qo‘shinlarni tayyorlash chora-tadbirlarini rejalashtirish   sohasida qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan kuchli parlament va deputatlik  nazoratini o‘rnatamiz. Bu birinchi navbatda, bo‘linmalar zimmasiga yuklangan vazifalar hamda  qo‘shinlarning tayyorlanganlik va qurollanganlik  darajasiga mos kelishi lozim. Oxirgi eng asosiy mezon – Qurolli Kuchlarning janggovar qobiliyati va janggovar  tayyorgarligini oshirish, yuqori darajada tartibga solingalik va  samarali  o‘zaro hamkorlikdir.

Biz professional harbiy kadrlarni  tayyorlash, harbiy ta’lim, harbiy ilm-fan tizimini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratamiz. O‘quv jarayoniga eng yangi uslublar va texnologiyalar, jumladan  zamonaviy axborot-kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari joriy etilgan bo‘lishi lozim. Biz harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar  tarkibini,  jumladan  xorijning yetakchi  oliy harbiy  o‘quv muassasalari negizida  tayyorlash imkoniyatlaridan keng foydalanishga doir  chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Nomzodlarni  harbiy bilim yurtlarga kirishi uchun chuqur o‘qitishga xizmat qiladigan maktab – harbiy bilim yurti tizimini shakllantirish  va rivojlantirish – ustuvor vazifalarimizdandir.

Biz qo‘shinlarni zamonaviy turdagi  qurollar va harbiy texnika  bilan ta’minlash,  ana shu maqsadda  harbiy buyumlarni xarid qilish, iste’molda bo‘lgan texnikani  ta’mirlash va modernizatsiyalashga doir  aniq chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan  o‘rta muddatli va uzoq muddatli  dasturlarni ishlab chiqish va qabul qilish tarafdorimiz. Biz o‘zimizning harbiy-sanoat kompleksimizni  yaratish, mamlakatimiz  mudofaa sanoatini  rivojlantirish, ilmiy-ishlab chiqarish bazasi,  servis-markazlari va qo‘shma korxonalarni  tashkil etish, yurtimizdagi yetakchi korxonalarda alohida turdagi harbiy buyumlarni mahalliylashtirishni tashkil etishga oid chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. 

 Biz harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish,  bu borada  davlat dasturini  amalga oshirishga doir chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish tarafdorimiz. Biz harbiy  xizmatchilarning oilalari uchun yakka tartibdagi  uylar, ko‘p qavatli turar joylar qurilishi uchun uzoq muddatli ipoteka  kreditlarini taqdim etish amaliyotini  keng joriy etishga doir  chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz harbiy xizmatga  munosib haq to‘lanishi va ushbu  xizmat munosib mukofotlanishi lozim deb hisoblaymiz. Armiyada  xizmat qilish mamlakatimizdagi   har bir yosh, har bir fuqaro  uchun obro‘li ish, jamiyatda, hayotda  o‘z o‘rniga ega bo‘lishda ongli va chuqur o‘ylangan qarori, mardlik va vatanparvarlik tarbiya maktabi bo‘lmog‘i lozim.

 Biz axborot xavfsizligini ta’minlash  va axborot  himoyasi tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga  qarshi o‘z vaqtida va  to‘g‘ri javob  qaytarish masalalariga  alohida e’tibor qaratamiz. 

Biz Harakatlar strategiyasida mazkur  sohada belgilangan  vazifalarni amalga oshirish  mamlakatimiz  xavfsizligi va barqarorligi, xalqimizning farovon hayotini ta’minlashning  muhim sharti  va kafolati ekaniga  qat’iy ishonamiz. 

Millatlararo va fuqarolar totuvligi – jamiyatimiz va davlatimiz  qadriyatlaridir.

O`zLiDeP mamlakatimizda bag‘rikenglik madaniyati va  insonparvarlikni yanada rivojlantirish,  millatlararo va fuqarolarning o‘zaro totuvligini mustahkamlash, do‘stlik va birdamlik  muhiti, tinchlik va barqarorlikni asrab-avaylash jamiyatimiz va davlatimizni izchil  rivojlantirish,  keng ko‘lamli demokratik islohotlarni  amalga  oshirishning  muhim va zarur  omillaridandir, deb hisoblaydi.

