Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi “Ayollar qanoti” guruhi hamda Qarshi tuman kengashi hamkorligida tumandagi Qoratepa mahallasida “Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori” loyihasi doirasida ishsiz xotin-qizlar ishtirokida mahorat darsi tashkil qilindi.
Dastlab oilaviy tadbirkor Matluba Qodirovaning xonadonida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishildi. Tomorqa egasi mahalladosh xotin-qizlarga o‘zining tajribasi haqida batafsil so‘zlab berdi. 4 sotixlik yerda 6 kishi ish bilan taʼminlangan ekan. Turmush o‘rtog‘i Baxtiyor Annayev, o‘g‘li Nodir va kelini bilan yil davomida issiqxonada mahsulot yetishtirish bilan shug‘ullanishib, 20-30 million atrofida daromad qilishar ekan.
Viloyat kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat kengashi deputati Ismigul Xushmurodova, Qoratepa mahallasi xotin-qizlar faoli Hilola O‘roqova hamda tuman kengashi “Ayollar qanoti” faollari hamda ishsiz xotin-qizlar ishtirokidagi tadbirda tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, issiqxonada pomidor bodring, sitrus mevalar yetishtirish, tomchilatib sug‘orish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish borasidagi partiyaviy loyihalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
-
Mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi
01.03.2024, 22:01
Fikringizni qoldiring