Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
O’zLiDeP tomonidan har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanloviga start berildi. Aytish kerakki, mazkur tanlovning bu yilgi saralash bosqichlari biroz o‘zgacharoq formatda tus oldi. Ya’ni bu yil uning mahalla bosqichi ham joriy qilindi.
Ayni paytda Surxondaryo viloyatidagi barcha tumanlardagi mahallalarda ham ishbilarmon ayollarning faoliyatini o‘rganishga kirishildi.
Xususan, Termiz tumanidagi "Qo‘ng‘irot" mahallasida tanlovning mahalla bosqichi tashkil etilib, partiya vakillari, “Ayollar qanoti” va hakamlar hay’atidan iborat jamoa hududda istiqomat qiluvchi tadbirkor Sevara Tursunovaning xonadonida bo‘lishdi. Ular bu yerdagi issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirishdi.
4 sotix yerga 33 million so‘mlik imtiyozli kredit evaziga issiqxona tashkil etgan Sevara Tursunova bugun u yerda pomidor, bodring kabi poliz mahsulotlarini yetishtirmoqda. Daromadi ham yomon emas. Xonadon sohibasi issiqxona orqasidan kelgan daromad yordamida kreditni muddatidan ilgari to‘laganligini ta’kidladi.
Hakamlar hay’ati mahalladagi boshqa tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning faoliyatini ham o‘rganishib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan g‘olibni saralab olishdi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
Fikringizni qoldiring