Biz  mamlakatimizning quyidagilarga asoslagan  milliy siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz: fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib  chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar teng huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi, qonun oldida teng bo‘lish tamoyillariga;  siyosiy institutlar, mafkura va  fikrlar xilma-xilligi asosida jamiyat hayotini rivojlantirish; turli  millatlar va elatlar  vakillarining  tili, urf-odati va an’analarini hurmat qilish, ularni rivojlantirish uchun zarur  sharoitlar  yaratish.  O‘zbekistonda erishilgan  ijtimoiy va siyosiy  barqarorlik  mamlakatimizda  millatlararo  tinchlik va fuqarolar totuvlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ushbu chuqur o‘ylangan siyosatning natijasidir.

Biz yurtimizda istiqomat qiladigan turli millatlar va elatlar vakillarining  milliy  urf-odatlari,  an’analari va marosimlarini  asrab-avaylash va rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan millatlararo munosabatlar va do‘stona aloqalarni yanada  rivojlantirish va uyg‘unlashtirishda  fuqarolik jamiyati institutlari, eng avvalo, milliy madaniyat markazlari va do‘stlik jamiyatlarining ulkan salohiyatga ega ekanliklarini  qayd etamiz.

Biz davlatimizning tinchlikparvar siyosati,  O‘zbekistonning  demokratik  huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasidagi  maqsad va vazifalari, shuningdek,  bugungi kunda yurtimiz hayotining barcha sohalarida erishilgan yutuqlarni xorijiy mamlakatlarda keng targ‘ib qilishda  parlament va xalq diplomatiyasi  salohiyatidan  maksimal darajada  foydalanilishiga  ko‘maklashamiz.

Biz davlatning dunyoviy xususiyatini  saqlab qolgan holda,  “Inson e’tiqodsiz yashay olmaydi” degan tamoyilni izchil amalga oshirish,  vijdon va din erkinligi  to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy  me’yorlarni amalga oshirish tarafdorimiz. Biz  turli diniy birlashmalarning  ma’naviy tiklanish, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni  qaror toptirish ishidagi  imkoniyatlaridan foydalanishda ular bilan muloqot qilish  siyosati tarafdorimiz.  Biz din xalqning axloqiy suyanchi, ma’naviy poklanishning tengi yo‘q vositasi bo‘lib xizmat qilishi,  insonlarni  etnik xususiyati, dinidan qat’i nazar tinchlik, ezgulik, sabr, o‘zaro hurmat va  totutlik kabi abadiy qadriyatlarga undashiga ishonamiz.

Bizning ustuvor  vazifamiz – ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali xalqimizning  milliy qadriyatlarini qayta tiklash, aholini yuksak ma’naviy, ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, tarixiy va madaniy merosimizga jalb qilish, fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarini ta’minlashdir. Biz xalqimizning diyonatlilik, yaqiniga nisbatan yaxshilik qilish, yordam berish va muhabbatli bo‘lish singari ma’naviy qadriyatlarni qadrlaymiz.

Shunga ishonchimiz komilki, buyuk tarix hech qachon izsiz yo‘qolmaydi.  U xalqning genetik kodida, tarixiy xotirasida, u amalga oshirgan ishlari  va madaniy qadriyatlarda         saqlanadi va qayta tiklanadi. Uning qudratli kuchi aynan  shunda. Biz xalqimizning tarixiy, madaniy va nomoddiy merosini saqlash va o‘rganish, ehtiyotkorlik bilan avloddan avlodga berish, milliy urf odat va an’analarni tiklash, buyuk ajdodlarimiz xotirasini adabiylashtirish, ularning muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni qo‘llab quvvatlaymiz. Shuningdek biz xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy qadriyatlarni aniqlash, o‘rganish va qaytarish bo‘yicha ishlarni qo‘llab quvvatlaymiz.

Shunga ishonchimiz komilki, ayniqsa hozirgi globalashuv sharoitida, yangi tahdidlar, shu jumladan, “ommaviy madaniyat”, iste’molchilik qarashlari, ahloq va qadriyatlarga oid mo‘ljallar buzilishi avj olayotgan bir paytda, har doimgidan ko‘proq insonning ma’naviy olami, xalq madaniyatini belgilovchi narsalarni saqlash va ko‘paytirish zarurdir. 

Biz jamiyatda bag‘ringlik muhiti yanada mustahkamlanishi, shuningdek muqaddas islom dinini noto‘g‘ri izohlovchi va o‘z xatti harakatlari bilan uni obro‘sizlantiruvchi, uning niqobi ostida tinch va osooyishta hayotimizga zarar yetkazishga intiluvchi buzg‘inchi kuchlarga qarshi qat’iyan kurash olib borish tarafdorimiz. Biz har qanday madaniy va diniy ekstremizmga qarshi kurash siyosatini, eng avvalo, hayotga “Ma’rifat bilan  jaholatga qarshi”, “Ma’rifat va ta’lim tinchlik va bunyodkorlik yo‘li” tamoyillarini hayotga izchil joriy etish, shuningdek mamlakatimizda diniy ta’limni yanada rivojlantirish asosida olib borilishini qo‘llab quvvatlaymiz. Shunga ishonchimiz komilki, aynan ma’rifat va ta’lim odamlarni ezgu ishlarga, mehr saxovatga, sabr toqatlilikka yetaklaydi, muqaddas Islom dini aynan shunday deb o‘rgatadi. Bizning fikrimizcha, bunday yondashuv  davr talabi.

