Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti

25.04.2024, 12:01

Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti

“Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining mahallalarda bo‘lib o‘tayotgan saralash bosqichlari davom etmoqda, mahallalarda yangidan yangi tadbirkorlar kashf etilib, tuman bosqichlariga nomzodlar saralab olinmoqda va partiya a’zoligiga ham qabul qilinib, a’zolar soni oshmoqda.
Navbatdagi saralash bosqichi Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Qadrdon”, “Beg‘ubor”, “Uvaysiy”, “Billur”, “Sobirobod” mahallalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Mahalla xotin-qizlari faoli, O’zLiDeP Toshkent shahar, Yunusobod tuman Kengashi mas’ullari ishtirokida “Qadrdon” mahallasidagi “Marokash” tikuv syexiga tashrif buyurishdi.
Syex rahbari Nilufar Saidnosirovaning ta’kidlashicha hozirgi kunda davlatimiz tomonidan berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda, 2 yildan buyon faoliyat olib borayotganligi, hozirgi kunda ishchilar soni 20 nafadan oshganini va kelgusida mahallalardagi ish bilan band bo‘lmagan ayollarni ham jalb qilgan holda ishchilar sonini 30 nafardan oshirish niyatida ekanligini gapirib o‘tdi.
Mahsulotlarining turi 20dan ortiq. Hozirgi kunda mahsulotlar 3 ta davlatga ya’ni, rivojlangan yevropa mamlakatlari Fransiya, Italiya, Germaniyaga eksport qilinmoqda.
Tadbirkor bilan suhbatda “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik tanlovida ishtirok etishdan mamnunligini aytib, bu bilan partiyaga, siyosiy jarayonlarga befarq emasligini, iqtisodiy jarayonlarda ishtirok etish, yetakchi, ixtirochi, yangilikka intiluvchi va ishbilarmon ayollarga har doim havas bilan qarashini va bevosita ishtirokchisiga aylanayotganligidan mamnunligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga davlatimiz rivojlanishi yo‘lida yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq qilish, berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish, aholini turmush farovonligini yuksaltirishga oz bo‘lsada xissa qo‘shayotganidan g‘ururlandi.
"AZR" MCHJ tekstil korxonasining rahbari Madina Atametova saralash bosqichida faol ishtirok etdi, 40 nafar ishchilar mavjud, maxsus kiyimlar tikishga mo‘ljallangan, 15 xildagi mahsulotlar tikiladi, mahsulotilari ichki bozorni ta’minlagan holda Osiyo davlatlariga ham eksport qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.
"Shukron lady cook" qandolat syexi rahbari Gulxayyo opa ham mahalladagi ishsiz xotin-qizlarining 15 nafarini bandligini ta’minlangan.
Shuningdek, mahallalardagi bir nechta oilaviy korxonalarga ham kirildi. Toshkent shahri mahallarida davom etayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi, yangi qiyofalar, yangi tashabbuskor, hunarmand va tadbirkorlarni kashf etishi bilan bir qatorda, ayollarimiz tuman bosqichlarida faol ishtirokini ta’minlashga asos bo‘la oladi.

  • Ko'rildi
    33
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+