Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
Baliqchi tumanida “Ishbilarmon ayol - 2024” ko‘rik-tanlovining mahallalar kesimida saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda. Tanlovda ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, qandolat mahsulotlari, ayollar, kelinlar va bolalar liboslari, zardo‘zlik, hunarmandlik va zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Hakamlar hayʼati aʼzolari tanlov doirasida 10 ga yaqin tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning shu davrga qadar erishgan yutuqlari, imkoniyatlari va kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ish boshlaganimizga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, – deydi tumanning “Afsona” mahalla fuqarolar yig‘inidagi tadbirkor, “Begoyim lyuks” MCHJ rahbari Dildora Isaqova. - Asosan har-xil turdagi ayollar liboslari buyurtma asosida tayyorlanadi. Mahsulotlarimiz bozorlarda o‘z xaridoriga ega. Kelgusida faoliyatimizni yana-da kengaytirib, yangi ish o‘rinlari yaratish niyatidamiz.
Ishtirokchilar ko‘rik-tanlov nizomiga muvofiq xotin-qizlar uchun qo‘shimcha ish o‘rni yaratganligi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasb bo‘yicha o‘qitganligi, bandligini taʼminlagan va hayotda o‘z o‘rnini topib ketishida ko‘maklashganligi, faoliyat turidan kelib chiqib eksportga yo‘naltirilgan yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, aholiga ko‘rsatayotgan xizmatining sifati hamda faoliyatida hayotga tatbiq etib kelayotgan yangi innovatsion g‘oyalari ham baholashda alohida eʼtiborga olindi.
Mahallalar kesimida o‘tkazilgan tanlovda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar tuman bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ishbilarmon ayollarga partiyaning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
O'xshash yangiliklar
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
-
Choponlikda tengi yo‘q xotin-qizlar baxslashdilar
18.05.2024, 13:57
Fikringizni qoldiring