Biz buyuk ajdodlarimiz, islom olamining mutafakkirlarining merosini, ularning jahon madaniyati rivojlanishiga qo‘shgan bebaho hissasini chuqur o‘rganish, anglash va keng ommalashtirish tarafdorimiz. Bu barcha jamiyatlarda islom qadriyatlari va madaniyatini to‘g‘ri tushunish va anglash, dunyoning barcha xalqlariga islomning asl mohiyatini yetkazish uchun zarur, va bu xalqaro darajada konfessiyalararo, millatlararo va madaniyatlararo muloqotga erishish, tinchilik va hamjihatlikni ta’minlash uchun zarur.

Biz faoliyati xalqimizning boy tarixiy, ilmiy va ma’naviy merosini har tomonlama tadqiq qilish, nafaqat islom madaniyati, balki butun insoniyat madaniyatini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ko‘p qirrali diniy ma’naviy merosini o‘rganishga yo‘naltirilgan xalqaro va milliy ilmiy tadiqot va tahliliy markazlar tarmog‘ini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlarni qo‘llab quvvatlaymiz. Ular islom dinining haqiqiy gumanistik mohiyatini va mohiyatini ochib berishga xizmat qilishi kerak. Biz  islom dini va islom huquqini chuqur o‘rganish sohasida milliy ilmiy maktablarning rivojlantirilishi tarafdorimiz.

Shunga ishonchimiz komilki, barqaror ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni innovatsion rivojlanishsiz, keng ilmiy texnik kooperatsiyasiz va yangi texnologiyalar, fan va texnikam yutuqlarini joriy etmasdani tasavvur etib bo‘lmaydi. Aynan shu sababli davlatning intellektual salohiyatini mustahkamlash masalalari uning faoliyatida asosiy o‘rinni egallashi kerak. Biz hayotga davlatimiz rahbarining ilmiy texnik almashinuvni jonlantirish va fanning turli sohalarida hamkor mamlakatlar bilan, shu jumladan, Islom hamkorlik tashkiloti doirasida  qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish tarafdorimiz.

Shunga ishonchimiz komilki, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi turli millat va konfessiyalar vakillari uni o‘zining umumiy uyi, deb biladi. O‘zbek xalqini tashkil etar ekanmiz, biz o‘zaro hurmat va ishonch ruhida yashashga, mustaqilligimizning bosh ne’mati  tinchilik, o‘zaro hamjihatlik va barqarorlikni ehtiyotkorlik bilan asrashga intilamiz.

Dinamik va konstruktiv tashqi siyosat.

O`zLiDeP mamlakatning  quyidagi fundanmental tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy kursini qo‘llab quvvatlaydi: 

Umumqabul qilingan me’yorlar va prinsiplarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlash, harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslikka sodiqlik; boshqa davlatlarning ichik ishlariga aralashmaslik, yuzaga kelgan nizolar va qarama qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy  yo‘l bilan hal qilish.

Davlat tashqi siyosatining asosiy ustuvorligi sifatida O`zLiDeP mustaqillik va suverenitetni mustahkamlash,  xalqaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ekti sifatida mamlakatning o‘rni va rolini yanada mustahkamlash, uning rivojlangan demkoratik davlatlar safidan o‘rin olishini ta’minlash, O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik kamarini yaratish masalari ko‘rib chiqiladi. Parlament, xalq diplomatiyasining barcha imkoniyatlaridan foydalanib, biz davlatning eng muhim tashqi siyosiy vazifasini – Markaziy Osiyoni barqaror rivojlantirish va yaqin qo‘shnichilik hududiga aylantirishga ko‘maklashamiz. Biz ushbu ongli tanlovni va hududda muloqot o‘rnatish, konstruktiv hamkorlik va yaqin qo‘shnichilikni mustahkamlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘ramiz.

Biz, eng avvalo, xalqimiz va mamlakat manfaatlarni himoya qilish va ilgari surishga,  yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlar, butun dunyo hamjamiti bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga yo‘naltirilgan tashqi siyosiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biz tinchliksevar, ochiq va pragmatik siyosat yuritilishi tarafdori bo‘lib qolamiz.

Bizning fikrimizcha, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga BMT, ShXT, MDX, IHT va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan faol hamkorlik  javob beradi. Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom rivojlanish banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni rivojlanitirishga alohida e’tibor qaratamiz.

O`zLiDePning  mamlakat tashqi siyosiy kursini amalga oshirishning eng muhim mexanizmlaridan biri tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning tegishli me’yoriy-huquqiy bazanini takomillashtirish, yetakchi xorijiy partiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Biz O‘zbekistonning  tashqi  siyosiy va tashqi iqtisodiy tuzilmalari, diplomatik vakolatxonalari faoliyatini, eng avvalo, mamlakatga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar, o‘zbek milliy brendining ilgari surilishi, milliy mahsulot va tovarlarning xorijiy mamlakatlarga  eksportidan kelib chiqib, baholaymiz.

Partiya bunday buyon ham mamlakatning  ishonchli, ma’sul siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkor sifatidagi obro‘sini mustahkamlashda, partiyalararo o‘zarohamkorlik mexanizmlaridan mamlakatning xorijdagi jozibadorligini kuchaytirishda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni iqtisodiyotning ustvor sohalariga jalb qilishda faol ishtirok etadi. Biz mintaqaviy va xalqaro siyosatning Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish, Orol inqirozi kabi muammolar va boshqa ekologik  muammolarni hal qilish, yirik jahon bozorlariga chiqish imkonini beruvchi transport-kommunikatsiya yo‘laklarining ko‘p variantli tizimlarini shakllantirish kabi muhim yo‘nalishlarida O‘zbekstonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratamiz. O‘z elektorati manfaatlari yo‘lida partiya xorijda O‘zbekiston xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarining savdo vakolatxonalari ochilishiga, ularning turli xalqaro tadbirlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etishiga, xorijda mamlakat fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishiga faol ko‘maklashadi.

 

*****

Yuqoridagi Dasturni ilgari surish orqali partiya mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarining liberallashtirilishi uchun keng siyosiy va fuqarolik harakati sifatida o‘z mavqeini mustahkamlash maqsad qilgan.

O`zLiDeP – islohotlarning taqdiri, Harakatlar strategiyasida belgilangan ulkan vazifalarning amaliyotga joriy qilinishi va o‘z elektorati manfaatlarini samarali himoya qilinishi uchun  ma’suliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuchdir. Partiya aholining katta qismi, avvalo, tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlari yo‘lida jamoatchilik diqqat markazida turuvchi muammolarni hal qilish, mustaqil O‘zbekistonning gullab-yashnashi, ushbu qadimiy zaminda istiqomat qilayotgan har bir inson farovonligi ortib borishiga ko‘maklashuvchi qarorlar uchun kurashadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun eng samarali yo‘llarni izlashda biz g‘oyalar va dasturlarning konstruktiv va raqobat kurashiga tayyormiz.

Sanab o‘tilgan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi partiya a’zolaridan, uning maqsadi va vazifalarini qo‘llab-quvvatlovchi barcha insonlardan samarali va fidokorona mehnatni talab qiladi. Bunda qo‘yilgan olijanob maqsadlarga erishishning bosh  garovi sifatida mulkdorlarning o‘rta sinfi, O`zLiDeP a’zolari va tarafdorlarining kuchi va bilimi, irodasi va tajribasi, intilishi va salohiyatiga, eng muhimi, xalqimizning mardligi hamda bukilmas irodasi, qat’iyatiga  tayanamiz.

O`zLiDeP  o‘z kuchiga ishonadi va amaliy ishlari bilan o‘zining bunyodkorlar partiyasi ekanligini isbotlashga tayyor! Biz og‘ishmay islohotlar yo‘lidagi barcha to‘siqlarni yengib o‘tamiz, biz yashayotgan davr ilgari surayotgan masalalarni halollik va ma’suliyat bilan hal qilamiz.

Ko‘p millatli mehnatsevar xalqimiz bilan birga biz albatta belgilangan vazifalarni hal qilamiz, erkin, demokratik va gullab-yashnayotgan davlat barpo etamiz va qo‘yilgan yuksak maqsadlarimizga erishamiz.

Betakror yurtimizga, olijanob xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish – har birimiz uchun yuksak sharaf va muqaddas burch!

 Fuqarolarning, eng avvalo, tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini to‘la ifoda etamiz.

 O‘zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlash – bizning bosh maqsadimiz!

 Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz.

 

  • Ko'rildi
    725
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish